21-oktabr “Til bayrami” ssenariysi Boshlovchi


Download 14.73 Kb.
Sana11.01.2023
Hajmi14.73 Kb.
#1089368
Bog'liq
21 oktabr - копия


21-oktabr “Til bayrami” ssenariysi
Boshlovchi: Ona tilim, o‘zingdirsan elini opichlab,
Shu kunlarga olib kelib, taratgan ziyo.
Ona tilim, o‘zingdirsan yillab asrab,
O‘zbek elin istiqlolga yo‘llagan ziyo.
Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Mustaqil yurtning barkamol yoshlari, aziz ustozlar, bugungi "Til bayrami"ga xush kelibsizlar! 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish haqida qonun qabul qilindi. Bu yil mana 32 yilligini keng miqyosda nishonlaymiz. Bayram munosabati bilan barchangizning o`qish va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz. Inson go`zalligi , ma'naviyati, buyuk me'rosi, hatto olam barqarorligining asosi ham bu-tildir. Shu sabab onadek aziz o`z ona tilimizni asrab-avaylash, e'zozlash barchamizning muqaddas burchimizdir. (Directorga so’z navbati beriladi)
Bugungi bayramga “Shirintoy” guruhi bolajonlari bayram she’rlari va o’yinlarini tayyorlab kelishgan. (Madhiya)
Boshlovchi: Endigi navbatni she’rlarga beramiz. (Dilafruz, A.Abdullox, Umarxon)
Dilafruz: O’tmishi bor tarixga boy
Navoiydan olgan chiroy
Orzu havas bunda talay
Ona tilim a’lo tilim
A.Abdullox: Ona tilim yurak qatimdan
Mehr bo’lib sochilgan jarang
Qulog’imga go’dak paytimdan
Alla bo’lib singigan ohang
Umarxon: Kelib ketdi necha dunyolar
Kuldi hayot yig’ladi o’lim
Sen deb qurbon bo’ldi bobolar
Ular ketdi sen qolding tilim
Boshlovchi: Barakalla bolajonlarim. Endigi navbatni o’gil bolalarimiz ishtirokidagi milliy rasqga beramiz. (Milliy raqs)
Boshlovchi: Navbatni yana she’rlarga beramiz. (Madina, Mehribonu, Muhammadaziz, Axyorxon)

Madina: Yana qayta tug’ilgansan
Baxt iqbolga yo’g’rilgansan
O’lkamizga nur bo’lgansan
Ona tilim a’lo tilim
Mehribonu: Belanchaging uzra Koshg’ariy
Kuylab o’tdi qadim navoni
Va navqiron yaproqlaringga
DIl qonini berdi Navoiy
Muhammadaziz: Ona tilim do’ppi kiygan so’z
Doim yangi yo’lcha atlasi
Bir satriga tashlasangiz ko’z
Tovlanadi ming ming qirrasi
Axyorxon: Ona tilim necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim
Boshlovchi: Aziz mehmonlar endi bolajonlarimiz ishtirokida “Ona tilim” qo’shig’ini tinglaymiz.
She’rlar (Islombek, Samariddin,Intizor)
Islombek: Ona tilim necha asrlar
Kurashida yenggan polvonim
Necha ajdod necha nasllar
Suyib o’tgan turkiy zabonim
Samariddin: Ona tilim yurak qatimdan
Mehr bo’lib sochilgan jarang
Qulog’imga go’dak paytimdan
Alla bo’lib singigan ohang


Intizor: Ona tilim omon bo’l mangu
Sen borsanki men ham o’lmayman
Tildan qolsam seni Oybekday
Men ko’zlarim bilan so’ylayman
Boshlovchi: Surxon qo’shiq yangraydi shu on
Raqsida hozir jajji qizlarjon!
(Intizor, DIlafruz, Madina, I.Iymona, Samina, Mehribonu, Ziyoda , Farangiz)
She’rlar: (I.Iymona, Mubina, Ziyoda, J.Abdullox)
Iymona: Sensiz na ilm bo‘lar,
Na fikr, bilim bo‘lar
Onajon, ona tilim,
Mening shohona tilim.
Mubina: Ona tilim sen borsan shaksiz
Bulbul kuyin she’rga solaman
Ziyoda: Sen yo’qolgan kuning shubhasiz
Men ham to’ti bo’lib qolaman
J.Abdulllox: O’zbegimning iftixori
Til millatning nomus ori
Boshlovchi: Dunyoda turli-tuman xalqlar yashaydi. Ma'lumotlarga qaraganda, dunyo bo`yicha 3mingdan ortiq til mavjud
Tilimizning buyukligi, serqirra va serjilo, sirli jozibasini Navoiy bobomiz singari barcha o`zbek shoirlari va adiblari o`z asarlarida isbot qilishga harakat qilib kelmoqdalar. O`zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini o`qimang, tilimizning uchqur oti sizni faqat ezgulikka chorlaydi
Tilning buyukligi ana shundaki, kishilarning ma'naviy dunyosini boyitish bilan birga inoqlikka, birdamlikka chorlaydi.
Navbat she’rlarga (Salmon, Umarjon, Sherzod, B.Iymona, Samina)

Salmon: Hozir juda go’zaldirsan
Hamma tildan o’zing zo’rsan
Zulmatdagi nurimdirsan
Ona tilim jonu dilim
Samina: Bobolardan meros qolgan
Butun olam e’zoz qilgan
Bu dunyoda yagonamsan
Ona tilim jonu dilim
Umarjon: Olib ketdi ona yurtidan
Turkiy tilim birgina seni
Sherzod: Samarqanddan Bobur ketarkan
Dilda bo’g’ib hasrat sasini
B.Iymona: Mir Alisher bobomizdan
Meros bo‘lib qolgan tilim.
Bobur Mirzo she’rlaridan
Rang va qiyos olgan tilim.
Boshlovchi: Hurmatli mehmonlar va aziz bolajonlar bugungi til bayramimizga Rossiyadan ham mehmonlarimiz tashrif buyurishgan. Ular ajoyib raqs ham tayyorlab kelishgan emish. Marhamat birgalikda tamosha qilamiz. (“Kalinka” raqsi)
Tadbir yakuni
Download 14.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling