Uchinchidan, Turkiston o‘lkasida faoliyat ko‘rsatgan siyosiy tash-
kilotlarda harakat birligi yo‘q edi. Ularning bosh maqsadi milliy is-
tiqlol, erk va ozodlik uchun kurash bo‘lsada, arzimagan va ikkinchi
darajadagi masalalardagi farqlar va kеlishmovchiliklar tufayli bir-bir-
lariga tosh otar edilar va bir-birlarining yuzlariga loy-balchiqlarni
chaplab badnom qilar edilar. Ular bosh maqsadga erishish yo‘lida
kurashning turli usullaridan foydalanish, taktik mahorat ishlatish,
kurashni davr va sharoit talablari asosida bosqichma-bosqich olib
borish malakalarini egallamagan edilar. Buning oqibatida o‘rtada
bo‘linish paydo bo‘lar va milliy istiqlol uchun kurash jabhasi kuch-
sizlanar edi. Bunday holatdan esa mustamlakachi sovetlar ustalik bilan
foydalandilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |