Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?


Marketing muhitida mikromuhit


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/112
Sana20.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1636095
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112
Bog'liq
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi

2.Marketing muhitida mikromuhit 
omillari? 
Firmaning mikro-
muhiti tarkibiga ta’minotchilar, 
vositachilar, raqobatchilar, mijozlar 
(iste’molchilar) 
va aloqalar 
o’rnatiluvchi auditoriyalar kiradi. Biroq 
marketing faoliyatini uyushtirish jarayonida korxona 
qar
amog’ida bo’lgan qismlarning manfaati ham 
hisobga olinishi zarur, shu jumladan, yuqori 
rahbariyat, 
moliyaviy 
xizmat, 
moddiy-texnika 
ta’minoti xizmati, ishlab chiqarish, buxgalteriya, 
ilmiy va konstruktorlik ishlari xizmati. Korxonaning 
umumiy maqsad va vazifalari, strategiya va siyosati 
yuqori rahbariyat tomonidan aniqlanadi. 
Marketing boshqaruvining asosiy vazifasi iste`mol 
qiymatini yaratish va mijozlar qoniqishini yaratgan 
holda, 
ular 
bilan 
munosabatlarni 
o’rnatish 
hisoblanadi. Ammo marketing menejerlar buni bir 
o’zlari qila olmaydilar. Marketing muvaffaqiyatiga 
erishish uchun kompaniyaning boshqa 
bo’limlari, 
ta`minotchilar, 
marketing 
vositachilari, 
raqobatchilar, turli jamoatchilik va kompaniyaning 
boyliklarini yetkazib berish 
tarmog’ini yaratish uchun 
birlashadigan 
mijozlar 
bilan 
munosabatlar 
o’rnatilishini taqozo etadi. 
Kompaniya 
Marketing boshqaruvi marketing rejalarni tuzishda 
oliy 
rahbariyat, moliyaviy 
guruh, 
tadqiqotlar va 
ishlanmalar 
bo’yicha guruh, xaridlar, bitimlar va hisobga 
olish 
bo’yicha guruhlar kabi kompaniyaning boshqa 
guruhlarini hisobga oladi. Ushbu barcha 
o’zaro 
bog’langan guruhlar ichki muhitni tashkil qiladi. Oliy 
rahbariyat 
kompaniyaning 
missiyasi, 
maqsadlari, 
umumiy strategik yo’nalishlar va siyosatlarni belgilaydi. 
Mark
eting bo’yicha menejerlar oliy rahbariyat tomonidan 
tuzilgan yanada umumiy strategik yo’nalishlar va rejalar 
doirasida qarorlarni qabul 
qiladi. So’ng, 2-bobda 
muhokama qilganimizdek, marketing bo’yicha menejerlar 
kompaniyaning boshqa bo’limlari bilan yaqindan 
hamkorlikda ish olib boradilar. 
Marketing bo’limi 
boshchiligida ishlab chiqarish va moliya bo’limlaridan 
yuridik 
va xodimlar bo’limlarigacha barcha bo’limlar 
mijozlar ehtiyojini anglab yetish va 
iste’mol boyliklarni 
yaratish uchun umumiy javobgar 
bo’ladilar. 
Ta`minotchilar 
Ta`minotchilar kompaniyaning 
iste’mol boyliklarini 
yetkazib berishning umumiy tizimida muhim 
bo’g’inni tashkil qiladi. Ular kompaniya tomonidan 
tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun zarur 
bo’ladigan resurslarni taqdim qiladi. Yetkazib 
beruvchining muammolari marketingga jiddiy ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. Marketing bo’yicha menejerlar 
tovar mavjudligi va uning qiymatini 
o’rganib 
borishlari kerak. Yetarlicha miqdorda yetkazib 
bermaslik yoki yetkazib berishni kechiktirish, ish 
tashlashlar, tabiiy ofatlar va boshqa hodisalar qisqa 
muddatli istiqbolda sotuvlar qiymatini oshirishi, va 
uzoq muddatli istiqbolda mijozlar qoniqishiga zarar 
yetkazishi mumkin. Yetkazib berish xarajatlarni 
oshirish narxlar oshishiga olib kelishi va natijada 
kompaniyaning sotuvlar hajmiga salbiy 
ta’sir 
ko’rsatishi mumkin. 

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling