Variant (1006) Mexanika va Molekulyar fizika-1006


Mexanika va Molekulyar fizika-1038


Download 336.44 Kb.
bet34/52
Sana06.04.2023
Hajmi336.44 Kb.
#1329918
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bog'liq
Mexanika va Molekulyar fizika-02-24-2023 15-15-05

Mexanika va Molekulyar fizika-1038

  1. Jism koordinata o‘qining x0=3 m bo‘lgan nuqtasidan harakatlana boshladi. Uning tezlik tenglamasi υ=2+at (m/s) shaklda bo‘lib, harakat boshlanganidan 3 s vaqt o‘tgandagi oniy tezligi 8 m/s ga teng bo‘ldi. Jism harakatlana boshlaganidan 5 s vaqt o‘tgandagi uning koordinatasini toping.

A) x(5)=-22 m B) x(5)=25 m C) x(5)=38 m D) x(5)=35 m



  1. 10 m/s necha km/h ga teng?

    1. 54 km/h B) 2,77 km/h

C) 72 km/h D) 36 km/h



  1. Ideal issiqlik mashinasida qizdirgichning temperaturasi sovutkichning temperaturasidan 4 marta katta bo‘lsa, uning FIK i qanday?

A) 50% B) 75% C) 70% D) 60%



  1. Bekatda turgan avtobus qanday tezlanish bilan harakat qilsa, u 4 s da 80 m masofa bosib o‘tadi?

A) 8 m/s2 B) 4 m/s2 C) 6 m/s2 D) 10 m/s2



  1. Impulsi 20 kg∙m/s bo‘lgan 10 kg massali jismning tezligini toping.

A) 2 m/s B) 200 m/s C) 20 m/s D) 10 m/s



  1. Massasi 140 g bo‘lgan xlor gazi molekulalarining sonini aniqlang. M=35 g/mol.

A) 12,04·1024 B) 6,02·1023 C) 6,02·1025 D) 12,04·1023



  1. 6 kg massali jismga 48 N kuch qanday tezlanish bera oladi?

A) 8 m/s2 B) 2 m/s2 C) 96 m/s2 D) 16 m/s2



  1. Tekislikka tik ravishda ta’sir qilayotgan 0,75 kN kuch 25 kPa bosim beradi. Ta’sir yuzasini toping.

A) 0,03 cm2 B) 300 cm2 C) 30 cm2 D) 3 cm2



  1. Gorizontal tekislikda 2 kg massali jismga 4 N kuch ta’sir qilishi natijasida jism 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlandi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping.

A) 0,04 B) 0,1 C) 0,2 D) 0,4



  1. Gidravlik domkrat kichik porshenining yuzasi 2,4 cm2 bo‘lib, unga ta’sir etuvchi kuch 1000 N. Katta porshen yuzasi 2880 cm2 bo‘lsa, bu domkrat qanday massali yukni ko‘tarishi mumkin? g=10 N/kg.

A) 100 t B) 10 t C) 20 t D) 120 t



  1. Gorizontga burchak ostida 25 m/s tezlik bilan otilgan jism 4 s da yerga tushdi. Uning uchish davomidagi minimal tezligini aniqlang (m/s). g=10 N/kg.

A) 10 B) 25 C) 15 D) 20



  1. Shisha parchasi suvda 5 m/s2 tezlanish bilan tushadi. Shishaning zichligini toping (kg/m3). Suvning shisha

harakatiga qarshiligini hisobga olmang. ρ=1000 kg/m3, g=10 N/kg.
A) 3000 B) 1000 C) 2000 D) 4000



  1. h balandlikdan tashlangan koptok yerdan sapchib, yana 3h balandlikka ko‘tarilishi uchun, uni qanday boshlang‘ich tezlik bilan tashlash kerak? g-erkin tushish tezlanishi.



A) 2𝑔ℎ
B) 2𝑔ℎ


C) 2𝑔ℎ


D) 𝑔ℎ



  1. 5 mol miqdordagi bir atomli ideal gazni adiabatik ravishda siqishda 249 J ish bajarilgan bo‘lsa, gazning temperaturasi necha gradusga o‘zgargan?

A) 10 B) 5 C) 4 D) 2



  1. Ballondagi argon gazi ishlatilishi davomida gazning massasi 20% ga, bosim esa 2 marta kamaygan bo‘lsa, uning harorati dastlabki haroratiga nisbatan necha marta kamaygan?

    1. 1,25 marta B) 2 marta

C) 1,6 marta D) 2,5 marta



  1. Yer sirtida joylashgan kapillyar naychada suv 24 mm balandlikka ko‘tariladi. Agar Oyda erkin tushish tezlanishi Yerdagidan 6 marta kichik bo‘lsa, Oyda shu naychadagi suv qanday balandlikka ko‘tariladi? σ=73·10 mN/m, ρ=1000 kg/m3.

    1. 54 mm B) 144 mm C) 102 mm D) 35 mm




  1. Sun’iy yo‘ldosh orbitasining radiusi 4 marta kamaysa, uning doiraviy orbita bo‘ylab aylanish davri qanday o‘zgaradi?

    1. 2 marta kamayadi B) 8 marta kamayadi

C) 4 marta kamayadi D) 4 marta ortadi



  1. 15 m/s boshlang‘ich tezlik bilan pastga tusha boshlagan jism 4 sekundda qancha masofaga ko‘chadi? g=10 N/kg. A) 144 m B) 60 m C) 80 m D) 140 m




  1. Elektr choynakda suv 10 min da 0 0C dan qaynagunicha isitildi. Shundan keyin qancha vaqt o‘tgach choynakdagi suvning hammasi bug‘lanib ketadi? c=4200 J/(kg·K), L=2,3 MJ/kg.

    1. 28 min B) 39 min C) 17 min D) 54 min




  1. Agar Yer sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10 m/s2 bo‘lsa, massasi Yerning massasidan 4 marta ko‘p, radiusi Yerning radiusidan 2 marta katta bo‘lgan sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishini toping.

A) 20 m/s2 B) 40 m/s2
C) 5 m/s2 D) 10 m/s2



  1. Avtomobilning massasi 3,6 t. Uning og‘irlik markazi g‘ildiraklarning o‘qlari orasidagi masofani 1:3 nisbatdagi kesmalarga bo‘ladi. Har bir juft g‘ildiraklarning yo‘lga berayotgan bosim kuchini toping. g=10 N/kg.

    1. 9 kN; 9 kN B) 18 kN; 18 kN

C) 9 kN; 27 kN D) 12 kN; 24 kN



  1. Mototsiklchi birinchi ikki soatda 90 km yo‘l bosdi. Qolgan uch soatda esa 50 km/h tezlik bilan harakat qildi. Mototsiklchining butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi qanday?

    1. 48 km/h B) 57 km/h

C) 70 km/h D) 35 km/h



  1. Uzunligi 1 m bo‘lgan ipga osilgan yuk vertikaldan 600 burchakka og‘dirib, qo‘yib yuborildi. Yuk muvozanat vaziyatidan qanday tezlikda o‘tadi? g=10 N/kg.

A) 1,15 m/s B) 10,2 m/s
C) 5 m/s D) 3,16 m/s



  1. Ideal gaz adiabatik kengayib, 5 kJ ish bajardi. Bunda gazning ichki energiyasi qanchaga kamaygan?

    1. 10 kJ B) 0,5 kJ C) 2,5 kJ D) 5 kJ




  1. Aylanma harakat qilayotgan jismning chiziqli va burchak tezliklari 2 martadan ortdi. Uning markazga intilma tezlanishi qanday o‘zgaradi?

    1. 4 marta ortadi B) 2 marta ortadi

C) 4 marta kamayadi D) 2 marta kamayadi



  1. Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 20% ga ortsa, gazning bosimi qanday o‘zgaradi?

    1. 28% ga ortadi B) 68% ga ortadi

C) 44% ga ortadi D) 20% ga ortadi



  1. 20 litr hajmli ideal gaz 15 litrga kelguncha izotermik ravishda siqildi. Bu holda bosim 6 kPa ga ortdi. Boshlang‘ich bosim qanday bo‘lgan?

    1. 17 kPa B) 16 kPa C) 18 kPa D) 15 kPa




  1. 8 kg massa va 80 0C haroratga ega bo‘lgan suvga 20 0C haroratdagi suvdan qancha qo‘shilganda, aralashmaning harorati 30 0C bo‘ladi?

    1. 16 kg B) 24 kg C) 48 kg D) 40 kg




  1. Jism yuqoriga 40 m/s tezlik bilan otildi. Yerdan qanday balandlikda jismning kinetik energiyasi potensial energiyasining 25% iga teng bo‘ladi? g=10 N/kg.

A) 16 m B) 60 m C) 20 m D) 64 m



  1. Uzunligi 10 m, massasi 300 kg bo‘lgan yerda yotgan xodaning ixtiyoriy bir uchidan 2 m masofadagi nuqtasidan biroz ko‘tarish uchun qancha kuch kerak bo‘ladi? g=10 N/kg.

A) 1500 N B) 2250 N C) 1750 N D) 1875 N


Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur Muassasa: International School





Download 336.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling