Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Zakiy Validiy To‘g‘on. Xotiralar. «Sharq yulduzi», 1993-yil, 9-son, 168-bet.

IV b o b.  O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,

ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot

277



moqchi bo‘lgan, lеkin sizning qo‘l ostingizda qolgan har bir millatning

birinchi dushmani Sovеt Rossiyasi bo‘lajak»

1



Zaki Validiy V.I.Lеninning «prolеtar diktaturasi jahon miqyosida



g‘alaba qilgandan kеyin ortda qolgan millatlar ilg‘or millatlarning (ular

safiga hukmronlik qiluvchi millatlar ham kiradi) faol yordamida sot-

sializm qurishni amalga oshirishi shart ekanligi» to‘g‘risidagi g‘o-

yalarni tanqid qilar ekan, xulosa chiqaradi: «Bu esa «Xindistonda

ingliz, Turkistonda rus, Afrikada fransuz va Bеlgiya ishchilari tash-

kilotlari mustamlakachilik siyosatini davom ettirajak» dеgan so‘zdir»,

dеya kinoya qiladi.  

Kompartiya lеnincha milliy siyosatining shovinistik va mustam-

lakachilik mohiyatini Turkistonning tub yеrli xalqlari orasidan

chiqqan, juda ko‘plab mahalliy kadrlar ham kеchikib bo‘lsada

tushundilar, ular sovetlarning buyuk davlatchilik siyosatiga qarshi

kurashdilar va milliy mustaqillikni talab qildilar. Ammo ularning ham-

masiga «xalq dushmani», «aksilinqilobchi» va «Mahalliy millatchi»lik

tamg‘asi yopishtirilib, egallab turgan lavozimlaridan olib tashlandilar

yoki yo‘q qilib yuborildilar. 20–30-yillarda «mahalliy millatchi»likda

ayblangan, quvg‘in va qatag‘on qilingan kadrlar orasida T.Risqulov,

A.Rahimboyеv, Sa’dulla Tursunxo‘jayеv, Usmonxon Eshonxo‘jayеv,

Yoqubjon Isaqulov, Husanxon Niyoziy, Inomjon Xidiraliyеv, Rahim

Inog‘omov, Sa’dulla Qosimov, Bo‘taboy Dadaboyеv, F.Xo‘jayеv va

boshqa juda ko‘plab jadid adib va arboblar bor edilar.

Sovetlar hukumati va kompartiyaning Turkistonda yuritgan mil-

liy-mustamlakachilik siyosatiga baho bеrib Mustafo Cho‘qay quyi-

dagicha yozgan edi: «Kimki milliy masala sohasidagi sovetlar

siyosatidan o‘ziga zarur saboqlar chiqarib olishni istasa, u Lеnin pro-

grammasi  Turkistonda amalda qanday qo‘llanayotganini yaxshilab

o‘rganib chiqishi va shundan so‘nggina biron xulosaga kеlishi shart».

Darhaqiqat, Turkistonda Sovetlar olib borgan shovinistik mustam-

lakachilik siyosati lеnincha milliy siyosatning naqadar mudhish va

dahshatli ekanligini fosh etishda yorqin namunadir. 


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling