Variant-1 Iqtisodiy nochorlilc (bankrotlik)ni baholashning ob’ektiv zarurligi, uni tahlil qilish maqsadi va vazifalari


Kredit resurslari maqsadliligini tahlili


Download 80.45 Kb.
bet32/35
Sana06.10.2023
Hajmi80.45 Kb.
#1693817
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
covered1

2. Kredit resurslari maqsadliligini tahlili.
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog`liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o`z pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo`sh bo`lgan pul mablag`lari bo`lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o`z faoliyatlarini o`zluksizligini ta`minlash uchun tegishli pul mablag`iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat qishloq xo`jalik korxonalariga ham tegishli bo`lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko`pchilik mahsulotlar bo`yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o`z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishtab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining labiiy asosi hisobianadi.
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo bo'lishining iqtisodiy asosidir.
Kredit resurslarining shakllanishi va aylanishi uzluksiz jarayonni tashkil qiladi va bu esa, o‘z navbatida banklar faoliyatini doimiyligiga asos hisoblanadi.
kredit resurslarining asosiy qismini bank mijozlarining mablag‘lari tashkil qiladi. Bank boshqa mablag‘larini jalb qilish uchun, avvalambor me’yoriy hujjatlar talablari bo‘yicha, o‘z kapitalining etarlilik darajasi miqdorini shakllantirishi lozim.
VARIANT-26
1. Asosiy faoliyatning moliyaviy natijalari tahlili.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyati turi keng qo‘llaniladigan va ahamiyatli ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Korxonalarga soliq solish tartiblari, ularning stavkalari, qator imtiyozlar va periferensiyalar ushbu faoliyat turidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Asosiy faoliyat turi — yuridik shaxsning hisobot davri yakunlari bo‘yicha umumiy realizatsiya qilish hajmidagi sof tushum ulushi ustunlik qiladigan faoliyatdir.
Asosiy faoliyatdan olingan daromadlar tahlilida joriy davrda mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan sof tushumning hajmi, sotilgan mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish tannarxi, davr xarajatlari, operatsion daromadlar va xarajatlarning tahlili amaldagi “Mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari bo‘yicha amalga oshiriladi. Shu sababli yuqoridagi tarkibdan bir muncha farq qiladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasini aniqlashda asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlarini tarkiblash bir mazmunda qaralmaydi. Asosiy faoliyat sifatida mahsulot (ish va xizmat)larni sotishdan eng yuqori tushumga ega qator tarkiblansa, qolgan barcha sotishlar asosiy bo‘lmagan faoliyat sifatida tarkiblanadi. Lekin ularning barchasi moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotda asosiy faoliyat natijasi (hisobotning 100-satri) sifatida qayd etiladi.
Asosiy faoliyatning moliyaviy natijasi mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishning yalpi foydasi (zarari) (moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning 030-satr), davr xarajatlari (040-satr), asosiy faoliyatning boshqa daromadlari (090-satr)dan iborat bo‘ladi.

Download 80.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling