|
Milliy boylik- YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq hajmi va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi
|
N
|
|
Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makro darajadagi iqtisodiyotlarni, funksional iqtisodiyotni, ko‘plab infratuzilmalarni o‘z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir.
|
T
|
|
Ishchi kuchi tovarining nafliligi uning kapital egasining foyda olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo‘ladi.
|
T
|
|
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari ishlab chiqarilmagan mahsulot bilan taqqoslanib baholanadi.
|
T
|
|
Pul taklifi ko‘p jihatdan inflyatsiya darajalarini pasayishiga ham ta’sir ko‘rsatadi.
|
N
|
|
Lizing – ssuda kapitalining xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasidagi harakatini namoyish qiladi.
|
N
|
|
Iste’mol krediti – xususiy shaxslarga, birinchi navbatda, uzoq muddat foydalanadigan iste’mol tovarlari sotib olish uchun ma’lum muddatga beriladigan kredit.
|
T
|
|
Davlat banki mamlakat pul-kredit tizimini markazlashgan tartibda boshqaradi va davlatning yagona kredit siyosatini amalga oshiradi.
|
N
|
|
Hisob stavkasini tartibga solish,moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini o‘rnatish va o‘zgartirish, davlat muassasalarining qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalari pul-kredit siyosatining asosiy vositalaridir
|
T
|
|
Milliy iqtisodiyotning yuqori samaradorligiga iqtisodiyotni tartibga solishning bozor usullarini qo‘llash, iqtisodiyotni faqat davlat tomonidan boshqarish va takror ishlab chiqarish jarayoniga davlatning aralashuvi va bozor iqtisodiyotini uyg‘unlashtirish yo‘llari orqali erishiladi
|
N
|