Кредиторлик қарзи - бошқа жисмоний ва юридик шахслардан вақтинча жалб этилган маблағлардир. Улардан шу корхонанинг айланмасида вақтинча фойдаланилади. Уларни тўлаш муддати келганида бу маблағлар айланма маблағлар суммасидан олиб берилиши керак.
Дебиторлик ва кредиторлик мажбуриятларини ўрганишда молиявий таҳлилнинг асосий вазифалари бўлиб:
-Дебиторлик ва кредиторлик қарзларининг юзага чиқиш сабабларини ўрганиш;
-Корхонанинг дебиторлик ва кредиторлик қарзлари ҳолатига баҳо бериш;
-Дебиторлик ва кредиторлик қарзларининг вужудга келиш муддатлари бўйича таснифлаган ҳолда ўрганиш;
-Дебиторлик қарзларининг таркибий тузилиши ва динамик ўзгаришларига баҳо бериш;
-Кредиторлик қарзларининг таркибий тузилиши ва динамик ўзгаришларига баҳо бериш;
Хўжалик юритувчи субъектларнинг дебиторлик ва кредиторлик қарзларини ўрганишда асосий ахборот манбалари бўлиб қуйидагилар ҳисобланади:
1. Корхонанинг «Бухгалтерия баланси” (1-шакл) маълумотлари;
2. “Дебиторлик ва кредиторлик қарзлар ҳақида маълумотнома”;
3. *Бухгалтерия ҳисобининг дебиторлик ва кредиторлик қарзларини акс эттирувчи тегишли счёт маълумотлари.
2. Moliyaviy barqarorlikni dinamik tahlili.
Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa, ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin.Balans va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyektning rivojlanishi va moliyaviy barqarorligini dinamik baholashga alohida ahamiyat qaratiladi. Dinamik baholash ko‘rsatkichlarni yillar kesimida davriy o‘rganishni xarakterlaydi. Korxonalarda investitsion loyihalarning samaradorligi va qoplanish davriyligini, korxonaning istiqboldagi rivojlanishida strategiyalarni belgilashda dinamik o‘zgarishlarni o‘rganish g‘oyatda muhimdir.Korxonaning oxirgi 4 yillik natijalari bo‘yicha zaxira va xarajatlarning o‘z mablag‘lari manbasi va qarz mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish holatida bir xil holat kuzatilgan. O‘z aylanma mablag‘larini naqdligi va uni zaxira xarajatlarini moliyalashtirishdagi holatidan boshqa barcha shartlarda korxonaning moliyalashtirish manbalari ijobiyligiga erishilgan.
Variant №17
Do'stlaringiz bilan baham: |