2. Korxonaning ishonchligini baholash.
Baholashning umumiy qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: birinchi navbatda korxonaning e’lon qilinadigan va chop etiladigan moliyaviy hisobot ma’lumotlari asosida uning keng qamrovli moliyaviy ahvolini, uning kutilishlarini baholash lozim. Ayniqsa‚ aksionerlik jamiyati, yoki mulki fond birjasida sotiladigan korxonalarning qimmatli qog‘ozlari, aksiyalarining aylanishi, bozordagi holatiga muhim ahamiyat qaratish zarur.
Korxona ishonchliligini baholashda eng muhim xulosalar shuningdek‚ moliyaviy hisobotlar ma’lumotlari asosida aniqlanadigan koeffitsiyentlar natijalariga qarab chiqariladi.
Ekspress tahlil asosida korxonaning faoliyat samaradorligi, moliyaviy sog‘lomligi, ishonchlilik darajasi bitta aksiyaga to‘g‘ri keladigan foyda normasining o‘zgarishi; aksiya bahosining o‘zgarishi; dividend summalarining o‘zgarishiga qarab korxonaning ishonchlilik darajasini dastlabki xulosalarni berish mumkin.
Korxonalar ishonchliligini baholashda ularning moliyaviy holati, samaradorligining reyting bahosiga ham muhim ahamiyat qaratiladi. Reyting baholash amaliyoti yuqoridagi ko‘rsatkichlar tizimini kategoriyalar bo‘yicha ranjirlashni talab etadi.
VARIANT-23
1. Soliq to‘langunga qadar foyda tahlili.
Korxona faoliyatining umumiy natijasi soliq to‘loviga qadar moliyaviy natijada jamlanadi. Soliq to‘loviga qadar foyda – foyda solig‘i va boshqa soliqlar to‘lovining obyekti bo‘lganligi sababli uning nomlanishida “soliq to‘loviga qadar” so‘ziga urg‘u berilgan. Soliq to‘loviga qadar foyda summasidan foyda solig‘i hamda foydadan boshqa soliqlar va majburiy to‘lovlar amalga oshiriladi.
Amaldagi, “Xarajatlar tarkibi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq ushbu jamlangan qatorni aniqlash uslubiyotini belgilash mumkin.
Soliq to‘langungacha olingan foyda, u umumxo‘jalik faoliyatidan olingan foyda plyus favqulodda (ko‘zda tutilmagan) vaziyatlardan ko‘rilgan foyda va minus zarar sifatida aniqlanadi:
STF = UF + FF – FZ
Bu yerda:
STF – soliq to‘langungacha olingan foyda;
FF – favqulodda vaziyatlardan olingan foyda;
FZ – favqulodda vaziyatlardan ko‘rilgan zarar.
Yilning sof foydasi, u soliq to‘langandan keyin xo‘jalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladi, o‘zida foydadan to‘lanadigan soliqni va minus qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa soliqlar va to‘lovlarni chiqarib tashlagan holda soliqlar to‘langunga qadar olingan foydani ifodalaydi:
SF = STF – DS – BS
Bu yerda:
SF – sof foyda;
DS – daromad solig‘i;
BS – boshqa soliqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |