Vasiylik va Homiylik
Reja 3. Vasiylik va homiylik organlarining alohida funksiyalari
Download 53.99 Kb.
|
Vasiylik va Homiylik
2.Reja
3. Vasiylik va homiylik organlarining alohida funksiyalari 1-§. Sudlar tomonidan bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi nizolarni ko‘rib chiqishda vasiylik va homiylik organlarining ishtiroki 12. Oila kodeksining 88-moddasiga muvofiq, sud tomonidan bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi nizolar ko‘rib chiqilayotganda, bolaning himoyasi uchun kim da’vo taqdim qilganligidan qat’i nazar, vasiylik va homiylik organi ishda qatnashishga jalb qilinishi kerak. 13. Vasiylik va homiylik organi bolaning hamda uni o‘z tarbiyasiga berishni talab qilayotgan shaxsning (shaxslarning) turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazish va tekshirish dalolatnomasini hamda unga asoslangan nizo mohiyati bo‘yicha xulosani sudga taqdim qilishi shart. 14. Oila kodeksining 87-moddasiga muvofiq bolaning hayotiga yoki uning sog‘lig‘iga bevosita xavf tug‘ilganda vasiylik va homiylik organi bolani ota-onadan (ularning biridan) yoki bolani o‘z qaramog‘iga olgan boshqa shaxslardan zudlik bilan olib qo‘yishga haqlidir. Bolani zudlik bilan olib qo‘yish fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining tegishli dalolatnomasi asosida amalga oshiriladi. 15. Bola olib qo‘yilganda vasiylik va homiylik organi tezda prokurorni xabardor qilishi, bolani vaqtincha muayyan yerga joylashtirishi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining bolani olib qo‘yish haqidagi dalolatnomasi chiqarilgandan keyin yetti kun mobaynida ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning ota-onalik huquqlarini cheklash haqida sudga da’vo bilan murojaat etishi shart. 16. Bolani olib qo‘yish va uni boshqa shaxsga (shaxslarga) berish bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sudning qarorlarini majburiy tartibda ijro etish vasiylik va homiylik organi va bola tarbiyalashga berilayotgan shaxs (shaxslar)ning majburiy ishtirokida, zarur hollarda esa — ichki ishlar organi vakili ishtirokida amalga oshirilishi lozim. Oila kodeksining 196-moddasiga muvofiq, bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi bitimlarni bekor qilishga oid nizolar sud tartibida hal qilinadi. Download 53.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling