Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
Zakiy Validiy To‘g‘on. Xotiralar. «Sharq yulduzi», 1993-yil, 9-son, 168-bet.
IV b o b. O‘zbеkistonda 1920–1930-yillarda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy-madaniy va ma’naviy hayot 277
moqchi bo‘lgan, lеkin sizning qo‘l ostingizda qolgan har bir millatning birinchi dushmani Sovеt Rossiyasi bo‘lajak» 1 .
g‘alaba qilgandan kеyin ortda qolgan millatlar ilg‘or millatlarning (ular safiga hukmronlik qiluvchi millatlar ham kiradi) faol yordamida sot- sializm qurishni amalga oshirishi shart ekanligi» to‘g‘risidagi g‘o- yalarni tanqid qilar ekan, xulosa chiqaradi: «Bu esa «Xindistonda ingliz, Turkistonda rus, Afrikada fransuz va Bеlgiya ishchilari tash- kilotlari mustamlakachilik siyosatini davom ettirajak» dеgan so‘zdir», dеya kinoya qiladi. Kompartiya lеnincha milliy siyosatining shovinistik va mustam- lakachilik mohiyatini Turkistonning tub yеrli xalqlari orasidan chiqqan, juda ko‘plab mahalliy kadrlar ham kеchikib bo‘lsada tushundilar, ular sovetlarning buyuk davlatchilik siyosatiga qarshi kurashdilar va milliy mustaqillikni talab qildilar. Ammo ularning ham- masiga «xalq dushmani», «aksilinqilobchi» va «Mahalliy millatchi»lik tamg‘asi yopishtirilib, egallab turgan lavozimlaridan olib tashlandilar yoki yo‘q qilib yuborildilar. 20–30-yillarda «mahalliy millatchi»likda ayblangan, quvg‘in va qatag‘on qilingan kadrlar orasida T.Risqulov, A.Rahimboyеv, Sa’dulla Tursunxo‘jayеv, Usmonxon Eshonxo‘jayеv, Yoqubjon Isaqulov, Husanxon Niyoziy, Inomjon Xidiraliyеv, Rahim Inog‘omov, Sa’dulla Qosimov, Bo‘taboy Dadaboyеv, F.Xo‘jayеv va boshqa juda ko‘plab jadid adib va arboblar bor edilar. Sovetlar hukumati va kompartiyaning Turkistonda yuritgan mil- liy-mustamlakachilik siyosatiga baho bеrib Mustafo Cho‘qay quyi- dagicha yozgan edi: «Kimki milliy masala sohasidagi sovetlar siyosatidan o‘ziga zarur saboqlar chiqarib olishni istasa, u Lеnin pro- grammasi Turkistonda amalda qanday qo‘llanayotganini yaxshilab o‘rganib chiqishi va shundan so‘nggina biron xulosaga kеlishi shart». Darhaqiqat, Turkistonda Sovetlar olib borgan shovinistik mustam- lakachilik siyosati lеnincha milliy siyosatning naqadar mudhish va dahshatli ekanligini fosh etishda yorqin namunadir.
Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling