Variant-14 17,55 g noma’lum glitsin gomologi 109,5 g 5%li xlorid kislota eritmasi bilan to‘liq ta’sirlashdi. Aminokislota namunasidagi uglerodlar sonini hisoblang. A 0,75·na b 0,5·na c 0,25·na d 1·na 2


Jadvaldan foydalanib x va y ni aniqlang. A) 3; 30 B) 3; 20 C) 2; 20 D) 2; 30 16


Download 60.11 Kb.
bet2/2
Sana23.04.2023
Hajmi60.11 Kb.
#1388433
1   2
Bog'liq
VARIANT-14

15.

Jadvaldan foydalanib x va y ni aniqlang.
A) 3; 30 B) 3; 20 C) 2; 20 D) 2; 30
16. NaCl ning 30%li suvli eritmasi tuz tugaguncha
elektroliz qilinib, anodda ajralgan gaz kaliy
bromid eritmasiga yuttirildi. Hosil bo‘lgan
eritmani to‘liq rangsizlantirish uchun 12,8 g
sulfit angidrid sarflansa, dastlabki natriy xlorid
eritmasining massasini (g) hisoblang.
A) 156 B) 58,5 C) 117 D) 78
17. 40 g eritmaga suv qo‘shib, 50 g 14,4%li eritma
olindi. Dastlabki eritma konsentratsiyasini (%)
aniqlang.
A) 17 B) 16 C) 18 D) 19
18. Kimyoviy elementlar davriy sistemasining IA
guruhida yuqoridan pastga qarab quyidagi
qaysi xususiyatlar ortib boradi?
1) elektromanfiylik; 2) atom radiusi; 3) metallik
xossasi; 4) yadro zaryadi; 5) ionlanish
potensiali.
A) 2, 3, 4 B) 1, 4, 5 C) 1, 5 D) 2, 4
19. Yetarli miqdordagi sirka kislota bilan MgO
ta’sirlashuvining to‘liq ionli tenglamasidagi
koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang.
A) 9 B) 8 C) 5 D) 7
20. α-glukoza tarkibidagi gidroksil va aldegid
guruhlari sonini mos ravishda ko‘rsating.
A) 5 va 1 B) 4 va 1 C) 5 va 0 D) 4 va 0
21. 210P b + x1 1p →205 T l + y2 4α yadro reaksiyasida
105 g qo‘rg‘oshin izotopi yemirilgan bo‘lsa,
hosil bo‘lgan alfa zarrachalar sonini aniqlang.
A) 9,03·1023 B) 12,04·1023 C) 3,01·1023
D) 6,02·1023
22. F eS2 + Cl2 + KOH →
K2F eO4 + K2SO4 + KCl + . . .
Reaksiyani tugallang, tenglang va
koeffitsiyentlar yig‘indisini aniqlang.
A) 69 B) 67 C) 68 D) 66
23. 100 ml sirka kislota eritmasiga 300 ml suv
qo‘shilsa, kislotaning dissotsilanish darajasi bir
foizdan necha foizgacha oshadi?
A) 5 B) 4 C) 3 D) 2
24. Noma’lum gazning zichligi is gazining zichligiga
teng. Noma’lum gaz quyidagilardan qaysi
bir(lar)i bo‘lishi mumkin?
1) NO; 2) C2H4; 3) N2; 4) C2H6
A) faqat 1 B) 1, 4 C) faqat 4 D) 2, 3
25. 8,96 litr (n.sh.) alken gidratlanganda 4,2 g
birlamchi spirt va 19,8 g ikkilamchi spirt hosil
bo‘ldi. Alken formulasini aniqlang.
A) C4H8 B) C2H4 C) C3H6 D) C5H10
26. Azot va kisloroddan iborat 300 ml (n.sh.)
gazlar aralashmasi litiy metali ustidan
o‘tkazildi. Natijada aralashma metall bilan
to‘liq reaksiyaga kirishib oksid va nitrid hosil
qildi. Agar qattiq modda massasi 0,408 g ga
ortgan bo‘lsa, dastlabki gazlar aralashmasining
zichligini (n.sh.) aniqlang.
A) 1,36 B) 1,25 C) 1,26 D) 1,38
27. Asetilen va propandan iborat aralashma bromli
suv solingan idish orqali o‘tkazilganda,
idishning og‘irligi 5,2 g ga ortdi. O‘shancha
miqdordagi aralashma yondirilganda
29,12 l (n.sh.) karbonat angidrid hosil bo‘lsa,
dastlabki aralashmaning massasini (g) aniqlang.
A) 15,6 B) 18,4 C) 10,2 D) 13,2
28. Oltingugurt (IV)-oksid va uglerod
(IV)-oksidlaridan iborat gazlar aralashmasida
sp2-gibrid orbitallar soni sp-gibrid orbitallar
sonidan 12 marta ko‘p bo‘lsa, aralashmadagi
SO2 ning mol ulushini toping.
A) 3/4 B) 2/5 C) 1/4 D) 2/3
29. Quyidagi ma’lumotlardan foydalanib
C ≡ C-bog‘ energiyasini (kJ/mol) toping.
HC ≡ CH + 2H2 → H3C − CH3;
H=310 kJ; EC−H=410 kJ/mol;
EH−H=430 kJ/mol; EC−C=340 kJ/mol
A) 810 B) 820 C) 790 D) 800
30. SCl4 va SCl2 molekulalari tarkibidagi markaziy
atomlarning gibridlanish turini aniqlang.
A) sp3 va sp B) sp3d va sp3
C) sp3 va sp3d D) sp2d va sp3


Download 60.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling