Dastur quyidagilarni ta’minlashi kerak:
1. Avtobus parkidagi barcha avtobuslar haqidagi ma’lumotlarni kiritish va ularni daraxt shaklida tasvirlash;
2. Avtobus parkida yo‘nalishga chiqqan avtobus raqami kiritilganda, ushbu avtobusni parkdagi ro‘yxatdan chiqarib, yo‘nalishda harakatlanayotgan avtobuslar ro‘yxatiga qo‘shish;
3. Kiritilgan so‘rov orqali tanlangan avtobus parkda turganligi yoki marshrutda ekanligi haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish.
8
|
Binar daraxt
|
Aviachiptalarga buyurtmalar haqidagi joriy ma’lumotlarni taqdim etuvchi dastur tuzing. Buyurtmalar quyidagi ma’lumotlardan iborat:
- borish manzili;
- parvoz raqami;
- yo‘lovchi ismi sharifi;
- parvoz qilish sanasi.
Dastur quyidagilarni bajarishi kerak:
1. Barcha buyurtmalarni daraxt ko‘rinishida saqlash;
2. Buyurtma qo‘shish va mavjud buyurtmani o‘chirish;
3. Burilgan parvoz raqami va parvoz sanasi bo‘yicha buyurtmani ekranga chiqarish va daraxtdan o‘chirish;
4. barcha buyurtmalarni chiqarish.
|
9
|
Binar daraxt
|
Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at binar daraxt ko‘rinishida berilgan. har bir tugun inglzcha va unga mos o‘zbekcha so‘zni hamda ushbu so‘zga murojaatlar sonini saqlab turadi.
Dastlab daraxtda so‘zlar ingliz alifbosi tartibida shakllantiriladi. Ushbu lug‘atni qayta ishlash jarayonida har bir so‘zga murojaatlar soni qayd qilib boriladi. Quyidagi vazifalarni bajaruvchi dastur tuzing:
1. Lug‘atga yangi so‘z va unga murojaatlar sonini hisoblash maydonini kiritish;
2. Mavjud so‘zlar daraxtini va kiritilgan yangi so‘zlar daraxtini chiqarish;
3. Yangi so‘z kiritilganda uning lug‘atda mavjud ekanligini aniqlash. Agar mavjud bo‘lmasa lug‘atga qo‘shib qo‘yish.
|
10
|
Binar daraxt
|
Shaharlararo telefon stantsiyasida telefon raqamlari va ularning egalari haqidagi ma’lumotlar binar daraxt shaklida ifodalangan.
Quyidagi vazifalarni bajaruvchi dastur tuzing:
1. Ma’lumotlarni daraxt shaklida kiritish;
2. Barcha ma’lumotlarni chiqarish;
3. Telefon raqami va so‘zlashuv vaqtini chiqarish;
4. Telefondan so‘zlashuv uchun to‘lov kvitantsiyasini chiqarish.
|