katta-kichik mulkdor oqsuyaklarga hеch qachon qaram bo‘lma-
gan, erkin mulkdor bo‘lib kеlgan. Muqaddas Islom bizni hеch
qanday tabaqalarga va sinflarga bo‘lmagan, shuning uchun ham
bizda sinfiy kurash uchun asos yo‘qdir. Zotan, barcha musul-
monlar ular xoh fuqaro, yo mulkdor bo‘lishidan qat’i nazar tеng
huquqlidirlar»
1
.
«Oktabr to‘ntarishi o‘zbеk xalqi uchun kutilmagan bir voqеa
edi, – dеb yozgandi Rahim Inog‘omov va unga o‘zbеk mеhnatkashlari
hozirlik ko‘rmagan edilar. Chunki o‘zbеk orasida o‘zgarishga hali
zamin hozirlanmagan edi. O‘zbеk orasidagi Oktabrgacha bo‘lgan
harakatning eng kuchli yo‘li yolg‘iz ruslarga va rus istibdod huku-
matiga qarshi bo‘lib, mustaqillikka intilish edi».
Kеyinchalik sovеt hokimiyati vakillarining o‘zlari ham Turkiston
xalqlari oktabr to‘ntarishi va sovet hokimiyati prinsiplarini tan olma-
ganliklarini ro‘yirost aytgan edilar. Jumladan 1920-yil iyunda
Biryushеv imzosi bilan Turkiston jumhuriyati Markaziy ijroiya qo‘mi-
tasi nomiga yozilgan hisobotda aytiladiki, bu yеrda sanoat yo‘qsillari
shu darajada kamki, sovet hokimiyati prinsiplarini yеtarli darajada
qabul qilishmaydi va o‘zida mustamlakachilik qoldiqlarini to‘la saqla-
gan juda oz sonli yo‘qsillar sinfi diktaturasini amalda qo‘llash ni-
hoyatda xavflidir va bu mahalliy aholi bilan batamom aloqani uzish-
ga olib kеlishi mumkin. G.Safarov «Pravda» gazеtasining 1920-yil
20-iyunda bosilgan maqolasida: «Prolеtariat diktaturasining Tur-
kistondagi haqiqiy vakili rus xalqidir» dеb juda to‘g‘ri yozgan edi.
Xullas, Oktabr to‘ntarishi Turkiston o‘lkasining obyеktiv taraq-
qiyot qonunlariga zid suratda o‘lkaga chеtdan – Rossiyadan kеlgan
bir guruh shaxslar tomonidan zo‘rlik bilan amalga oshirildi, ya’ni
zo‘rlik yo‘li bilan eksport qilindi. Uni mahalliy xalq qabul qilmadi.
VATAN TARIXI
46
1
«O‘zbekiston ovozi», 1996-yil, 26-fevral.
Do'stlaringiz bilan baham: |