variant – topshiriq. Berilgan savollarga yozma tarzda javob tayyorlang


Ijtimoiy-psixologik treningning maqsadi nima?


Download 20.97 Kb.
bet2/3
Sana27.12.2022
Hajmi20.97 Kb.
#1068207
1   2   3
Bog'liq
121698 2-variant

Ijtimoiy-psixologik treningning maqsadi nima?

Ijtimoiy psixologiyada rasmiy bo'lmagan guruhlar ham mavjud. Bunday guruhdagi kishilar bir-birlari bilan juda uyushgan bo'ladilar. Chunki ularning xarakterlari, qiziqishlari bir-birlariga mos keladi. Bunday norasmiy guruhlar tanaffus paytlarida shakllanadi. 7—8 kishidan iborat uyushma muloqot orqali birlashadi. Natijada norasmiy guruh paydo bo'ladi. Shunday guruhlar bayram konsertlaridan awal, dam olish zonalarida, kechqurun uyda to'planilganda o'z-o'zidan tashkil qilinadi. Insonda hissiy va vaqt imkoniyati chegaralangan. Shuning uchun kishi faqat 7—8 kishi bilan birgalikda muloqotda bo'la oladi. Shuning uchun katta jamoada rahbar bilan xodimlar o'rtasida ziddiyatlar tez kelib chiqadi. Norasmiy guruh a’zosi rahbardan ham guruh a’zolaridan ham bir xil xatti-harakatni kutsa ziddiyat kelib chiqmaydi. Agar rahbar boshqa talab, guruh a’zolari boshqa talab qo'ysalar nizolar kelib chiqishi, jamoaning ruhiy muhiti buzilishi mumkin. Psixologik tadqiqotlaming ko'rsatishicha, gumh a’zolarining ijobiy munosabati eng yaxshi mukofotdan ham yaxshiroq ekan. Ogohlantirish olganga nisbatan guruh a’zolarining hurmatidan qolish yomonroq. Guruh qanchalik uyushgan bo'lsa, rahbar bilan ziddiyatga borish shunchalik uzoqlashadi. Chunki guruh a’zosini jamoa himoya qiladi. Demak, rahbar alohida odamni emas, balki butun bir guruhni boshqarishi kerak. Guruhning bilimisiz rahbar shu jamoani boshqarishi qiyin bo'ladi. Demak, norasmiy guruhlar doimo rivojlanib, chuqurlashib boraveradi. Chunki uni tug'diradigan sharoitlar — bu kishilaming qiziqishlari, qarashlari, bir-birlarini tushunishlaridir. Guruhda kishilaming madaniyat darajasi bir xil bo'lsa, bunday guruh referent (uyushgan) guruhga aylanib boradi. Referent guruhdagi kishilarda bir-birlariga nisbatan attraksiya, simpatiya tez shakllanadi. Guruhga yangi kelgan shaxsni guruh yaxshi kutib olmasa, qarashlari to'g'ri kelmasa ziddiyat kelib chiqadi. Muloqotni barqarorlashtirish hisobiga guruhdagi nizolar bartaraf qilinadi. Guruhning o‘z qonun- qoidalari mavjud bo'ladi. Guruh a’zolari unga albatta bo‘ysunishlari kerak. Aks holda ziddiyat kelib chiqishi mumkin. Guruhdagi me’yor, tartib va qoidalar shaxsning shu guruhda o‘z o'mini topishiga, mavqeni egallashiga yordam beradi. Rahbarlar guruh a’zolarining fikri bilan hisoblashishlari, guruhning flkrini qo'llab-quwatlashlari lozim. Shundagina jamoada ruhiy muhit yaxshilanadi, ziddiyatlar kamayadi.


  1. Download 20.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling