Vasiylik va Homiylik
Vasiylik yoki homiylikni belgilash, vasiyni va homiyni tayinlash
Download 53.99 Kb.
|
Vasiylik va Homiylik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi.
Vasiylik yoki homiylikni belgilash, vasiyni va homiyni tayinlash
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar aniqlangan hollarda, vasiylik va homiylik organi bunday maʼlumotlar olingan kundan eʼtiboran uch kun mobaynida ularning turmush va taʼminot sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi. Tekshiruv oʻtkazilgandan soʻng vasiylik va homiylik organi yetti kun mobaynida quyidagilarni amalga oshiradi: yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi; vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi va bu haqda dalolatnoma tuzadi; Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki xomiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning tavsifnomalarini, ularning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan soʻrab oladi; vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi. Vasiylik va homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxs yashayotgan joyda, agar shaxsning muayyan yashash joyi boʻlmasa, vasiy yoki homiy yashayotgan joyda belgilanadi. Vasiylik va homiylik tuman, shahar hokimining qarori bilan belgilanadi. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki homiy tayinlash uchun vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarni vasiy yoki homiy tayinlash mumkinligi toʻgʻrisida xulosa berilgan kundan boshlab yetti kun mobaynida tuman, shahar hokimligiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Tuman, shahar hokimi hujjatlarni olgan kundan boshlab, uch kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiyaga koʻrib chiqish uchun kiritadi. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya vasiylik va homiylikni belgilash yuzasidan taqdim qilingan hujjatlarni besh kun mobaynida koʻrib chiqadi va tegishli xulosa tayyorlaydi. Tuman, shahar hokimligi huzuridagi vasiylik va homiylik boʻyicha komissiya xulosasi asosida besh kun mobaynida vasiylik yoki homiylik boʻyicha majburiyatlarni bajarish uchun tuman, shahar hokimining qarori bilan vasiy yoki homiy tayinlanadi. Hokimning vasiy yoki homiyni tayinlash boʻyicha qarori bir kun mobaynida vasiylik va homiylik organlari tomonidan vasiy yoki homiylarga yuboriladi. Vasiy yoki homiy tayinlashda uning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlari, majburiyatlarni bajarish qobiliyati, vasiy, homiy va vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs oʻrtasidagi munosabatlar, vasiy yoki homiy oilasining vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga munosabati, shuningdek 10 yoshga toʻlgan homiylikka olinuvchining istagi inobatga olinishi lozim. Quyidagi shaxslar vasiy va homiy etib tayinlanishi mumkin emas: ota-onalik huquqidan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar; sobiq farzandlikka oluvchilar, agar farzandlikka olish ularning oʻz zimmasiga yuklangan majburiyatlarini bajarishdan boʻyin tovlaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqlarini suiisteʼmol qilganligi, farzandlikka olinganlar bilan shafqatsiz munosabatda boʻlganligi, surunkali alkogolizm yoki giyohvandlikka mubtalo boʻlganligi oqibatida bekor qilingan boʻlsa; oʻz zimmalariga yuklangan majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi yoki oʻz huquqlarini suiisteʼmol qilganligi uchun vasiy yoki homiy majburiyatlarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar; qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari hukm qilinganlar. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning mol-mulkini boshqarish mol-mulkning joylashgan joyi boʻyicha belgilanadi. Download 53.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling