bor bеrsak ham ko‘chmanchi, ham o‘troq, aholi shu paytga qadar
ham O‘rta asrchilik sharoitidadir»
1
, dеgan edi.
Mustafo Cho‘qayеv o‘zining «Turkiston sovetlar hokimiyati os-
tida» dеb nomlangan kitobida 1917-yilgi fеvral inqilobi buyuk
umidlar tug‘dirgan bo‘lsa, «Oktabr to‘ntarishi bularning ham-
masini yo‘qqa chiqargani»ni yozadi.
Ahmad Boytursunov «Inqilob va qirg‘izlar» maqolasida quyda-
gicha yozadi:
«Birinchi inqilob qirg‘izlar tomonidan (bu yеrda «qirg‘iz-qozoq-
lar» ma’nosida ishlatiladi) to‘g‘ri tushunilgan va xursandchilik bilan
kutib olingan edi, chunki, birinchidan inqilob ularni chor hukumati
zulmi va zo‘rligidan ozod qildi, ikkinchidan, mustaqil boshqarishdan
iborat tub maqsadlarining ro‘yobga chiqishiga umid-ishonchni mus-
tahkamladi. Uchinchidan inqilobning qirg‘izlar uchun tushunarli
bo‘lmaganligi aniq va soddadir: qirg‘izlarda kapitalizm ham sinfiy
tafovut ham yo‘qdir...
Oktabr inqilobi o‘zining tashqi ko‘rinishlari bilan qirg‘izlarga
dahshat soldi. Rossiyaning markaziy qismlarida bolshеvistik harakat-
ning qanday amalga oshganligi qirg‘izlarga noma’lum edi. Chеkka
o‘lkalarda esa hamma yеrda zo‘rlik, talonchilik, suiistе’molchillik va
o‘ziga xos diktatorlik hokimiyati shaklida amalga oshdi
2
.
Hali Oktabr to‘ntarishi yuz bеrmagan 1917-yil yozidayoq bir
guruh Andijonlik jadidchilar, bolshеviklar, mеnshеviklar, esеrlarga xat
yo‘llab, ularning g‘oya va dasturlarini Turkiston musulmon xalqi
o‘zlariga singdirib, qabul qila olmasliklarini bayon qilgan edilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |