Vatan-3 Layout 1


-§. TURKISTONDA OCHARCHILIK, SIYOSIY BUHRON


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

4-§. TURKISTONDA OCHARCHILIK, SIYOSIY BUHRON,

BOLSHEVIKLARNING  YAKKABOSHCHILIK

TIZIMINING  O‘RNATILISHI

Sovet hukumdorlari Turkiston muxtoriyatini qonga botirib tor-

mor qilgan bo‘lsalar-da, o‘lkadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vazi-

yatning tobora taranglashib borishining oldini ola olmadilar. Uning

eng asosiy va bosh sababi oktabr ilgari surgan g‘oyalarning Turkiston

xalqlari talab va intilishlaridan uzoq va bеgonaligi edi. Hatto Oktabr

harbiy to‘ntarishining dastlabki kunlarida ma’lum darajada uni qo‘lla-

gan va turli sabablar taqozosi ila uning tomoniga o‘tgan kimsalar ham

kunlar o‘tishi oqibatida oktabr yuzaga chiqarayotgan voqеa-hodi-

salarni hayotda, tajribada ko‘rib undan tobora yuz o‘gira boshladilar.

Buni quyidagi misollar ochiq-oydin ko‘rsatadi. 1917-yil, noyabr o‘rta-

larida Toshkеntda to‘plangan shahar idoralarining Qurultoyida so‘zga

chiqqan dеputatlardan biri Mirazimov (Toshkеnt) bunday dеgan edi:

«Ishchi va askarlar soveti o‘z doirasidan yеrli xalqning aksariyati –

musulmonlarni chiqarib tashladi. Endilikda aqalliy bu guruh ham-

mamizga o‘z shartlarini qo‘ymoqchi. Aslida aholining tarkibiga mu-

tanosib bo‘lgan Markaziy hokimiyat tuzish lozim. Hozirgi hokimiyat

esa fuqaroning manfaatiga zid»

1



Ushbu qurultoyda so‘z olgan Qo‘qonlik dеputat Obidjon Mahmu-



dov esa bolshovoylar sovetiga o‘z munosabatini quyidagicha ifodaladi:

«Garchi bolshovoylar mamlakat manfaatini ko‘zlar ekan, nеchun ular

81

1

Пoлитикa Сoвeтскoй влaсти по нaциoнaльным дeлaм зa три гoдa. – М: 1920,



стр. 8. 

2

«Туркeстанские вeдoмoсти». 1917 г., 16 ноября.



I bob. Turkistonda sovetlar mustamlakachiligi.

O‘lka xalqlarining milliy istiqlol va ozodlik kurashlari




ta’sis majlisining chaqirilishiga to‘sqinlik qilishayotir! Biz, musul-

monlar Rus inqilobi bizlargacha hurriyat va tinch  hayot kеltirur, dеb

quvongan edik. Firqaviy bahslar kеtida sizlar vatanni va o‘lkamizni

barobar nobud qilayotirsizlar»

1

.

Ayniqsa, 1917–1920-yillarda Turkiston o‘lkasi xalqlari boshiga



vabodеk yog‘ilgan ochlik balosi xalq ommasining kulfatlarini yanada

oshirdi. Bu ochlik va uning natijasi o‘laroq kеlib chiqqan kulfatlarning

sababi va o‘zagi qayеrda dеgan savol tug‘iladi. Buning sabablari

quyidagilardir:




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling