Ikkinchidan, «xotin-qizlarni ozod qilish» bahonasida sanoat korxo-
nalari, kolxoz va sovxozlarda arzon garovda ishlaydigan qo‘shimcha
ishchi kuchlari sifatida ulardan foydalanish, amalda ularni sovet qulla-
riga aylantirish edi.
Ulug‘ adib Chingiz Aytmatov «Hujum» kompaniyasi haqida
so‘zlab bunday dеgan edi: «Afsuski, davlat tomonidan o‘tkazilgan
«Hujum» kampaniyasi o‘sha davrning og‘ir xatolaridan biri edi dеyish
kamlik qiladi. Bu insoniyatga qarshi qaratilgan jinoyat edi. Ustiga-
ustak, ilohiy olamning qurilmasiga qarshi yo‘naltirilgan jinoyat edi.
Xudoning barqarorligini inkor etgan murtadlar Xudoning vazifasini
o‘z zimmalariga oladilar va «yangi odam yaratamiz» dеb, dahshatli
o‘yin boshlaydilar».
1
1
Chingiz Aytmatov. Qoyada qolgan ko‘z yoshlar. – «Jahon adabiyoti» Adabiy-badiiy,
ijtimoiy-publitsistik jurnal, 1997-yil, 2-son, 111-bet.
IV b o b. O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy,
ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot
337
Do'stlaringiz bilan baham: |