Variant 1 Ta'lim mazmuni va uni takomillashtirish muammolari
Download 20.48 Kb.
|
умумий педагогика varyant
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2 Alisher Navoiy merosida barkamol inson obrazi
- Alisher Navoiy
- “ahli surat”larga shoh bo’lguncha, ma’ni ahli yig’inida gado bo’lmoqliging yuz karra afzaldir”.
- 3 Ta’limning ko’rgazmali metodlari va ulardan foydalanish yo’llari.
- 4 Pedagogik mahoratni egallash yollari
- 5 O`quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash yollari
Variant 1 Ta'lim mazmuni va uni takomillashtirish muammolari. Taʼlim — bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Taʼlim . jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Taʼlim . tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi. Taʼlim ning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, Taʼlim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida Taʼlim .ning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan Taʼlim . mohiyateʼtibori bilan dare berish jarayonini, yaʼni pedagog (oʻqituvchi) faoliyatini, umuman oʻquvchining bilish, oʻrganish faoliyatiga rahbarlik qilishni hamda uqish jarayonini, yaʼni oʻquvchi faoliyatini bildiradi. Taʼlim . jarayoni taʼlim beruvchi — oʻqituvchi va taʼlim olayotgan oʻquvchilar faoliyatining yigʻindisidan iborat. Taʼlim . va tarbiya jarayonida shaxsning sifatlari, dunyoqarashi, qobiliyati oʻsadi. Taʼlim . avlodlar oʻrtasidagi maʼnaviy vorislikni taʼminlaydi: kishilarning ijtimoiytarixiy tajribalari yosh avlodga Taʼlim . orqali oʻtadi. Taʼlim .ning maqsadi obʼyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, Taʼlim .ning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi. Taʼlim . dialektik tarzda taraqqiy etib boradigan ichki ziddiyatlar jarayonidir. Taʼlim . bilish krbiliyatlari, qistuygʻular, idrok, shaxsni tarkib toptiruvchi kuchli omildir. .ni tashkil etishning umumiy taʼlim, alohida (individual) taʼlim, tashkiliy taʼlim, sinfdars taʼlimi, kurs tizimi taʼlimi va boshqa turlari mavjud. Hozirgi sharoitda ijtimoiy talablar, oʻquvchilarning imkoniyati va ehtiyojlariga muvofiq Taʼlim . tobora takomillashtirilib, yangi metod va shakllari ishlab chiqilmoqda. Xususan, Taʼlim .ning keng umumiy maʼlumot asosida kasbiy ixtisoslashishning ahamiyati tobora oshmoqda, ommaviy kommunikatsiya vositalari — radio, televideniye, kino, kompyuter, vaqtli matbuotdan, shuningdek, oʻz ustida ishlashning turli shakllaridan foydalanilmoqda. 2 Alisher Navoiy merosida barkamol inson obrazi. Sharq mutafakkirlarining fozil inson, komil inson haqidagi fikrlari, axloq-odob haqidagi g’oyalari bugun hamjamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda qimmatli dastur bo’lib qolayotir. Modomiki shunday ekan, yoshlarni ma’naviy, axloqiy, intellektual va jismoniy nuqtai nazaridan etuklik darajasiga ko’tarilishini ko’zda tutadigan Alisher Navoiy ma’naviy merosidan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Alisher Navoiy o’z davrida komil insonlarni «ahli ma’ni» deb bilgan. «Ahli ma’ni» bu fikrli odamlardir. Fikrsiz kishining ongida ma’ni chuqurligi bo’lmaydi. Fikrlash-haqiqatni anglash, hamma narsa to’g’risida mustaqil mushohada yuritish demakdir. «Ahli ma’ni»lik tufayli axloqiy ong rivojlanadi, odam va olam taqdiriga vijdon bilan qarash qobiliyati shakllanadi. «Ahli ma’ni» kishilar guruhiga oqil va dono, kamtar va olijanob, haqiqatparvar va fidoiylarni ko’rsatish mumkin. Shunday fazilatlarga ega bo’lgan kishilarning tafakkur qilishi kengdir. Chunki, ularda aql oddiy so’z va tushunchalardan emas, diyonat, adolat, insof, iymon, ishq, dard tuhfalari kamol topgan bo’ladi. Alisher Navoiy deydiki: “ahli surat”larga shoh bo’lguncha, ma’ni ahli yig’inida gado bo’lmoqliging yuz karra afzaldir”. Shoirning fikricha, «ahli ma’ni» kishilar ma’naviy-axloqiy jihatdan etuk shaxslardir. Alisher Navoiy asarlarining qahramonlari Iskandar, Farhod, Shopur, Bahrom, Shirin, Layli, Majnun, Mohinbonu va boshqalar axloqli, fazilatli, komil inson, ma’naviy-axloqiy etuk insonlardir. Navoiy asarlaridagi aql-zakovat durdonalarini o‘zlashtirish ham barkamollikka erishishning muhim omillaridandir. “Mahbub ul-qulub”dagi satrlarning ko‘pchiligi shu qadar aql-zakovat bilan yo‘g‘rilganki, ular xalq maqollari darajasida purma’no va mashhur bo‘lib ketgan. Masalan: “Chin so‘z mo‘tabar, yaxshi so‘z – muxtasar”, “Bilmaganni so‘rab o‘rgangan – olim, orlanib so‘ramagan – o‘ziga zolim”, “Oz-oz o‘rganib – dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib – daryo bo‘lur”. Asardagi chin so‘z va uni aytish odobi, me’yori haqidagi mana bu misralar ham barkamollik tarbiyasida ahamiyatlidir: Xiradmand chin so‘zdin o‘zga demas, Vale bori chin ham degulik emas. Kishi chinda so‘z desa, zebodurur, Necha muxtasar bo‘lsa, avlodurur. Alisher Navoiy ijodining aksariyat qismi barkamol avlod tarbiyasiga bag‘ishlangan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Bu asarlar mazmuni va g‘oyalarini o‘qib o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya emas. Ular yoshlarimizning hayoti va faoliyatida o‘zining amaliy ifodasini topmog‘i zarur. 3 Ta’limning ko’rgazmali metodlari va ulardan foydalanish yo’llari. Pedagogik fanlarni o`qitishda ta`limning ko`rgazmalilik metodidan foydalanishning maqsadi-avvalo o`quvchilarni har tomonlama komil inson qilib tarbiyalash, ta`lim samaradorligini oshrish, o`quvchilarning mavzularni oson va tez, hamda sifatli o`zlashtirishni ta`minlash, pedagoglarning mahoratini oshirish, o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini shakllantirish, ta`limtarbiyaning har xilligini ta`minlash, ya`ni, noan`anaviy ta`lim tizimini yaratish, o`qituvchi va o`quvchi orasida do`stona munosabatni shakllantirish, o`quvchilarga ijodiy fikrlash, mustaqil ravishda o`zining bilimini, fikrini erkin bayon qilishga imkon yaratish kabilardan iborat. Bu kabi maqsadlarni amalga oshirishda har bir pedagog-o`qituvchi albatta «Ta`lim to`g`risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» dagi maqsadga, yo`nalishga asoslanadi. Ko`rgazmali qurollar va vositalarning turlari quyidagicha: 1. Tarbiyaviy ko`rgazmali qurollar-ob`ektlar, narsalar, jarayonlar, o`simlikler, xayvonlar va boshqalar; 2. Ta`sirli ko`rgazmali qurollar-chizmalar, suratlar, jadvallar, kino, diafil`m, diagramma va boshqalar; 16 3. Hajmli ko`rgazmali qurollar-geometrik shakllar, figuralar va boshqalar; 4. Shartli va timsolli ko`rgazmali qurollar-karta, globus va boshqalar; 5. Har xil modellar, maxsus priborlar, asboblar va boshqalardan, shu kabi turlarga bo`linadi. Bu kabi ko`rgazmali qurollarning turlaridan har bir fanga o`ziga xos tarzda, fan va mavzuga moslab ularni tanlash, ulardan bilim berish jarayonida foydalanish bolalarning bilimini boyitishda katta foyda beradi. Bu usullardan to`g`ri foydalanish ta`lim samaradorliginining oshishida, bolalarda bilim, malaka va ko`nikmalar hosil qilishga yordam beradi.
O‘z kasbiga muhabbat, o‘quvchilarni seva olishi. Mutaxassislik fanini mukammal bilishi, unga qiziqishi. Pedagogik taktga (odob va go‘zallikka) ega bo‘lish. Bolalar jamoasiga singib keta olish.
Javobgarlikni his etish. Tarbiyaviy bilimlarni egallaganligi. 5 O`quvchilar bilimini nazorat qilish va baholash yo'llari O`qituvchi o`quvchilarning bilimini baholaganda uning og`zaki javobini, uy vazifasini qay daraja bajarilganligini, yangi materialni o`rganishdagi faolligini, mustaqil va yozma-amaliy ishlarning qay tariqa bajarishini nazarda tutish lozim. Shuning bilan birga yozuvsiz xaritalarda bajargan ishiga ham vaqti-vaqti bilan baho qo`yish mumkin. O`quvchilarning yozma ishlarini baholashda geografik termin va nomlarning to`g`ri yozilishini (geografik savodxonligini), ishlarning sistemali va bartartib bajarailganligini ham nazarda tutish lozim. O`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalarini baholashda, javobning ijodiy va salbiy tomonlarini o`quvchilarga aniq ko`rsatib berish shart. O`quvchilarning bilimi besh balli sistema bilan baholanadi. Besh - javob to`liq, to`g`ri, o`quvchi asosiy faktik materiallarni biladi, asosiy ilmiy tushunchalarni egallagan, geografik aloqadorlikni tushunadi va misollar keltiradi; xarita va boshqa ma`lumotlar manbalarning tarkibi va ular bilan ishlashning izchil usullarini biladi; ulardan mustaqil foydalana oladi va xaritalardagi obyektivlarni xatosiz ko`rsatadi. O`quvchilarning, xususan, o`quv masallarini hal etishda ijodiy yodashishi, eng yangi geografik voqealardan xabardorligi rag`batlantiriladi. To`rt - javob to`liq va to`g`ri, ammo faktlarni ifoda etishda, tunushchalarni aniqlashda, geografik aloqadorlik va xulosalarni tushuntirishda o`qituvchining qo`shimcha savollari asosida osongina to`g`rilash mumkin bo`lgan noaniqliklarga yo`l qo`yadi. Uch - javob to`g`ri, o`quvchi asosan materialni tushunadi, ammo tushuncha-larni aniq belgilay olmaydi, aloqadorliklarni mustaqil tushuntirishda qiynaladi yoki faktlarni izchillik bilan ifodalay olmaydi. Ikki – javob noto`g`ri, asosiy faktik materialni, geografik qonuniyatlarni bilmaydi, tushunchalarni belgilashda qo`pol xatolarga yo`l qo`yadi; darslik va xarita bilan ishlay olmaydi. Bir – og`zaki javob yoki yoki amaliy ish natijasi yo`q. O`quvchilarning bilimini baholashda raqamlardagi, dasturlardan tashqari geografik nomlardagi arzimagan noaniqliklar uchun baho pasaytirilmaydi, statistik jadval, xaritalardagi zarur ma`lumotlardan foydalana olmaganligi uchun esa baho pasaytirilishi mumkin. Chorak bahosi, o`rtacha arifmetik hisob bilan emas, balki barcha baholarning salmog`ini inobatga olib chiqariladi. Bundan o`quvchining og`zaki yoki yozma individual bahosi ahamiyatga ega. Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling