Variant (1006) Mexanika va Molekulyar fizika-1006


Mexanika va Molekulyar fizika-1045


Download 336.44 Kb.
bet41/52
Sana06.04.2023
Hajmi336.44 Kb.
#1329918
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52
Bog'liq
Mexanika va Molekulyar fizika-02-24-2023 15-15-05

Mexanika va Molekulyar fizika-1045

  1. Ideal gaz adiabatik kengayib, 5 kJ ish bajardi. Bunda gazning ichki energiyasi qanchaga kamaygan?

    1. 2,5 kJ B) 5 kJ C) 0,5 kJ D) 10 kJ




  1. 10 m/s necha km/h ga teng?

    1. 36 km/h B) 72 km/h

C) 54 km/h D) 2,77 km/h



  1. Impulsi 20 kg∙m/s bo‘lgan 10 kg massali jismning tezligini toping.

A) 200 m/s B) 2 m/s C) 20 m/s D) 10 m/s



  1. Gorizontga burchak ostida 25 m/s tezlik bilan otilgan jism 4 s da yerga tushdi. Uning uchish davomidagi minimal tezligini aniqlang (m/s). g=10 N/kg.

A) 10 B) 20 C) 25 D) 15



  1. 20 litr hajmli ideal gaz 15 litrga kelguncha izotermik ravishda siqildi. Bu holda bosim 6 kPa ga ortdi. Boshlang‘ich bosim qanday bo‘lgan?

    1. 18 kPa B) 17 kPa C) 15 kPa D) 16 kPa




  1. 20 0C temperaturada 5 m3 havoda 50 g suv bug‘i bo‘lsa, havoning nisbiy namligi qancha? 20 0C temperaturada to‘yingan suv bug‘ining zichligi 17,3 g/m3.

A) 62% B) 70% C) 65% D) 58%



  1. Yuqoriga 2 m/s tezlik bilan ko‘tarilayotgan lift tormozlanib to‘xtadi. Agar tormozlanish yo‘li 2 m bo‘lsa, shu oraliqda lift ichidagi 50 kg massali odamning vazni qanday bo‘ladi? g=10 N/kg.

A) 400 N B) 500 N C) 450 N D) 550 N



  1. Elektr choynakda suv 10 min da 0 0C dan qaynagunicha isitildi. Shundan keyin qancha vaqt o‘tgach choynakdagi suvning hammasi bug‘lanib ketadi? c=4200 J/(kg·K), L=2,3 MJ/kg.

    1. 39 min B) 28 min C) 54 min D) 17 min




  1. Bekatda turgan avtobus qanday tezlanish bilan harakat qilsa, u 4 s da 80 m masofa bosib o‘tadi?

A) 6 m/s2 B) 4 m/s2 C) 10 m/s2 D) 8 m/s2



  1. Massasi 4 kg, zichligi 1,6 g/cm3 bo`lgan jism suvda pastga 4 m/s tezlik bilan cho‘kmoqda. Suvning jism harakatiga qarshilik kuchini toping. ρ=1000 kg/m3, g=10 N/kg.

A) 12 N B) 25 N C) 16 N D) 15 N



  1. Ichidagi gazning bosimi 400 kPa bo‘lgan 3 litr hajmli idish havosi butunlay so‘rib olingan 5 litr hajmli idish bilan tutashtirilganda harorat o‘zgarmay qolsa, sistemada qanday bosim qaror topadi (kPa)?

A) 350 B) 150 C) 50 D) 250



  1. Gidravlik domkrat kichik porshenining yuzasi 2,4 cm2 bo‘lib, unga ta’sir etuvchi kuch 1000 N. Katta porshen

yuzasi 2880 cm2 bo‘lsa, bu domkrat qanday massali yukni ko‘tarishi mumkin? g=10 N/kg.
A) 10 t B) 120 t C) 20 t D) 100 t



  1. 6 kg massali jismga 48 N kuch qanday tezlanish bera oladi?

A) 16 m/s2 B) 96 m/s2 C) 8 m/s2 D) 2 m/s2



  1. Uzunligi 10 m, massasi 300 kg bo‘lgan yerda yotgan xodaning ixtiyoriy bir uchidan 2 m masofadagi nuqtasidan biroz ko‘tarish uchun qancha kuch kerak bo‘ladi? g=10 N/kg.

A) 1875 N B) 2250 N C) 1500 N D) 1750 N



  1. 15 m/s boshlang‘ich tezlik bilan pastga tusha boshlagan jism 4 sekundda qancha masofaga ko‘chadi? g=10 N/kg. A) 144 m B) 140 m C) 80 m D) 60 m




  1. 5 mol miqdordagi bir atomli ideal gazni adiabatik ravishda siqishda 249 J ish bajarilgan bo‘lsa, gazning temperaturasi necha gradusga o‘zgargan?

A) 10 B) 5 C) 4 D) 2



  1. Gorizontal tekislikda 2 kg massali jismga 4 N kuch ta’sir qilishi natijasida jism 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlandi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping.

A) 0,1 B) 0,4 C) 0,2 D) 0,04



  1. Jism yuqoriga 40 m/s tezlik bilan otildi. Yerdan qanday balandlikda jismning kinetik energiyasi potensial energiyasining 25% iga teng bo‘ladi? g=10 N/kg.

A) 60 m B) 16 m C) 20 m D) 64 m



  1. Umumiy qanot yuzasi 20 m2 bo‘lgan samolyotning ko‘tarish kuchi va peshana qarshilik kuchini aniqlang. Samolyotning qanoti ostidagi bosim 9,8 N/cm2, ustidagi bosim esa 9,7 N/cm2, peshana qarshilik kuchi ko‘tarish kuchidan 20 marta kichik. g=10 N/kg.

    1. 20 kN, 1 kN B) 98 kN, 97 kN

C) 100 kN, 5 kN D) 350 kN, 17,5 kN



  1. Agar Yer sirtidagi erkin tushish tezlanishi 10 m/s2 bo‘lsa, massasi Yerning massasidan 4 marta ko‘p, radiusi Yerning radiusidan 2 marta katta bo‘lgan sayyora sirtidagi erkin tushish tezlanishini toping.

A) 5 m/s2 B) 20 m/s2
C) 40 m/s2 D) 10 m/s2



  1. Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 20% ga ortsa, gazning bosimi qanday o‘zgaradi?

    1. 28% ga ortadi B) 20% ga ortadi

C) 44% ga ortadi D) 68% ga ortadi



  1. Qo‘rg‘oshin o‘q 200 m/s tezlik bilan uchib kelib, qumga tiqilib qoldi. Agar o‘qning energiyasi to‘laligicha issiqlik energiyasiga aylansa, o‘q necha gradusga qiziydi? c=130 J/(kg·K).

A) 1100 B) 1540 C) 1300 D) 1200

  1. 80 m balandlikdan 15 m/s boshlang‘ich tezlik bilan jism gorizontal otildi. Jismning umumiy ko‘chishini toping. g=10 N/kg.

A) 70 m B) 80 m C) 60 m D) 100 m



  1. Uzunligi 1 m bo‘lgan ipga osilgan yuk vertikaldan 600 burchakka og‘dirib, qo‘yib yuborildi. Yuk muvozanat vaziyatidan qanday tezlikda o‘tadi? g=10 N/kg.

A) 1,15 m/s B) 10,2 m/s
C) 5 m/s D) 3,16 m/s



  1. 8 kg massa va 80 0C haroratga ega bo‘lgan suvga 20 0C haroratdagi suvdan qancha qo‘shilganda, aralashmaning harorati 30 0C bo‘ladi?

    1. 40 kg B) 48 kg C) 24 kg D) 16 kg




  1. Idishdagi vodorod molekulalarining o‘rtacha kvadrtik tezligi 2400 m/s, konsentratsiyasi esa 4,1∙1018 cm-3 bo‘lsa, uning idish devoriga ko‘rsatadigan bosimini toping. M=18 g/mol, NA=6·1023 mol-1.

    1. 0,026 Pa B) 26 kPa

C) 0,26 MPa D) 26 MPa



  1. Massasi 120 kg bo‘lgan qayiq suvda tinch turibdi. Qayiqda turgan 80 kg massali odam qayiqning dumidan tumshug‘iga yurib o‘tdi. Bunda qayiq suv sirtiga nisbatan 1 m surilgan. Qayiqning uzunligi necha metr? Suvning qarshiligi hisobga olinmasin.

A) 1,5 B) 2 C) 4 D) 2,5



  1. Yer sirtida joylashgan kapillyar naychada suv 24 mm balandlikka ko‘tariladi. Agar Oyda erkin tushish tezlanishi Yerdagidan 6 marta kichik bo‘lsa, Oyda shu naychadagi suv qanday balandlikka ko‘tariladi? σ=73·10 mN/m, ρ=1000 kg/m3.

    1. 144 mm B) 102 mm C) 35 mm D) 54 mm




  1. Sun’iy yo‘ldosh orbitasining radiusi 4 marta kamaysa, uning doiraviy orbita bo‘ylab aylanish davri qanday o‘zgaradi?

    1. 2 marta kamayadi B) 4 marta ortadi

C) 8 marta kamayadi D) 4 marta kamayadi



  1. Massasi 140 g bo‘lgan xlor gazi molekulalarining sonini aniqlang. M=35 g/mol.

A) 12,04·1024 B) 6,02·1025 C) 12,04·1023 D) 6,02·1023


Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur Muassasa: International School





Download 336.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling