Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi
3.Marketing muhiti? Marketingning muhiti, umuman bozor kon’yunkturasiga va xususan firma faoliyati, shu jumladan, bozorning boshqa sub’ektlariga bevosita ta’sir etuvchi kuchlar va omillar yig’indisidan iborat. Muhit doimiy o’zgarishda, ya’ni u yoki bu salbiy yo ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkinligi sababli, uni tizimli o’rganish, alohida jarayonlarni va ularning o’zaro aloqasini kuzatish zaruriyati marketing tadqiqotlari jarayonida juda muhim tadbir bo’lib hisoblanadi. Hatto muhitning arzimas o’zgarishiga e’tibor bermaslik yoki nazoratni susaytirish firmaning va bozorning boshqa sub’ektlari ishida juda og’ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun korxona marketologlarining muhit doirasida bo’layotgan o’zgartirishlarni alohida va mas’uldorlik bilan kuzatib borishlari nazarda tutiladi. Boshqalarga qaraganda ular yangi tendentsiyalarni kuzatib qulay imkoniyatlarni topishlari lozim, chunki ular ixtiyorida maxsus marketing instrumentlari, ya’ni marketing tadqiqotlari mavjuddir. Kompaniyada boshqa har qaysi guruhdan ko’proq marketologlar muhit moyiliklarini o’rganib borishi va imkoniyatlarni izlab topishi zarur. Tashkilotda har bir menejer tashqi muhitni kuzatib borishi zarurligi bilan bir vaqtda, marketologlar ikkita alohida qobiliyatga ega bo’lishi kerak. Ular marketing muhiti haqida axborotni yig’ish uchun marketing tadqiqotlar va marketing qidirish metodlarini ishlab chiqdilar. Ular mijozlar va raqobatchilar bilan muhitlarga ham ko’p e’tibor qaratishgan. Muhitni puxta o’rgangan holda, marketologlar o’z strategiyalari bozorning yangi talablari va imkoniyatlariga javob berishlari uchun ularni moslashtirishlari mumkin. Marketing muhiti mikromuhit va makromuhitdan iborat. Mikromuhit kompaniyaning o’z mijozlari – kompaniyalar, ta`minotchilar, marketing vositachilar, mijoz bozorlari, raqobatchilar va jamoatchilikka xizmat ko’rsatish imkoniyatlariga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan kompaniyada ishtirok etuvchi shaxslardan iborat. Makromuhit mikromuhitga ta’sir ko’rsutuvchi yanada yirik jamoatchilik kuchlardan – demografik, iqtisodiy, tabiiy, texnologik, siyosiy va madaniy omillardan iborat. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling