Vasiylik va Homiylik
-§. Alohida holatlarda vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy va homiyni tayinlash xususiyatlari
Download 53.99 Kb.
|
Vasiylik va Homiylik
2-§. Alohida holatlarda vasiylik va homiylikni belgilash, vasiy va homiyni tayinlash xususiyatlari
73. Ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan olti oydan ortiq muddatga qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazoratida qoldirilgan bo‘lsa, ularning vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizasi asosida, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda, mazkur shaxslarning bolaga nisbatan vasiyligi yoki homiyligi belgilanadi. Ota-ona yashash joyida olti oydan kam muddatda vaqtincha bo‘lmaganda, agar bola ular tomonidan qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazoratida qoldirilgan bo‘lsa, vasiylik yoki homiylik, agar bu bolaning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa, ularning vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizasi asosida, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko‘rsatilgan holda belgilanadi. 74. Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning manfaatini ko‘zlab unga darhol vasiy yoki homiy tayinlanishi zarur bo‘lsa, shu jumladan bolalar ota-onasidan yoxud ularning o‘rnini bosuvchi shaxslardan olib qo‘yilsa vasiylik va homiylik organi bir oy muddatga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning arizasiga ko‘ra, agar mazkur shaxs tomonidan o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek vasiylik va homiylik organi tomonidan uning turmush sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi taqdim etilsa, vasiylik va homiylik organi tomonidan amalga oshiriladi. Dastlabki tarzda tayinlangan vasiylar yoki homiylar vasiyning yoki homiyning barcha huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘ladi, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning mol-mulkini uning nomidan tasarruf etish huquqi bundan mustasno. Agar vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsga dastlabki tarzda vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgunga qadar joylashtirishning u yoki bu shakli tanlangan bo‘lsa yoxud vaqtincha tayinlangan vasiy yoki homiy unga vasiy yoki homiy etib tayinlanmasa, dastlabki tarzdagi vasiylik yoki homiylik tugaydi. 75. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxsning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, unga tuman, shahar hokimi qarori bilan bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin. Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bir vaqtning o‘zida barcha vasiylar yoki homiylar tomonidan amalga oshiriladi. Agar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning ishlarini yuritish vasiylarning yoki homiylarning biriga topshirilsa, bu shaxs qolgan vasiylardan yoki homiylardan ishonchnomalar olgan bo‘lishi lozim. Bir nechta vasiy yoki homiy tayinlanganda, vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning parvarish qilinishini ta’minlash va uning tibbiy yordamni o‘z vaqtida olishiga ko‘maklashishga doir majburiyatlar, vasiylikdagi yoki homiylikdagi voyaga yetmagan shaxsga nisbatan esa, shuningdek ta’minot, tarbiya va ta’lim berishga doir majburiyatlar vasiylik va homiylik organlarining ularni tayinlash haqidagi xulosasiga muvofiq vasiylar yoki homiylar o‘rtasida taqsimlanadi. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning va bir vaqtning o‘zida barcha vasiylarning yoki homiylarning manfaatlari o‘rtasida, shuningdek vasiylar yoki homiylar o‘z majburiyatlarini bajarayotganda vasiylar yoki homiylar o‘rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilgunga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi. 76. Zarurat bo‘lganda, vasiylikka yoki homiylikka olinuvchilarning qonuniy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, tuman, shahar hokimi qarori bilan bir shaxs bir nechta vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin. Shaxsni ikkinchi va undan keyingi vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarga vasiy yoki homiy etib tayinlash to‘g‘risidagi tuman, shahar hokimi qarorida boshqa shaxs vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkin emasligining sabablari ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. Aynan bir vasiy yoki homiy o‘z majburiyatlarini bajarayotganda uning vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxslarning manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshiliklar yuzaga kelgan taqdirda, vasiylik va homiylik organi yuzaga kelgan qarama-qarshiliklar hal etilgunga qadar vasiyning yoki homiyning majburiyatlarini bajaradi. 77. Tuman, shahar hokimi qarori bilan ota-onaning uzrli sabablarga ko‘ra o‘zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun o‘zining voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash to‘g‘risidagi arizasi asosida vasiy yoki homiy tayinlanishi mumkin, ushbu arizada aniq shaxs hamda vasiy yoki homiy vakolatlarining amal qilish muddati ko‘rsatiladi. Voyaga yetmagan bolalarning ota-onasi o‘z sog‘lig‘i holatiga ko‘ra bolalariga vasiyni yoki homiyni, agar uning roziligi bo‘lsa, belgilashi mumkin. Ota-onaning o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga beriladi. Ota-onaning o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasi ushbu ariza yozilgan sana ko‘rsatilgan holda ularning o‘z qo‘li bilan imzolangan va notarial tartibda tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Ota-ona o‘z voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash haqidagi arizasini bolalarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga yangi ariza berish yo‘li bilan bekor qilishga yoki o‘zgartirishga haqli. O‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmaganga homiy voyaga yetmaganning aniq shaxs ko‘rsatilgan arizasiga ko‘ra tuman, shahar hokimi qarori bilan tayinlanishi mumkin. Tuman, shahar hokimi voyaga yetmaganning otasi (onasi) yoki ota-onasi yoxud o‘n to‘rt yoshga to‘lgan voyaga yetmaganning o‘zi ko‘rsatgan shaxsni vasiy yoki homiy etib tayinlashni rad etish to‘g‘risidagi qarorni faqat bunday tayinlash qonun hujjatlariga yoxud voyaga yetmaganning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lgan taqdirda qabul qiladi. Download 53.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling