Vasiylik va Homiylik


Vasiylik va homiylik organlarining bolalarni farzandlikka olish va oilaga tarbiyaga berish(patronat) bilan bogʻliq masalalardagi vakolatlari


Download 53.99 Kb.
bet6/37
Sana05.01.2022
Hajmi53.99 Kb.
#219992
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
7 янги

Vasiylik va homiylik organlarining bolalarni farzandlikka olish va oilaga tarbiyaga berish(patronat) bilan bogʻliq masalalardagi vakolatlari

Vasiylik va homiylik organlari bolalarni farzandlikka olish va oilaga tarbiyaga berish (patronat) bilan bogʻliq masalalardagi vakolatlari doirasida:

bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning, farzandlikka olgan va farzandlikka olinganlarning hisobini yuritadi, farzandlikka olish sirining saqlanishini taʼminlaydi;

tuman, shahar sudiga voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka olish asosli ekanligi va farzandlikka olinayotgan bolaning manfaatlariga muvofiqligi toʻgʻrisida xulosa taqdim etadi va sud jarayonida ishtirok etadi;

farzandlikka olishni bekor qilish uchun sudga belgilangan tartibda hujjatlar tayyorlaydi;

bolalarni oilaga tarbiyaga (patronat)ga olishni istagan shaxslarning hisobini yuritadi;

bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) toʻgʻrisida bitim tuzadi va uni bekor qiladi.

Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga koʻra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga toʻgʻri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ishlar alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek prokuror ishtirokida sud tomonidan koʻrib chiqiladi.

10 yoshga toʻlgan bolani farzandlikka olish uchun uning roziligi talab qilinadi.

Farzandlikka olishda bolaning roziligi vasiylik va homiylik organi yoki sud tomonidan farzandlikka olish toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilayotganda aniqlanadi.

Agar bola vasiylik yoki homiylikda boʻlsa va uni farzandlikka olish uchun ota-ona roziligi talab qilinmasa, farzandlikka olish vasiy yoki homiyning roziligi bilan amalga oshiriladi.

Vasiylik va homiylik organi Oila kodeksining 169-moddasida belgilangan hollarda farzandlikka olishni bekor qilish toʻgʻrisida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilishi mumkin.


Download 53.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling