Variant (1006) Mexanika va Molekulyar fizika-1006


Mexanika va Molekulyar fizika-1008


Download 336.44 Kb.
bet3/52
Sana06.04.2023
Hajmi336.44 Kb.
#1329918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
Mexanika va Molekulyar fizika-02-24-2023 15-15-05

Mexanika va Molekulyar fizika-1008

  1. Ideal gaz adiabatik kengayib, 5 kJ ish bajardi. Bunda gazning ichki energiyasi qanchaga kamaygan?

    1. 2,5 kJ B) 0,5 kJ C) 10 kJ D) 5 kJ




  1. Jism koordinata o‘qining x0=3 m bo‘lgan nuqtasidan harakatlana boshladi. Uning tezlik tenglamasi υ=2+at (m/s) shaklda bo‘lib, harakat boshlanganidan 3 s vaqt o‘tgandagi oniy tezligi 8 m/s ga teng bo‘ldi. Jism harakatlana boshlaganidan 5 s vaqt o‘tgandagi uning koordinatasini toping.

A) x(5)=38 m B) x(5)=25 m C) x(5)=35 m D) x(5)=-22 m



  1. Mototsiklchi birinchi ikki soatda 90 km yo‘l bosdi. Qolgan uch soatda esa 50 km/h tezlik bilan harakat qildi. Mototsiklchining butun yo‘l davomidagi o‘rtacha tezligi qanday?

    1. 70 km/h B) 35 km/h

C) 57 km/h D) 48 km/h



  1. Gorizontal tekislikda 2 kg massali jismga 4 N kuch ta’sir qilishi natijasida jism 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlandi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping.

A) 0,04 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,1



  1. Jism yuqoriga 40 m/s tezlik bilan otildi. Yerdan qanday balandlikda jismning kinetik energiyasi potensial energiyasining 25% iga teng bo‘ladi? g=10 N/kg.

A) 16 m B) 60 m C) 20 m D) 64 m



  1. 10 m/s necha km/h ga teng?

    1. 36 km/h B) 2,77 km/h

C) 72 km/h D) 54 km/h



  1. Gorizontga burchak ostida 25 m/s tezlik bilan otilgan jism 4 s da yerga tushdi. Uning uchish davomidagi minimal tezligini aniqlang (m/s). g=10 N/kg.

A) 20 B) 10 C) 25 D) 15



  1. Shisha parchasi suvda 5 m/s2 tezlanish bilan tushadi. Shishaning zichligini toping (kg/m3). Suvning shisha harakatiga qarshiligini hisobga olmang. ρ=1000 kg/m3, g=10 N/kg.

A) 1000 B) 4000 C) 2000 D) 3000



  1. Aylanma harakat qilayotgan jismning chiziqli va burchak tezliklari 2 martadan ortdi. Uning markazga intilma tezlanishi qanday o‘zgaradi?

    1. 2 marta kamayadi B) 4 marta ortadi

C) 4 marta kamayadi D) 2 marta ortadi



  1. Agar Yer sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10 m/s2 bo‘lsa, massasi Yerning massasidan 4 marta ko‘p, radiusi Yerning radiusidan 2 marta katta bo‘lgan sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishini toping.

A) 40 m/s2 B) 5 m/s2
C) 10 m/s2 D) 20 m/s2

  1. h balandlikdan tashlangan koptok yerdan sapchib, yana 3h balandlikka ko‘tarilishi uchun, uni qanday boshlang‘ich tezlik bilan tashlash kerak? g-erkin tushish tezlanishi.



A) 2𝑔ℎ
B) 2𝑔ℎ


C) 2𝑔ℎ


D) 𝑔ℎ



  1. Impulsi 20 kg∙m/s bo‘lgan 10 kg massali jismning tezligini toping.

A) 20 m/s B) 200 m/s C) 10 m/s D) 2 m/s



  1. Umumiy qanot yuzasi 20 m2 bo‘lgan samolyotning ko‘tarish kuchi va peshana qarshilik kuchini aniqlang. Samolyotning qanoti ostidagi bosim 9,8 N/cm2, ustidagi bosim esa 9,7 N/cm2, peshana qarshilik kuchi ko‘tarish kuchidan 20 marta kichik. g=10 N/kg.

A) 100 kN, 5 kN B) 350 kN, 17,5 kN
C) 98 kN, 97 kN D) 20 kN, 1 kN



  1. Massasi 120 kg bo‘lgan qayiq suvda tinch turibdi. Qayiqda turgan 80 kg massali odam qayiqning dumidan tumshug‘iga yurib o‘tdi. Bunda qayiq suv sirtiga nisbatan 1 m surilgan. Qayiqning uzunligi necha metr? Suvning qarshiligi hisobga olinmasin.

A) 4 B) 2 C) 1,5 D) 2,5



  1. 8 kg massa va 80 0C haroratga ega bo‘lgan suvga 20 0C haroratdagi suvdan qancha qo‘shilganda, aralashmaning harorati 30 0C bo‘ladi?

    1. 40 kg B) 48 kg C) 24 kg D) 16 kg




  1. Elektr choynakda suv 10 min da 0 0C dan qaynagunicha isitildi. Shundan keyin qancha vaqt o‘tgach choynakdagi suvning hammasi bug‘lanib ketadi? c=4200 J/(kg·K), L=2,3 MJ/kg.

    1. 39 min B) 17 min C) 54 min D) 28 min




  1. Bekatda turgan avtobus qanday tezlanish bilan harakat qilsa, u 4 s da 80 m masofa bosib o‘tadi?

A) 8 m/s2 B) 10 m/s2 C) 4 m/s2 D) 6 m/s2



  1. Uzunligi 1 m bo‘lgan ipga osilgan yuk vertikaldan 600 burchakka og‘dirib, qo‘yib yuborildi. Yuk muvozanat vaziyatidan qanday tezlikda o‘tadi? g=10 N/kg.

A) 1,15 m/s B) 3,16 m/s
C) 10,2 m/s D) 5 m/s



  1. 20 0C temperaturada 5 m3 havoda 50 g suv bug‘i bo‘lsa, havoning nisbiy namligi qancha? 20 0C temperaturada to‘yingan suv bug‘ining zichligi 17,3 g/m3.

A) 58% B) 70% C) 62% D) 65%



  1. 15 m/s boshlang‘ich tezlik bilan pastga tusha boshlagan jism 4 sekundda qancha masofaga ko‘chadi? g=10 N/kg. A) 140 m B) 144 m C) 60 m D) 80 m


  1. 80 m balandlikdan 15 m/s boshlang‘ich tezlik bilan jism gorizontal otildi. Jismning umumiy ko‘chishini toping. g=10 N/kg.

A) 100 m B) 60 m C) 80 m D) 70 m



  1. Tekislikka tik ravishda ta’sir qilayotgan 0,75 kN kuch 25 kPa bosim beradi. Ta’sir yuzasini toping.

A) 30 cm2 B) 3 cm2 C) 0,03 cm2 D) 300 cm2



  1. Ichidagi gazning bosimi 400 kPa bo‘lgan 3 litr hajmli idish havosi butunlay so‘rib olingan 5 litr hajmli idish bilan tutashtirilganda harorat o‘zgarmay qolsa, sistemada qanday bosim qaror topadi (kPa)?

A) 350 B) 50 C) 250 D) 150



  1. Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 20% ga ortsa, gazning bosimi qanday o‘zgaradi?

    1. 68% ga ortadi B) 28% ga ortadi

C) 44% ga ortadi D) 20% ga ortadi



  1. Yuqoriga 2 m/s tezlik bilan ko‘tarilayotgan lift tormozlanib to‘xtadi. Agar tormozlanish yo‘li 2 m bo‘lsa, shu oraliqda lift ichidagi 50 kg massali odamning vazni qanday bo‘ladi? g=10 N/kg.

A) 500 N B) 400 N C) 550 N D) 450 N



  1. 10 sutkada stakandagi 100 g suv butunlay bug‘lanib ketdi. Suv sathidan 1 s da o‘rta hisobda nechta molekula uchib chiqqan? M=18 g/mol.

A) 5,05·1016 B) 2,36·1019 C) 5,5·1014 D) 3,86·1018



  1. 20 litr hajmli ideal gaz 15 litrga kelguncha izotermik ravishda siqildi. Bu holda bosim 6 kPa ga ortdi. Boshlang‘ich bosim qanday bo‘lgan?

    1. 18 kPa B) 17 kPa C) 16 kPa D) 15 kPa




  1. Uzunligi 80 cm, bikrligi 2 kN/m bo‘lgan elastik prujinaga 4 kg massali yuk osilgan. Prujinaning nisbiy uzayishini toping. g=10 N/kg.

A) 0,0625 B) 0,05 C) 0,025 D) 0,02



  1. 5 mol miqdordagi bir atomli ideal gazni adiabatik ravishda siqishda 249 J ish bajarilgan bo‘lsa, gazning temperaturasi necha gradusga o‘zgargan?

A) 10 B) 2 C) 4 D) 5



  1. Gazning harorati 27 0C bo‘lganda, u 30 litr hajmni egallagan. Bosimni o‘zgartirmasdan, hajmni 5 litrga orttirish uchun gazning haroratini qanchaga ko‘tarish kerak?

A) 50 K B) 300 K C) 30 K D) 32 K


Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur Muassasa: International School





Download 336.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling