Vasiylik va Homiylik
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni hisobga olish
Download 53.99 Kb.
|
7 янги
2. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarni hisobga olish
56. Maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim muassasalari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, davolash muassasalari, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari, huquqni muhofaza qilish organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish bo‘yicha Respublika reabilitatsiya markazi va boshqa muassasalar, shuningdek fuqarolar vasiylik va homiylik organlariga quyidagi vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar aniqlanganda: ota-onasi vafot etgan yoki sud tomonidan vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar to‘g‘risida; ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bolalar to‘g‘risida; ota-onasi ota-onalik huquqlari cheklangan bolalar to‘g‘risida; ota-onasining tarbiyasida bo‘lishi bolalar manfaatlariga zid bo‘lganda, shuningdek ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun bevosita tahdid mavjud bo‘lgan bolalar to‘g‘risida; ota-onasi 6 oydan ortiq muddatda yo‘q bo‘lgan bolalar to‘g‘risida, agar bola qarindoshlarining yoki boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazoratida qoldirilgan bo‘lsa; ota-onasi 6 oydan kam muddatda vaqtincha bo‘lmagan bolalar to‘g‘risida, agar bu bolalarning manfaatlari uchun zarur bo‘lsa; ota-onasining kasalligi sababli ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar to‘g‘risida; ota-onasi ularni tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan va boshqa shunga o‘xshash muassasalardan olishdan bosh tortgan bolalar to‘g‘risida; odam savdosidan jabrlangan bolalar to‘g‘risida; ota-onasi noma’lum bo‘lgan yoxud ular sud tomonidan bedarak yo‘qolgan deb e’tirof etilgan bolalar to‘g‘risida; boshqa sabablarga ko‘ra ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar to‘g‘risida; sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar to‘g‘risida; sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra homiy tayinlanishiga muhtoj bo‘lgan voyaga yetgan muomalaga layoqatli shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar berishi shart. 57. Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar vasiylik va homiylik organlariga mazkur shaxslar aniqlangan kundan e’tiboran yetti kun mobaynida yozma shaklda yuboradi. 58. Vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi haqida vasiylik va homiylik organlariga ma’lum bo‘lgan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay vasiy yoki homiy tayinlanishi kerak.
Download 53.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling