Ionli bog’lanish
Ionlar zaryadlangan zarrachalardir.
Atomlar elektron berganda yoki electron biriktirib olganda zaryadlangan zarrachalar ya’ni ionlarga aylanadi.
Atomning yo’qotgan va qabul qilib olgan elektronlar soni ionning zaryad miqdorini ifodalaydi.
Qarama – qarshi zaryadlangan ionlar bir – biriga tortiladi.
Ionlar orasida hosil bo’lgan kimyoviy bog’lanish ion boglansih deyiladi.
Ionlarning o’zaro birikishidan hosil bo’lgan moddalar ionlo birikmalar deyiladi.
Musbat zaryadlangan ionlar kationlar deb ataladi.
Manfiy zaryadlangan ionlar anionlar deb ataladi.
Ionli birikmalarga metallarning galogenlar, kislorod, oltingugurt bilan hosil qilgan birkmalar kiradi.
Metallar o’z tashiq energetic qavatlaridagi elektronlarini berib, musbat zaryadlangan ionlarga oson aylanadi.
Metallamaslar esa aksincha, tashqi energetic qavatiga elektronni oson qabul qiladi va manfit zaryadlangan ionlarga aylanadi.
Shunday qilib, kimyoviy bog’lanishda elementlarning valent elektronlari ahamiyatga ega va bu elektronlar atomlar o’rtasida umumiy juftlarni hosil qiladi. Kimyoviy bog’lanishda ishtirok etayotgan elektronlarning atomlar orasidagi holatiga qarab moddlarni kovalent qutbsiz, kovalent qutbli, donor – akseptor hamda ion bog’lanishli birikmalarga ajratiladi.
Quydagi sxemalar bilan boradigan reaksiyalarning to’liq tenglamalarini tuzing oksidlovchi va qaytruvchini ko’rsating Au+ HNO3 + 3HCI=
Javobi:
Au0 -3e Au+3 qaytaruvchi
N+5 +3e N+2 oksidlovchi
CuSO4, MgCl2, K2SO4 eritmalanning dissotsiyalanish tenglamasini tuzing
.
CuSO4 Cu+2 + SO42-
MgCl2 Mg+2 + 2Cl-
K2SO4 2K+ + SO42-
Do'stlaringiz bilan baham: |