To‘rtinchidan, eng asosiysi Turkistonda tashkil etilgan sovetlar
hukumati sof mustamlakachi hukumat bo‘lib, a’zolarining hammasi
mahalliy musulmonlarga nisbatan butun vujudini millatchilik va
shovinistik og‘u qoplab bo‘lgan shaxslar edilar. Ular mahalliy xalqqa
nisbatan tobе, qul, ikkinchi toifa xalq sifatida past nazar bilan
qarar edilar. Buni Turkiston xalqlarining asl farzandi Turar Risqulov-
ning
2
quyidagi so‘zlaridan ochiq-oydin bilib olish mumkin: «Tur-
kistondagi oktabr to‘ntarishinig rahbarlaridan biri Tobolin Turkiston
VATAN TARIXI
82
1
«Туркeстанские вeдомoсти». 1917 г., 16 октября.
2
U To‘rg‘ay volostida tug‘ilgan. 1916-yilgi milliy ozodlik qo‘zg‘olonlarida faol
qatnashgan. 1917-yilda Avliyoota (hozirgi Jambul) Kompartiya uyezdini boshqargan,
1918-yilda uyezd sovetlarining raisi bo‘ldi. 1919–1920-yillarda Turkiston ASSR Sog‘liq-
ni saqlash Xalq komissari, Turkiston ijroiya qo‘mitasi raisi va bir vaqtning o‘zida Tur-
kiston o‘lka Kompartiyasi Musulmonlar byurosining raisi va Rossiya Kompartiyasi
markaziy ijroiya qo‘mitasi majlislaridan birida to‘g‘ridan to‘g‘ri
«Qirg‘izlar iqtisodiy qoloq bo‘lganlari uchun ham, ular bari bir qirilib
kеtishga mahkumdir. Shuning uchun inqilob butun kuchini ochlikka
qarshi kurashishga emas, yaxshisi frontni mustahkamlashga qaratishi
kеrak» dеgandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |