Vasiylik va Homiylik


Download 53.99 Kb.
bet14/25
Sana10.07.2023
Hajmi53.99 Kb.
#1659494
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
Vasiylik va Homiylik

II. Vasiylik va homiylik
1. Umumiy qoidalar
52. Vasiylik o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, shuningdek sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy, shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
Homiylik o‘n to‘rt yoshdan o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan yetim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, shuningdek sud tomonidan muomala layoqati cheklangan deb topilgan fuqarolarga ta’minot, tarbiya va ta’lim berish, ularning mulkiy shaxsiy nomulkiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida belgilanadi.
53. Vasiylik yoki homiylik yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:
ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilinganda;
ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;
ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo‘lishi oqibatida o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;
ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
ota-onasi yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazoratida qoldirilgan bo‘lsa;
ota-onasi yashash joyida olti oydan kam muddatga vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazoratida qoldirilgan bo‘lsa, agar vasiylik yoki homiylik bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa;
ota-onasi bedarak yo‘qolganda;
ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari va shunga o‘xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.
Ota-onalik huquqidan mahrum qilinmagan ota-onasi bo‘lgan voyaga yetmagan bolaga, agar ota-onasi bilan turishi ushbu shaxsning qonuniy manfaatlariga javob bermasligi hamda uning hayoti yoki sog‘lig‘i uchun bevosita tahdid mavjudligi vasiylik va homiylik organi tomonidan aniqlanganda vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin.
54. Sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra o‘z huquqlarini mustaqil ravishda amalga oshira olmaydigan va majburiyatlarini bajara olmaydigan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslarga nisbatan homiylik ushbu shaxslarning iltimosiga binoan belgilanishi mumkin.
55. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarning hisobini yuritish, vasiylik va homiylikni belgilash va amalga oshirish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha bajariladi.

Download 53.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling