Vasiylik va Homiylik


Download 53.99 Kb.
bet2/25
Sana10.07.2023
Hajmi53.99 Kb.
#1659494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Vasiylik va Homiylik

Asosiy qisim 1. reja

Vasiylik — muomalaga layoqatsiz fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish. Voyaga yetmaganlarga V. ularni tarbiyalash maqsadida ham belgilanadi. Vasiylar oʻz himoyalaridagi shaxslarning huquq va manfaatlarini har qanday shaxslar bilan munosabatlarda, shu jumladan, sudlarda ham maxsus vakolatsiz himoya qiladi. Voyaga yetmaganlarga V. ularning ota-onasi, farzandlikka oluvchilari boʻlmagan, ota-onasi sud tomonidan ota-onalik huquqlaridan mahrum qilingan taqdirda, shuningdek boshqa sabablarga koʻra bunday farzandlar otaona himoyasidan mahrum boʻlib qolgan, xususan, ularni ota-ona tarbiyalashdan yoxud huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan hollarda belgilanadi. 14 yoshga toʻlmagan fuqarolar, ruhiy kasal va aqli zaiflar nomidan vasiy harakat qiladi (OʻzR FK, 32-modda).
Vasiylik va homiylik organlari
Oʻzbekiston Respublikasida vasiylik va homiylik toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksiga, “Vasiylik va homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vasiylik va homiylik organlarining vakolatlarini, ularning vazifalari hamda vasiylikni va homiylikni belgilash, amalga oshirish va toʻxtatish tartibini belgilaydi.Vasiylik va homiylik faoliyati:
a) voyaga yetmaganlarga nisbatan — tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari;
b) sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan fuqarolarga nisbatan — tuman, shahar tibbiyot birlashmalari; 
v) sogʻligʻining holatiga koʻra homiy tayinlashga muhtoj boʻlgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli fuqarolarga nisbatan — tuman, shahar bandlikka koʻmaklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Vasiylik va homiylik organlaridan tashqari boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslarning vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarni aniqlash va joylashtirish boʻyicha faoliyat yuritishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vasiylik va homiylik organlarining vakolatlari, ularning vazifalari
uman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari vasiylik va homiylik sohasida oʻz vakolatlari doirasida:
yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni aniqlaydi va ularning hisobini yuritadi;
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar haqidagi maʼlumotlarning axborot bazasini yuritadilar, maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining maʼlumotlar bazasiga kiritish uchun, shuningdek davlat statistika hisobotini tegishli davlat statistika organiga qonun hujjatlarida belgilangan shaklda va muddatlarda taqdim etadi;
yetim bolalarning va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan hamda vasiylarga va homiylarga qoʻyiladigan talablarga mos boʻlgan shaxslarni tanlashni hamda hisobga olishni amalga oshiradi;
yetim bolalarni va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni joylashtirishni, shuningdek ularning mol-mulkining but saqlanishini taʼminlaydi; 
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning shaxsiy hujjatlar yigʻmajildlarini yuritadi;
vasiylar va homiylarning oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar, ularga vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarni tarbiyalashda, tibbiy kuzatuvini tashkil etishda yordam koʻrsatadi;
vasiylikni yoki homiylikni tugatish toʻgʻrisida, vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish haqida tuman, shahar hokimiga iltimosnomalar kiritadi;
bolaning hayotiga yoki sogʻligʻiga bevosita tahdid paydo boʻlgan hollarda uni ota-onasidan yoxud ota-onasining oʻrnini bosuvchi shaxslardan olib qoʻyish choralarini koʻradilar;
davlat muassasalariga (internatlarga) joylashtiriladigan balogʻatga yetmaganlarning hisobini olib boradilar va hujjatlarini tayyorlaydi;
ota-onalar va bolalar oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan hollarda bolalarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun vakil tayinlaydi;
belgilangan tartibda ota-onalik huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etadilar, sudlarda ota-onalik huquqidan mahrum qilish yoki ularning huquqini cheklash toʻgʻrisida, shuningdek, ota-onalik huquqlarini tiklash toʻgʻrisidagi ishlar koʻrib chiqilayotganda ishtirok etadi;
vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga maslahat yordami, huquqiy, ijtimoiy, psixologik-pedagogik va tibbiy yordam koʻrsatish borasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, taʼlim muassasalari, sogʻliqni saqlash muassasalari, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Tumanlar, shaharlar hokimlari vasiylik yoki homiylikni belgilash va tugatish boʻyicha, shuningdek vasiylarni yoki homiylarni oʻz majburiyatlarini bajarishdan ozod etish yoxud chetlashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi. Mazkur qarorlar vasiylik va homiylik organlari tomonidan manfaatdor tashkilot va shaxslarga yuboriladi.

Download 53.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling