Variant 1 Marketing fani nimani o'rganadi va o'rgatadi?


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/112
Sana20.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1636095
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112
Bog'liq
Variant 1 Marketing fani nimani o\'rganadi va o\'rgatadi

 
 
2.Reklamaning turla
гi? 
Reklama turlari, ularning umumiy tavsifi va 
qo‘llanilish usullariga 
ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi: 
– ko‘rgazma reklamalari;
– matbuotdagi reklama;
– bosma reklamalar;
– plakat-grafika reklamalari;
– kino reklamalari;
– radio-reklamalari;
– yoritish reklamalari.
Ko‘rgazma reklamalari – reklama turlari ichida eng keng 
tarqalgan hisoblanadi. 
Ko‘rgazma reklamasining asosiy vazifasi, 
savdoda mavjud 
bo‘lgan, sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar 
assortimentini iste’molchilarga ta- nishtirish, iste’molchilarga 
hali yaxshi tanish bo‘lmagan yoki ma’lum bo‘lmagan tovarlarni 
keng targ‘ibot qilish, iste’molchilarga yaqinlashib kelayotgan 
ma’lum bir mavsumga mos tovarlarni o‘z vaqtida sotib olish 
zarurligini eslatib turishdan iboratdir. 
Tijorat faoliyati bilan 
shug‘ullanayotgan tadbirkorlarga ko‘rgazma 
rek- lamalarini quyidagi talablar asosida joylashtirishlarini talab 
qiladi:
1.Ko‘rgazmalar ko‘cha yuzida yaxshi ko‘zga tashlanadigan, 
tushunarli ravishda joylashtirilgan 
bo‘lishi kerak.
2.Ko‘rgazmada faqat sotuvda mavjud va sotish uchun 
mo‘ljallangan tovarlar bo‘lishi, vaqtincha bo‘lmagan yoki sotib 
bo‘lingan tovarlar bo‘lmasligi kerak. 
3.
Ko‘rgazmada namoyish qilinayotgan tovarlar namunasi aniq va 
to‘liq qilib yozilgan narx yorliqlari bo‘lishi zarur.
4.
Ko‘rgazmalarni hech bo‘lmaganda oyida ikki marta almashtirib 
turish kerak. 
Matbuotdagi 
reklama. 
Matbuotdagi 
reklama 
mamlakatimiz hududida nashrda chop etilgan turli xil 
reklama materiallarini 
o‘z ichiga oladi. Ularni asosan ikki 
guruhga ajratish mumkin:
Reklama 
e’lonlari – bu mavjud nashrga joylashtirilgan 
pullik reklama bildirishidir. Reklama 
e’lonlari reklama 
beruvchining tijorat taklifining maqsadini va afzalligini qisqa 
shaklda ifoda etadi. Reklama 
e’lonining asosiy mavzusi 
kichik harflarda yozilib, reklama murojaati maqsadini 
to‘liq 
ifoda- laydi, xaridor uchun mahsulotning foydali 
tomonlarini va afzalliklarini 
ta’kidlaydi. E’lonning oxirida 
xaridorlar murojaat qilishi uchun manzili, telefon, faks yoki 
boshqa reklama vizitlari keltiriladi.
Reklama e’lonini tasviriy bezash iloji boricha uning 
mazmuniga mos kelishi kerak. Tadbirkorlik faoliyatining 
timsollari asosiy elementlari (mah- sulot belgisi) ajratib 
ko‘rsatilishi lozim.
Sharh 
– reklama ko‘rinishidagi maqola va boshqa nashrlar 
material 
shakliga ega bo‘lib, tadbirkorlik faoliyati haqida 
sharh beruvchi shaklda yoki uning rahbarlari, ish 
bo‘yicha 
hamkorlari va xaridorlari bilan 
bo‘lgan suhbat (muloqot) 
shaklida yoziladi. Bu kabi materiallar yaxshi 


illustratsiyalangan bo‘lishi kerak, chunki illustratsiyasiz 
katta samara bermaydi. 
Reklama 
e’lonlari va sharh – reklamalarini chop etishda gazeta, 
jurnal, bulleten, turli ma’lumotnomalar, yo‘riqnomalar kabi nashr 
turlari- dan foydalaniladi.
Bosma reklamalar turlari 
– reklama qilish jarayonida 
asosiy reklama turlaridan hisoblanadi. Bosma reklama 
vositalari, 
o‘zining qo‘llanilish usuliga, xususiyatiga ko‘ra 
quyidagi turlarga 
bo‘linadi:
 
varaqalar;
 
prospektlar;
 
kataloglar;
 
bukletlar;
 
maxsus reklama nashrlari 
– xatlar, tabriknomalar, 
eslatmalar.
Plakat-grafika reklamalari 
– bir yoki bir nechta tovar 
guruhlarini, 
faoliyat ko‘rsatayotgan, yangi tadbirkorlik 
faoliyatlarini reklama qilishiga 
mo‘ljallangan.
Plakat-grafika reklama vositalariga:
 
plakatlar;
 
maxsus tayyorlangan xitlar;
 
afishalar kiradi.
Kino reklamalari 
– reklama turlari ichida eng samarali 
vositalaridan biri 
bo‘lib hisoblanadi. Kino reklamalarining 
obyekti 
bo‘lib, yangi tuzi- layotgan yoki tashkil etilayotgan 
tadbirkorlik faoliyatlari, ularni xaridor- larga xizmat 
ko‘rsatish 
sohalari va boshqalari hisoblanadi.
Kino reklamalar 
qo‘llanilish mohiyatiga ko‘ra:
 
qisqa metrajli televizion reklamalar;
 
diapozitiv filmlar.
Radio reklamalari 
– xaridorlarni reklama vositalari bilan 
qamrab olishga radio va telereklama eng ommaviy 
hisoblanadi. 
O‘zining 
nisbatan 
yosh 
bo‘lishiga 
qaramasdan, ular reklamaning boshqa vositalari bilan 
raqobat- lashadi, doimo rivojlanib, takomillashib 
boradi.
Radio e’lonlar, radioroliklar, turli radio jurnallar va reklama 
radiore- portajlari radio orqali reklamaning eng keng 
tarqalgan turlaridir.
Radioe’lon – bu diktofon orqali o‘qiladigan axborotdir.
Radiorolik 
– bu alohida tayyorlangan o‘yinli radiosujet 
bo‘lib, u ori- ginal yo‘sinda, ko‘pincha hazil ko‘rinishida va 
odatda, musiqa hamkorligida taklif etilayotgan mahsulot
tovar yoki xizmatlar haqida axborot beradi. 
Ba’zan reklama 
radioroligi uncha katta 
bo‘lmagan reklama shaklida bo‘lishi 
mumkin. 
Yoritish reklama 
– qo‘llanilishiga ko‘ra iste’molchilar 
e’tiborlarini tez jalb qilishligi bilan reklama turlari ichida 
muhimi hisoblanadi. Ushbu rek- lama vositalariga:
 
vivieskalar;
 
elektr pannolar;
 
stendlar;
 
transparantlar kiradi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling