Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari
Download 80.45 Kb.
|
covered1
30 variant
1.Korxonalar faoliyati reytingining turlari, mohiyati va baholash usullari Reyting baholash turlari. Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholash korxona moliya-xo‘jalik faoliyatini kompleks baholashning nazariy va metodologik asoslariga tayanadi. Yakuniy reyting baholash natijalari korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining muhim ko‘rsatkichlariga; iqtisodiy va moliyaviy salohiyatiga, faoliyat va mahsulot rentabelligiga, ishlab chiqarish va moliyaviy resurslar samaradorligiga, mablag‘larning mavjudligi va ularning manbalariga bog‘liq. Reyting baholashning quyidagi turlarini tarkiblash mumkin. Korxona tarkibiga kiruvchi bo‘limlar, filiallar reytingi; Tarmoq va soha bo‘yicha reyting; Hudud bo‘yicha korxonalar reytingi; Davlat bo‘yicha barcha korxonalar reytingi; Dunyo bo‘yicha korxonalar reytingi. Reyting baholashda moliyaviy moliya holatning umumiy reytingi va tarkib ko‘rsatkichlar bo‘yicha reytingi alohida o‘tkazilishi mumkin. Faoliyat turlarining farqlanishi bo‘yicha moliyaviy holatning quyidagi turlari tarkiblanadi. - Korxonalar reytingi; - Banklar reytingi; - Sug‘urta kompaniyalar reytingi; - Auditorlik tashkilotlari reytingi; - Aktsionerlik jamiyatlari reytingi va x.k. Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashning mohiyatini reyting baholash uchun tanlab olingan ko‘rsatkichlar tizimi bo‘yicha axborotlarni shakllantirish, ularning tahlil etish va ranjirlash orqali yakuniy reyting jadvali shakllantirish va ularning aniq ketma-ketligini tuzib chiqish tashkil etadi. Korxonalar reytingini aniqlash alohida ko‘rsatkichlar va ularning kompleks natijasi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Reyting baholashda quyidagi usullar tizimidan foydalaniladi: Summa usuli; o‘rtacha geometrik usul; koeffitsiyent usuli; ballik usul; masofa usuli.Reyting baholash usullari Summa usuli O‘rtacha geometrik usul Koeffitsient usuli Ballik usul Ob’ekt miqdori usuli 3.Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni boshqarish jarayonidaiqtisodiy dastaklardan kеng ko`lamda foydalaniladi. Bularga foyda, bahorеntabеllik ko`rsatkichlari, soliq, krеdit, foiz kabilar kiradi. Ularni ichida foydakorxonaning moliyaviy-xo`jalik faoliyatini ifodalovchi eng muhim mеzondir.Erkin iqtisodiyot sharoitida ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatishning asosiymaqsadi foyda olishga qaratilganligi bois har bir xo`jalik yurituvchi sub'еktko`proq foyda olishga intiladi. Binobarin, foyda miqdorida jamiyatning korxonajamoasining va har bir xodimning manfaatlari o`z ifodasini topadi. Shu bois foydaiqtisodiy katеgoriya bo`lib u o`zida ishlab chiqarish va taqsimot orqali tovar - pulmunosabatlarini aks ettiradi. Xo`jalik yurituvchi sub'еktning olgan foydasa qanchako`p bo`lsa, har bir xodimni shuncha ko`p rag`batlantirishga, korxonani hartomonlama kеngaytirishga, takror ishlab chiqarish fondlari mablag`iniko`paytirishga imkoniyati tug`iladi. Bundan jamiyat ham manfaatdor, zеrokorxonaning olgan foydasi qancha ko`p bo`lsa foydadan davlat byudjеtigato`lanadigan soliq ham shuncha ko`p bo`ladi. Shu bois erkin iqtisodiyot sharoitidafoyda olishning axamyati bеqiyos darajada oshganligini ko`rishimiz mumkin.Iqtisodiyotimizning barcha sohalaridagi o`sish sur'atlari o`z navbatida foydahajmini ham barqaror tarzda ko`payishiga olib kеldi. Moliyaviy natijakorxonafaoliyatining foyda summasi va rеntabеllik darajasida ifodalanadigan yakunidir.Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning xo`jalik va moliyaviy faoliyatinibеlgilovchi asosiy mеzon - sof foyda hisoblanadi. Sof foyda miqdorini aniqlashuchun quyidagi oraliq foyda ko`rsatkichlarini aniqlash kеrak:1.Yalpi foyda = Sof tushum – sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi.2.Asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan kеlgan foyda = yalpi foyda – davrxarajatlari ± asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromad (xarajat).3.Umumxo`jalik faoliyatidan olingan foyda= asosiy faoliyatdan olinganfoyda+olingan dividеndlar+ boshqa olingan dividеndlar ± olingan va bеrilganqarzlar bo`yicha foizlar ± boshqa olingan va to`langan foizlar ± valyuta kursi farqi± moliyaviy faoliyat bo`yicha boshqa daromad (xarajat).4.Soliq to`lagunga qadar foyda = umum xo`jalik faoliyatidan kеlgan foyda ±favquloddagi foyda (zarar).5.Sof foyda (zarar) = soliq to`lagunga qadar foyda - foydadan soliq boshqasoliqlar va ajratmalar.Foydaning mutlaq miqdori korxonalarning xo`jalik yuritish borasidagisamaradorlik darajasini har tomonlama bеlgilamaydi. Shuning uchun nisbiyko`rsatkichlarni aniqlash kеrak. Bu ko`rsatkich - rеntabеllik ko`rsatkichlarihisoblanadi.Rеntabеllik ko`rsatkichi jami ijtimoiy ishlab chiqarish va har bir ayrimkorxonaning iqtisodiy hamda moliyaviy samaradorligini ifodalovchi ko`rsatkichhisoblanadi 31 variant 1. Aktivlar — xo‘jalik subyektining qiymat bahosiga ega bo‘lgan moddiy, jumladan, pul mablag‘lari va debitorlik qarzlari va nomoddiy mulkidir.Aktivlarda aks ettirilgan kelgusidagi iqtisodiy foyda, xo‘jalik yurituvchi subyektning pul mablag‘lari oqimiga potensial, bevosita va bilvosita qo‘shiladigan ulushdir. Bu ulush xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining bir qismi sifatida yuzaga kelishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning aktivlari avvalgi bitimlar va boshqa hodisalarning natijasidir. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar odatda aktivlarni xarid qilib yoki ishlab chiqarib ularga ega bo‘ladilar, biroq, boshqa bitimlar yoki hodisalar aktivlarni ko‘paytirishga imkon beradi. Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt hukumatdan olgan ko‘chmas mulk. Kelgusida kutiladigan bitimlar va boshqa voqealar o‘zidan o‘zi aktivlarning paydo bo‘lishiga olib kelmaydi. xususiy kapital — bu qimmatli qogʻozlar turi va fond birjasida ochiq sotilmaydigan operatsion kompaniyalardagi qimmatli qogʻozlar va qarzlardan iborat aktivlar sinflaridan biri.Xususiy sarmoyaga investitsiya odatda xususiy kapital firmasi, venchur kapitali firmasi yoki angel investor tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu toifadagi investorlarning har biri oʻz maqsadlari, imtiyozlari va investitsiya strategiyalariga ega; ammo, ularning barchasi maqsadli kompaniyani kengaytirish, yangi mahsulot ishlab chiqish yoki kompaniya faoliyati, boshqaruvi yoki egalik huquqini qayta qurish uchun aylanma mablag ' bilan taʼminlaydi.[1]Xususiy sarmoya leverajdan foydalangan holda kompaniyalarni sotib olish uchun qarzni moliyalashtirishdan keng foydalanadi. Firma qiymatining kichik oʻsishi — masalan, aktivlar narxining 20 % ga oʻsishi — agar xususiy kapital fondining kompaniyani sotib olish uchun ajratgan miqdori atigi 20 % boʻlsa, kapitalning 100 % rentabelligiga olib kelishi mumkin. pastga va 80 % qarz. Biroq, agar xususiy sarmoyador firma maqsadli qiymatni oshira olmasa, yoʻqotishlar katta boʻladi. Majburiyatning asosiy tavsifi bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyekt boshqa yuridik va jismoniy shaxslar oldida joriy mas’uliyatli ekanligi hisoblanadi.Majburiyatlar ustavning yoki shartnomaning talablari natijasi sifatida kuchga kirishi mumkin. Masalan, olingan tovar-moddiy zaxiralar va xizmatlar uchun to‘lanadigan summalar. Majburiyatlar odatiy tadbirkorlik ishi jarayonida, yaxshi munosabatlarni saqlab turish yoki xolisona tarzda ish ko‘rishda ham yuzaga keladi. Masalan, agar xo‘jalik yurituvchi subyekt kafolat muddati tugaganidan so‘ng o‘z mahsulotidagi kamchiliklarni tuzatish to‘g‘risida qaror qabul qilsa, shu bo‘yicha qilingan xarajatlar ham majburiyatlar deb hisoblanadi. Hozirgi majburiyat bilan kelgusi majburiyat o‘rtasida chegara bo‘lishi kerak. Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining kelgusida aktivlarni sotib olish haqida qabul qilgan qarori majburiyat paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmaydi. Majburiyat odatda aktiv olinganda yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt aktivni sotib olish to‘g‘risida bitimga kirishgandagina paydo bo‘ladi. 2. Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiya, obligatsiya, akkreditiv, veksel, chek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi.Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi. Qimmatli qogʻozlar oʻz egasiga daromad keltirgani uchun fond birjasida maʼlum kurs boʻyicha oldi-sotdi qilinadi Download 80.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling