VARIANT-2
Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari.
Kоrxоnaning ekspоrt salоhiyatini tahlil eting va xulоsa yozing.
Tannarx1=90000 Tannarx2=113000
R=35000/90000=0.39 R=62000/113000=0.55
Xulosa: Xulosa qilib shuni aytaolamizki mahsulot ish xizmatlar eksportidan olingan tushim o’tgan yilgiga qaraganda 40% ga oshgan , sof foyda esa 77% oshganligini ko’rsatadi.
Buxgalteriya balansi tahlili mazmuni va vazifalari
Buxgalteriya balansi moliyaviy hisobotning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi, xo‘jalik yurituvchi subyektning mulkiy va moliyaviy ahvoli haqidagi axborotni to‘playdi hamda oshkor qiladi.
Buxgalteriya balansida uzoq muddatli va joriy aktivlar, o‘z sarmoyasi, uzoq muddatli va joriy majburiyatlar hamda ularni oshkor qilishda, xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolini tahlil qilishda moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar uchun yordam bera oladigan axborotdan iborat bo‘ladi.
Buxgalteriya balansidagi barcha axborot to‘g‘ri oshkor qilinishi va foydalanuvchilarga tushunarli bo‘lishi kerak. Zarur hollarda buxgalteriya balansiga kiritiladigan moddalar ularni tushuntirib beradigan axborotlar bilan to‘ldiriladi.
“Balans” atamasi lotincha “bis” – ikki marta, “banx” – tarozi pallasi so‘zlaridan tarkib topgan bo‘lib, ikki palla degan ma’noni anglatadi. U tenglik, muvozanat tushunchasi sifatida ishlatiladi.
Buxgalteriya balansini turli tasnifiy belgilari (tuzilish vaqti, axborot hajmi, aks ettirish obyekti, tozalash usuli) bo‘yicha turlarini tarkiblash mumkin.
Buxgalteriya balansini turlari
Do'stlaringiz bilan baham: |