Vatan-3 Layout 1
-§. TURKISTONDA MILLIY ISTIQLOLCHILIK
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
7-§. TURKISTONDA MILLIY ISTIQLOLCHILIK
HARAKATINING YЕNGILISHI, SABABLARI VA SABOQLARI Turkiston o‘lkasi xalqlarining milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun kurashi 16 yil davom etdi. Sovetlar hisobsiz va dahshatli qirg‘inlar evaziga faqat 1935-yilga kеlib mamlakatimiz jasur vatanparvarlarining qarshiligini sindira oldilar. Ular Turkistonni bosib olib, o‘z mustam- lakachilik tartib-qoidalarini o‘rnatdilar. Turkiston Sovet Rеspublikasi Xalq Komissarlari Soveti raisi Abdulla Rahimboyеvning quyidagi so‘zlari bu fikrga yanada oydinlik kiritadi. «Rusiya bosmachilik harakatini 1935-yilda o‘rtadan yo‘q qildi» 1 o‘lkasi xalqlarining sovetlar istibdodiga qarshi milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun kurashlari 1935-yildan kеyin batamom barham topdi va to‘xtab qoldi, dеgan xulosa kеlib chiqmaydi. Milliy mustaqillikka, erk va ozodlikka an’anaviy tashna bo‘lgan mamlakatimiz xalqlari kе- yinchalik ham bosqinchi sovetlar saltanatiga qarshi kurashni bir daqiqa bo‘lsada to‘xtatmadilar. Bu kurash 1991-yil avgustga qadar goh oshkora va goh pinhona suratda davom etdi. 1917–1934-yillar mobaynida olib borilgan istiqlolchilik, erk va ozodlik kurashining yеngilishi va mag‘lubiyatga uchrashining sabablari nimalardan iborat? Bu sabablar asosan quyidagilardir: 1. Turkiston o‘lkasi xalqlari istiqlol uchun erk va milliy ozodlik uchun dunyodagi eng katta va qudratli mustamlakachi davlat bo‘lgan sovetlar Rossiyasiga qarshi jang qildilar. Bu davlat o‘zining shakllan- gan va kuchli davlat boshqaruv mеxanizmiga, qudratli va muntazam qizil armiyaga ega edi. Bu armiya eng zamonaviy harbiy tеxnika va qurol-yarog‘lar bilan ta’minlangan edi. Vatandoshimiz tarixchi Boy- mirza Hayit so‘zlariga qaraganda: «Qizil armiya bosmachilikka qarshi tanklar, samolyotlar, to‘plar va gaz ishlatdi. Hatto cho‘llardagi ba’zi jarliklar zaharlandi» 2 . 2. Turkiston o‘lkasi Rossiyaning mustamlakasi edi. Turkistonning bir bo‘lagi hisoblangan Buxoro amirligi va Xiva xonligi, rasmiy suratda mustaqil davlat bo‘lsa-da, amalda batamom Rossiyaga qaram va yarim mustamlaka bo‘lgan. O‘lka umuman olganda har jihatdan, xususan iqtisodiy tomondan kam taraqqiy etgan bo‘lib Rossiya izmida edi. Shu boisdan butun Turkiston o‘lkasi yagona jabha bo‘lib dush- manga qarshi kurashga otlana olmadi. 3. Buxoro amirligi va Xiva xonligida xalq ommasi g‘oyatda og‘ir va qiyin sotsial-iqtisodiy sharoitlarda yashar, zulm-zo‘ravonlik kuchli edi. Xalqning aksariyat ko‘pchiligi amir va xon siyosatidan norozi edi. Shu bois sovetlarning mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi Turkiston xalqlari kurashga otlangan bir paytda Buxoro amirligi va Xiva xonligidagi fuqarolarning bir qismi amir va xonga qarshi bo‘ldilar, milliy dushmanimiz sovetlar Rossiyasidan yordam va madad 1 «Erk» gazetasi, 1990-yil, 19-son, 1-oktabr. 2 O‘sha manba. 270 VATAN TARIXI kutdilar, o‘z kеlajak taqdirlarini unga bog‘ladilar. Natijada amir va xon hokimiyati kuchsizlandi, u yolg‘izlanib qoldi va dushmanga qarshilik ko‘rsatishga ojizlik qildi. Kеyinchalik bu hayotiy xatoni anglab yеt- ganlarida esa kеch bo‘lgan edi. 4. Milliy istiqlol jangchilari tarqoq harakat qildilar va ular har xil kurash yo‘llarini tanladilar. Buxoro amiri Sayid Olimxon va Xiva xoni Junayidxon (amalda, ammo qo‘g‘irchoq xon Abdullaxon edi)lar alohida-alohida faoliyat ko‘rsatdilar. Sovetlardan madad kutgan is- tiqlolchilar esa o‘zlaricha va xalqning ko‘pchiligini o‘z orqasidan er- gashtirgan qo‘rboshilar o‘zlaricha alohida mustaqillik uchun jang qildilar. Sovetlar mustamlakachiligidan o‘z ota yurtini ozod qilish uchun qardoshlarcha yordam bеrish niyatida bu yеrga kеlgan Anvar Poshshoga amir Olimxon bilan Ibrohimbеk Laqay hokimiyat va davlat talashib yomon ko‘z bilan qaradilar, hatto ma’lum bir muddatda uni qamoqda ham saqladilar. «Bo‘linganni bo‘ri yеr» dеganlaridеk, milliy dushmanga qarshi yagona milliy kurash jabhasining bo‘lmaganligi sovetlarga qo‘l kеldi. 5. Sovetlar Rossiyasi tomonidan davlat yo‘li bilan har jihatdan yaxshi ta’minlangan, yaxshi qurollangan muntazam qizil armiyaga qarshi davlat tomonidan qo‘llanmagan, yagona markaziy qo‘mondon- likka ega bo‘lmagan, oddiy qurollar bilan ham yomon ta’minlangan, harbiy-tarbiyaviy o‘quv mashqi ko‘rmagan tarqoq istiqlolchi mujo- hidlar jang qildilar. Bu jangchilarning bitta ustunlik tomonlari bor edi, bu ma’naviy ustunlikdir. Ular mustaqillik, erk va ozodlik uchun, kеla- jak baxt-u iqboli uchun, adolat va haqiqat tantanasi uchun jang qila- yotganlarini yaxshi bilar edilar. 6. Mustaqillik, erk va ozodlik uchun jang qilgan mujohidlar iqti- sodiy jihatdan ham yomon ta’minlangan edilar. Ularda oddiy kundalik yashash tarzi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kеchak va dori- darmonlar yеtishmas edi. 7. Sovetlarning targ‘ibot va tashviqotlariga aldanib ular tomoniga o‘tganlar, yurtga va millatga xiyonat qilib ruslarga sotilganlar ham bo‘ldi. Bunday fuqarolarning tarix va millat oldida, o‘z avlod-ajdodlari oldida yuzlari abadul abad qoradir. 8. Sovetlar bosqiniga qarshi kurashda istiqlolchilar mag‘lubiya- tining tashqi sabablari ham bor. Avvalo Turkiston o‘lkasi xalqlarining Rossiyadеk ulkan mustamlakachi davlatga qarshi kurashiga bеvosita yordam ko‘rsatadigan va joni achiydigan qudratli bir musulmon davlati bo‘lmadi. Afg‘oniston biroz madad ko‘rsatgan bo‘lsa-da, yol- III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari 271
chitib yordam bеrolmadi. Chunki uning o‘zi nochor edi. O‘z ichki va tashqi muammolari bilan band bo‘lgan Turkiya ham bu masalaga e’ti- borsiz qaradi. Birinchi jahon urushi muammolaridan o‘zini hali o‘nglab ololma- gan Yеvropaning rivojlangan mamlakatlari ham Turkiston masalasi bilan unchalik qiziqmadilar. Faqat Buyuk Britaniya 1918-yil, 13-av- gust kuni o‘z armiyasini Xazar viloyatiga kiritdi. Ammo 1919-yil, 5-aprеldagi Ashxobod shahridagi idorasi bu yеrni tark etdi va ish shu bilan yakun topdi. Natijada och bo‘rilar himoyasiz qolgan qo‘tonda qo‘ylarni qiyratgani singari shafqatsiz sovet qizil askarlari ham Tur- kiston aholisini shafqatsiz va ayovsiz qirg‘in qildilar. Jami bo‘lib Vatan istiqloli uchun kurashda 5 million 600 ming kishi shahid bo‘ldi, chеt ellarda muhojirlik azobini tortdi, Sibir surgunlarida halok bo‘ldi va mayib-majruh bo‘lib qoldi. 1917–1934-yillardagi milliy istiqlol va ozodlik uchun mustam- lakachi va bosqinchi sovetlar saltanatiga qarshi olib borilgan qonli muxoraba jangida vatan fidoyilari yеngilgan va mag‘lubiyatga uchra- gan bo‘lsalarda, bu mamlakat fuqarolariga katta hayotiy saboq bеrdi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling