Variant 1-topshiriq. Deportatsiya
Download 18.1 Kb.
|
1 topshiriq
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5)Deklaratsiya
4) Davlat suvereniteti- (fransuzcha: souverainete — oliy hokimiyat) — hokimiyatning ustunligi va mustaqilligi. Suverenitetni hurmatlash — xalqaro huquq va xalqaro munosabatlarning asosiy prinsipi. U BMT Ustavi va boshqa xalqaro hujjatlarda mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiyaviy huquq fanida davlat suvereniteti, millat suvereniteti, xalq suvereniteti tushunchalari ishlatiladi.
Davlat suvereniteti — hokimiyatning mamlakat ichida oliyligi va tashqi munosabatlarda toʻla mustakilligi. Davlat suvereniteti haqidagi goya Jan Boden (16-asr, Fransiya) ga tegishlidir. Uning fikricha, Suverenitet davlatning eng muxim belgisi hisoblanadi, bunda abadiy, mutlaq, boʻlinmas oliy hokimiyat nazarda tutiladi. Davlat suvereniteti tushunchasi keyingi davrlarda yanada rivojlantirildi va boyitiddi. Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida davlat suvereniteti alohida bobda oʻz ifodasini topgan, Konstitutsiyaning 1-moddasida „Oʻzbekiston suveren demokratik respublika“ ekanligi qayd qilingan. Millat suvereniteti — millatning toʻla hokimiyatini, uning toʻla siyosiy erkinligini, oʻz milliy hayotini belgilash real imkoniyatiga egaligini, mustaqil davlatni tashkil qila olishgacha boʻlgan huquqqa egaligini bildiradi. Xalq suvereniteti — xalqning toʻla hokimiyatini anglatadi, yaʼni xalq jamiyat va davlatni boshqarishda real ishtirok etish uchun ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy vositalarga ega boʻladi. Xalq suvereniteti — barcha demokratik davlatlarda konstitutsiyaviy tuzum prinsiplaridan biri hisoblanadi. Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida kursatilishicha, „Xalq davlat hokimiyatining birdanbir manbaidir. Oʻzbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini koʻzlab va Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi“ 5)Deklaratsiya- maʼlum qilaman, eʼlon qilaman — 1) bir yoki bir necha xukumatlar, siyosiy partiyalar, xalqaro yoki jamoat tashkilotlarining dasturiy hujjat, muhim xalqaro voqea, qonun va h.k.ni umum eʼtiboriga yetkazuvchi bayonoti; umumsiyosiy prinsiplarni tantanali ravishda eʼlon etish (mas, Inson huquklari umumjahon deklaratsiyasi, Oʻzbekistan Respublikasi Mustaqillik deklaratsiyasi); 2) soliq toʻlovchining daromadlar xususiyati va miqdori toʻgʻrisida bayon qilishi; 3) pochta bilan mamlakat tashkarisiga yuboriladigan pul va qimmatbaho paketlarga ilova qilinadigan hujjat; 4) chegaradan oʻtuvchi shaxs oʻzida buyumlar, qimmatbaho narsalar va h.k. borligi va ular miqdori toʻgʻrisida bojxonaga topshiradigan maʼlumot (qarang Bojxona deklaratsiyasi). Birlashgan millatlar tashkilotining inson huquqlari umumiy deklaratsiyasi — BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan deklaratsiya. U muqaddima va 30 moddadan iborat boʻlib, uni qabul qilishdan maqsad har bir inson va davlat mazkur Deklaratsiyani nazarda tutgan holda maʼrifat va taʼlim orqali shu huquq va erkinliklar hurmat qilinishiga kumaklashishi lozim. Deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari eʼlon etilgan asosiy xalqaro hujjatdir. Shu tariqa xalqaro munosabatlar tarixida birinchi marta insonning hamma rioya etishi zarur boʻlgan asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Deklaratsiyada "insoniyat oilasining hamma aʼzolariga xos qadrqimmatni, ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish — erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi" ekanligi eʼlon etilgan. Unga koʻra, umum hurmat va rioya qilishi shart boʻlgan inson huquklari doirasi shaxsiy, siyosiy hamda ijtimoiyiqtisodiy huquqlardan iboratdir. Deklaratsiyada insonning quyidagi siyosiy huquqlari hamda erkinliklari ham taʼkidlangan: fiqolash, vijdon, din erkinligi; eʼtiqod erkinligi va uni erkin ifodalash huquqi; tinch yigʻilishlar oʻtkazish hamda uyushmalarga aʼzo boʻlish huquqi; oʻz mamlakatini boshqarishda qatnashish huquqi; yashirin ovoz berish yoʻli bilan umumiy va teng saylash huquqi; erkin ravishda koʻchib yurish hamda oʻziga turar joy tanlash huquqi; boshpana huquqi; milliy yoki diniy alomat boʻyicha hech bir cheklovsiz nikohdan oʻtish va oila qurish huquqi; mulkka egalik qilish huquqi (13—21moddalar). Mehnat qilish huquqi, adolatli va yetarli ravishda taqdirlanish hamda mehnat uchun teng mehnat haqi olish huquqi, kasaba uyushmalari tuzish huquqi; dam olish huquqi; ijtimoiy taʼminlanish huquqi; onalik va bolalikni alohida himoyalash huquqi; taʼlim olish va madaniy hayotda qatnashish huquqi (22—27moddalar) insonning asosiy ijtimoiy iqtisodiy huquqlari hisoblanadi. Deklaratsiyada inson manfaatlarining ustuvorligi quyidagi tamoyillarda oʻz aksini topgan: inson huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlarining tengligi, inson erkinliklari, inson huquqlarini amalga oshirishning demokratik jarayoni, inson huquqlarini taʼminlashning adolatligi. Deklaratsiyada eʼlon etilgan mazkur inson huquqlariga oid tamoyillarga kura barcha kishilar erkin tugʻiladi va oʻz qadrqimmati hamda huquqlari jihatdan teng boʻlib, ular qonun oldida teng va qonun tomonidan babbaravar himoyalanish huquqiga ega (1, 2, 7moddalar). Mazkur Deklaratsiya qoidalari davlat yoki ayrim shaxslar tomonidan inson huquqlarini buzish uchun ishlatilishi mumkin emas. Har bir shaxs uchun oʻzgalarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish jamiyat aʼzolarining burchidir. Download 18.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling