Variant (1006) Mexanika va Molekulyar fizika-1006
Mexanika va Molekulyar fizika-1046
Download 336.44 Kb.
|
Mexanika va Molekulyar fizika-02-24-2023 15-15-05
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur Muassasa: International School
Mexanika va Molekulyar fizika-1046
8 kg massa va 80 0C haroratga ega bo‘lgan suvga 20 0C haroratdagi suvdan qancha qo‘shilganda, aralashmaning harorati 30 0C bo‘ladi? 16 kg B) 48 kg C) 24 kg D) 40 kg Massasi 140 g bo‘lgan xlor gazi molekulalarining sonini aniqlang. M=35 g/mol. A) 12,04·1024 B) 6,02·1025 C) 12,04·1023 D) 6,02·1023 Gorizontal tekislikda 2 kg massali jismga 4 N kuch ta’sir qilishi natijasida jism 1 m/s2 tezlanish bilan harakatlandi. Jism va tekislik orasidagi ishqalanish koeffitsiyentini toping. A) 0,1 B) 0,2 C) 0,4 D) 0,04 5 mol miqdordagi bir atomli ideal gazni adiabatik ravishda siqishda 249 J ish bajarilgan bo‘lsa, gazning temperaturasi necha gradusga o‘zgargan? A) 4 B) 10 C) 5 D) 2 15 m/s boshlang‘ich tezlik bilan pastga tusha boshlagan jism 4 sekundda qancha masofaga ko‘chadi? g=10 N/kg. A) 60 m B) 80 m C) 144 m D) 140 m 10 sutkada stakandagi 100 g suv butunlay bug‘lanib ketdi. Suv sathidan 1 s da o‘rta hisobda nechta molekula uchib chiqqan? M=18 g/mol. A) 2,36·1019 B) 5,05·1016 C) 3,86·1018 D) 5,5·1014 Uzunligi 80 cm, bikrligi 2 kN/m bo‘lgan elastik prujinaga 4 kg massali yuk osilgan. Prujinaning nisbiy uzayishini toping. g=10 N/kg. A) 0,025 B) 0,0625 C) 0,05 D) 0,02 Aylanma harakat qilayotgan jismning chiziqli va burchak tezliklari 2 martadan ortdi. Uning markazga intilma tezlanishi qanday o‘zgaradi? 2 marta kamayadi B) 2 marta ortadi C) 4 marta ortadi D) 4 marta kamayadi Elektr choynakda suv 10 min da 0 0C dan qaynagunicha isitildi. Shundan keyin qancha vaqt o‘tgach choynakdagi suvning hammasi bug‘lanib ketadi? c=4200 J/(kg·K), L=2,3 MJ/kg. 28 min B) 39 min C) 54 min D) 17 min Yer sirtida joylashgan kapillyar naychada suv 24 mm balandlikka ko‘tariladi. Agar Oyda erkin tushish tezlanishi Yerdagidan 6 marta kichik bo‘lsa, Oyda shu naychadagi suv qanday balandlikka ko‘tariladi? σ=73·10 mN/m, ρ=1000 kg/m3. 35 mm B) 144 mm C) 102 mm D) 54 mm Idishdagi vodorod molekulalarining o‘rtacha kvadrtik tezligi 2400 m/s, konsentratsiyasi esa 4,1∙1018 cm-3 bo‘lsa, uning idish devoriga ko‘rsatadigan bosimini toping. M=18 g/mol, NA=6·1023 mol-1. 26 kPa B) 26 MPa C) 0,26 MPa D) 0,026 Pa Uzunligi 4 m va massasi 500 kg bo‘lgan bir jinsli metall sterjen yerda yotibdi. Uning bir uchini sterjen bilan yer orasidagi burchak 300 bo‘lguncha ko‘tarishda bajarilgan ishni toping. g=10 N/kg. 1 kJ B) 0,5 kJ C) 5 kJ D) 2 kJ 10 m/s necha km/h ga teng? 36 km/h B) 2,77 km/h C) 54 km/h D) 72 km/h Massasi 4 kg, zichligi 1,6 g/cm3 bo`lgan jism suvda pastga 4 m/s tezlik bilan cho‘kmoqda. Suvning jism harakatiga qarshilik kuchini toping. ρ=1000 kg/m3, g=10 N/kg. A) 16 N B) 15 N C) 12 N D) 25 N h balandlikdan tashlangan koptok yerdan sapchib, yana 3h balandlikka ko‘tarilishi uchun, uni qanday boshlang‘ich tezlik bilan tashlash kerak? g-erkin tushish tezlanishi. 2𝑔ℎ B) 2√𝑔ℎ C) √2𝑔ℎ D) √𝑔ℎ Berk idish ichidagi ideal gaz molekulalarining o‘rtacha kvadratik tezligi 20% ga ortsa, gazning bosimi qanday o‘zgaradi? 28% ga ortadi B) 44% ga ortadi C) 20% ga ortadi D) 68% ga ortadi Jism yuqoriga 40 m/s tezlik bilan otildi. Yerdan qanday balandlikda jismning kinetik energiyasi potensial energiyasining 25% iga teng bo‘ladi? g=10 N/kg. A) 64 m B) 60 m C) 16 m D) 20 m Tekislikka tik ravishda ta’sir qilayotgan 0,75 kN kuch 25 kPa bosim beradi. Ta’sir yuzasini toping. A) 30 cm2 B) 300 cm2 C) 3 cm2 D) 0,03 cm2 Bekatda turgan avtobus qanday tezlanish bilan harakat qilsa, u 4 s da 80 m masofa bosib o‘tadi? A) 4 m/s2 B) 10 m/s2 C) 6 m/s2 D) 8 m/s2 Yuqoriga 2 m/s tezlik bilan ko‘tarilayotgan lift tormozlanib to‘xtadi. Agar tormozlanish yo‘li 2 m bo‘lsa, shu oraliqda lift ichidagi 50 kg massali odamning vazni qanday bo‘ladi? g=10 N/kg. A) 450 N B) 550 N C) 500 N D) 400 N 20 litr hajmli ideal gaz 15 litrga kelguncha izotermik ravishda siqildi. Bu holda bosim 6 kPa ga ortdi. Boshlang‘ich bosim qanday bo‘lgan? 15 kPa B) 16 kPa C) 18 kPa D) 17 kPa Jism koordinata o‘qining x0=3 m bo‘lgan nuqtasidan harakatlana boshladi. Uning tezlik tenglamasi υ=2+at (m/s) shaklda bo‘lib, harakat boshlanganidan 3 s vaqt o‘tgandagi oniy tezligi 8 m/s ga teng bo‘ldi. Jism harakatlana boshlaganidan 5 s vaqt o‘tgandagi uning koordinatasini toping. A) x(5)=25 m B) x(5)=38 m C) x(5)=35 m D) x(5)=-22 m Ideal gaz adiabatik kengayib, 5 kJ ish bajardi. Bunda gazning ichki energiyasi qanchaga kamaygan? 10 kJ B) 0,5 kJ C) 5 kJ D) 2,5 kJ Jism 150 N o‘zgarmas kuch ta’sirida harakatlanmoqda. Agar jism koordinatasining vaqt bo‘yicha o‘zgarishi x=100+5t+0,5t2 (m) tenglama ko‘rinishida ifodalansa, jism massasini aniqlang (kg). A) 150 B) 30 C) 15 D) 75 Massasi 120 kg bo‘lgan qayiq suvda tinch turibdi. Qayiqda turgan 80 kg massali odam qayiqning dumidan tumshug‘iga yurib o‘tdi. Bunda qayiq suv sirtiga nisbatan 1 m surilgan. Qayiqning uzunligi necha metr? Suvning qarshiligi hisobga olinmasin. A) 4 B) 2,5 C) 1,5 D) 2 Sun’iy yo‘ldosh orbitasining radiusi 4 marta kamaysa, uning doiraviy orbita bo‘ylab aylanish davri qanday o‘zgaradi? 4 marta ortadi B) 2 marta kamayadi C) 8 marta kamayadi D) 4 marta kamayadi Shisha parchasi suvda 5 m/s2 tezlanish bilan tushadi. Shishaning zichligini toping (kg/m3). Suvning shisha harakatiga qarshiligini hisobga olmang. ρ=1000 kg/m3, g=10 N/kg. A) 4000 B) 1000 C) 2000 D) 3000 Ichidagi gazning bosimi 400 kPa bo‘lgan 3 litr hajmli idish havosi butunlay so‘rib olingan 5 litr hajmli idish bilan tutashtirilganda harorat o‘zgarmay qolsa, sistemada qanday bosim qaror topadi (kPa)? A) 150 B) 50 C) 350 D) 250 Umumiy qanot yuzasi 20 m2 bo‘lgan samolyotning ko‘tarish kuchi va peshana qarshilik kuchini aniqlang. Samolyotning qanoti ostidagi bosim 9,8 N/cm2, ustidagi bosim esa 9,7 N/cm2, peshana qarshilik kuchi ko‘tarish kuchidan 20 marta kichik. g=10 N/kg. 20 kN, 1 kN B) 98 kN, 97 kN C) 100 kN, 5 kN D) 350 kN, 17,5 kN Impulsi 20 kg∙m/s bo‘lgan 10 kg massali jismning tezligini toping. A) 200 m/s B) 2 m/s C) 10 m/s D) 20 m/s Tuzuvchi: Jumaniyazov Temur Muassasa: International SchoolDownload 336.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling