Vasiylik yoki homiylikni belgilash, vasiyni va homiyni tayinlash
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslar aniqlangan hollarda, vasiylik va homiylik organi bunday maʼlumotlar olingan kundan eʼtiboran uch kun mobaynida ularning turmush va taʼminot sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi hamda bu haqda dalolatnoma tuzadi.
Tekshiruv oʻtkazilgandan soʻng vasiylik va homiylik organi yetti kun mobaynida quyidagilarni amalga oshiradi:
yetim bolalar va ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilash zarurligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi;
vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning turmush sharoitlarini tekshiruvdan oʻtkazadi va bu haqda dalolatnoma tuzadi;
Vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxslarga vasiy yoki xomiy boʻlish istagini bildirgan shaxslarning tavsifnomalarini, ularning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlaridan soʻrab oladi;
vasiy yoki homiy boʻlish istagini bildirgan shaxsning vasiy yoki homiy etib tayinlanishi mumkinligi toʻgʻrisida xulosa tayyorlaydi.
Vasiylik va homiylik vasiylik yoki homiylik belgilanishiga muhtoj boʻlgan shaxs yashayotgan joyda, agar shaxsning muayyan yashash joyi boʻlmasa, vasiy yoki homiy yashayotgan joyda belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |