Vasiylik va Homiylik


Vasiylik yoki homiylikni belgilash, vasiyni va homiyni tayinlash


Download 53.99 Kb.
bet16/25
Sana10.07.2023
Hajmi53.99 Kb.
#1659494
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25
Bog'liq
Vasiylik va Homiylik

3. Vasiylik yoki homiylikni belgilash, vasiyni va homiyni tayinlash
1-§. Umumiy qoidalar
59. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlangan hollarda, vasiylik va homiylik organi bunday ma’lumotlar olingan kundan e’tiboran uch kun mobaynida ularning turmush va ta’minot sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi.
60. Tekshiruv o‘tkazilgandan so‘ng vasiylik va homiylik organi yetti kun mobaynida quyidagilarni amalga oshiradi:
yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan o‘tkazadi va bu haqda dalolatnoma tuzadi;
ilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga vasiy yoki xomiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarning tavsifnomalarini, ularning yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan so‘rab oladi;
vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi to‘g‘risida xulosa tayyorlaydi.
61. Vasiylik va homiylikka oid ishlarni ko‘rib chiqishda vasiylik va homiylik organlari vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarni, vasiylar va homiylarni, ariza beruvchilarni, manfaatdor va ishga aloqador shaxslar (qarindoshlar, nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya a’zolari, ekspertlar, guvohlar hamda ayrim hollarda — vasiylikka yoki homiylikka muhtoj shaxslar)ni taklif qilishi mumkin.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-iyundagi 385-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 25-son, 539-modda)
62. Vasiylik va homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxs yashayotgan joyda, agar shaxsning muayyan yashash joyi bo‘lmasa, vasiy yoki homiy yashayotgan joyda belgilanadi.
63. Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
64. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga vasiy yoki homiy tayinlash uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiy bo‘lish istagini bildirgan shaxslarni vasiy yoki homiy tayinlash mumkinligi to‘g‘risida xulosa berilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida tuman, shahar hokimligiga mazkur Nizomning 78 — 82-bandlarida nazarda tutilgan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
65. Tuman, shahar hokimi hujjatlarni olgan kundan boshlab uch kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiyaga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
66. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya vasiylik va homiylikni belgilash yuzasidan taqdim qilingan hujjatlarni besh kun mobaynida ko‘rib chiqadi va tegishli xulosa tayyorlaydi.
67. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik bo‘yicha komissiya xulosasi asosida besh kun mobaynida vasiylik yoki homiylik bo‘yicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman, shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi.
Hokimning vasiy yoki homiyni tayinlash bo‘yicha qarori bir kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiylarga yuboriladi.
68. Vasiy yoki homiy tayinlashda uning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlari, majburiyatlarni bajarish qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs o‘rtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga munosabati, shuningdek 10 yoshga to‘lgan homiylikka olinuvchining istagi inobatga olinishi lozim.
69. Vasiy yoki homiy etib voyaga yetgan fuqarolar ularning roziligi bilangina, mazkur Nizomning 68-bandida nazarda tutilgan holatlar hisobga olingan holda, tayinlanishi mumkin.
70. Tarbiyalash va davolash muassasalari, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va boshqa shunga o‘xshash muassasalarda ta’lim-tarbiya olayotgan va ta’minotida bo‘lgan davrda vasiylik va homiylik belgilanishiga muhtoj shaxslarga vasiylik yoki homiylik belgilanmaydi, vasiylar va homiylar majburiyatlarini bajarish ushbu muassasalarga yuklanadi.
71. Quyidagi shaxslar vasiy va homiy etib tayinlanishi mumkin emas;
ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;
sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganligi oqibatida bekor qilingan bo‘lsa;
o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoki o‘z huquqlarini suiiste’mol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar.
72. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning joylashgan joyi bo‘yicha belgilanadi.
Vasiylar va homiylar vasiylik yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish, ularga tegishli mol-mulkni boshqalarga o‘tkazish, vasiylik va homiylikdagi shaxslarga tegishli pul va boshqa qimmatli buyumlarni saqlash, mol-mulkni boshqarish va saqlash bo‘yicha hisobotni belgilangan tartibda taqdim etadilar.

Download 53.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling