Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi
Variant 12 1.Ma гketing nazorati nimalarni o'z ichiga oladi? Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat: -maqsadga erishish darajasini belgilash; - yaxshilanish imkoniyatini aniqlash; - korxona moslaShuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o’zgarishlariga qanchalik mos kelishini aniqlash va hokazolar. Marketing faoliyatini nazorati mahsulotlarni sotish ustidan nazorat qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish , tadbirkorlik faoliyatini nazorat qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat va marketing taftishini nazarda tutadi. Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendentsiyalarini rejalashtirilgan ko’rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo’li bilan amalga oshiriladi. Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo’yicha amalga oshiriladi. Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish va ilmiy-texnik faoliyati rivojlanishning asosiy qiyinchiliklari va istiqlolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi. Marketing taftishi o’z ichiga marketing makro va mikro marketing muhiti marketing xizmatlarini faoliyat yuritish samaradorligini tahlilini, hamda marketing siyosati, tovar, narx reklama xodimlarini oladi. Marketingda nazoratni uch turi farqlanadi: 1. Yillik rejani bajarilishini nazorat qilish; 2. Foydadorlikni nazorat qilish; 3. Strategik nazorat. Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o’z ichiga oladi: 1.Nazorat qilishga mo’ljallangan reja ko’rsatkichlarini asoslash (masalan, bozor ulushi, oborot va hokazo). 2.Faoliyatni haqiqiy k o’rsatkichlari natijalarini o’lchash (ma’lumotlarni yig’ish). 3.Faoliyatni reja va haqiqiy ko’rsatkichlari natijalarini solishtirish. 4.Reja ko’rsatkichlaridan haqiqiysini imkoniyat farqini tahlili. 5.Yangi rejalar ishlab chiqish, korrektirovkalash. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling