Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?


Variant 10  1.O'zbekistonda marketing qachon


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/112
Sana20.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1636095
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112
Bog'liq
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi

Variant 10 
1.O'zbekistonda marketing qachon 
shakllangan? 
1980 yillarning ikkinchi yarmida Mamlakatimizning 
iqtisodiyot yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida 
marketing kursi o‘qitila boshlandi. 
1990 yillarning oxirlarida va hozirgi kunlarda 
Mamlakatimizda 
marketing 
bo‘yicha 
xorijiy 
adabiyotlar o‘zbek tiliga tarjima qilingan holda va 
shu fan bo‘yicha darslik, qo‘llanma hamda risolalar 
O‘zbekistonlik mualliflar tomonidan ko‘plab chop 
etilmoqda. 
Marketing an’anaviy savdo usullaridan farqli o‘laroq 
aniq maqsadlarni ko‘zlaydi, xo‘jalik vazifalarini esa 
yaqqol ifodalaydi; korxona shunday sifatli mahsulot 
tayyorlashi lozimki, uni sotish qulay bo‘lsin. 
Darhaqiqat, mahsulot ishlab chiqarilgani bilan u 
albatta foyda keltiradi degan ma’noni hali aslo 
bildirmaydi. Ilgari xo‘jalik rahbarlarining vazifasi 
asosan jami resurslarni ishlab chiqarish talablari 
bilan muvofiqlashtirishdan iborat edi, ya’ni korxona 
o‘zi xohlagan mahsulotni ishlab chiqarar va hamma 
e’tiborini uni sotishga qaratar edi. Marketingning 
maqsadi esa bozorning mavjud va kelgusida 
ehtimol tutgan imkoniyatlarini aniqlash hamda sifat 
jihatidan to‘g‘ri baholashdan, so‘ngra unga tayanib, 
butun kuchini o‘z mahsulotiga qiziqish va ehtiyojni 
kuchaytirishga, xaridorga mahsulotni, shuningdek 
ko‘rsatiladigan tegishli ximat turini tanlash imkonini 
yaratgan holda, mahsulotni sotishga qaratishdan 
iborat.
 
2.Marketingning vazifalari? 
Marketingning asosiy maqsadi, uning vujudga kelish, 
shakllanish va rivojlanishining ob'ektiv sabablari, zarurati 
bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilinganidek, marketing 
eng avvalo tovarlar 
to’planib, sotilmay qolgan va 
iqtisodiyot inqirozi kuchaygan sharoitda, uni shu 
inqirozdan chiqarish quroli sifatida ixtiro qilingan, 
yaratilgan ekan. Uning maqsadi nihoyatda keng va 
murakkab masalalarni hal qilishga qaratilgandir. U ishlab 
chiqarishni xaridor ehtiyojiga moslashtirib, talab va 
taklifni muvozanatiga erishgan holda, uni tashkil etgan 
korxona, tashkilotlarga yuqori foyda keltirishdir. Bunga 
erishish uchun 
marketing ko’yidagi muhim vazifalarni hal 
etmog’i lozim: 
 xaridorlar (istemolchilar) ehtiyojini 
o’rganish va aniqlash; 
 tovarlarga 
bo’lgan ichki va tashqi talablarni o’rganish; 
 korxonaning faoliyatini xaridorlar ehtiyojiga moslashtirish; 
avvalo talab va taklif 
to’g’risida olingan ma'lumotlar 
asosida bozorni 
o’rganish; 
 tovarlar reklamasini tashkil etish, xaridorlarni tovarlarni 
sotib olishga qiziqishini ortirish; 
tovar 
yaratuvchi yoki 
uni 
sotuvchi 
korxona 
tadqiqotlarini amalga oshirish 
uchun ma'lumotlar to’plash 
va tahlil qilish; 
 tovarni bozorga chiqarishdagi barcha xizmatlar 
to’g’risida 
ma'lumotlar olish

to’ldiruvchi tovarlar va o’rnini bosuvchi tovarlar to’g’risida 
axborotlar yig’ish; 
 tovarlarga bo’lgan talabni istiqbollash, ularni amalga oshirishni 
nazorat qilishdan iboratdir. 
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va 
taklifning taxminiy hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. 
Busiz esa sotishning maqbul darajasini belgilash mumkin 
emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum 
oralig’ida hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga 
erishishda reklama ham muhimdir. Reklamaning vazifasi 
- mavjud bozor segmentini mustaqkamlash, yangi 
xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. 
Marketing tizimida reklamaning asosiy xususiyati - 
uzluksiz ta'sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan birga 
xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib 
qolish xususiyati (imidj) ga ham egadir. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling