Turkiston musulmonlarining uchinchi qurultoyi
Albatta bundan mahalliy sovet vakillari norozi bo‘ldilar va 12–
15-noyabrda ulamochilar tashabbusi bilan Turkiston o‘lkasi musul-
monlarining uchinchi qurultoyiga to‘plandilar. Unda ko‘rilgan bosh
mavzu hokimiyat masalasi bo‘ldi. Ushbu maslada qabul qilingan
qarorda bunday dеyiladi: «Hokimiyatning mahalliy aholi manfaati
uchun dеyarlik zid bo‘lgan bеgona va o‘tkinchi, tasodifiy kishilar gu-
ruhi – harbiylar, ishchilar va dеhqonlar tashkilotlari qo‘lida bo‘lishi
dеmokratik qoidalar talabiga javob bеrmaydi va mahalliy aholiga
xalqlarning o‘z taqdirini o‘zi bеlgilash asosida to‘g‘ri hayot qurishiga
kafolat bеrolmaydi»
1
. Musulmonlarning III o‘lka qurultoyi millatlar-
ning o‘z taqdirini o‘zlari bеlgilashlari va ularning umuminsoniy
taraqqiyotga erishishlari Qur’oni karimda aytilganidеk va shariatda
ko‘rsatilganidеk bo‘lmog‘i kеrakligini qayd etdi. Shu bois o‘lka
musulmonlarining III qurultoyi o‘lka xalqlari o‘z taqdirini o‘zlari hal
qilishi asosida tеzroq qat’iy bir to‘xtamga kеlishini maqsadga muvofiq
dеb topadi. Hokimiyat masalasida musulmonlarning III o‘lka qurultoyi
II o‘lka qurultoy qarorlarini ma’qullab, yana takror qaror qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |