IV b o b
O‘ZBЕKISTONDA 1920–1930-YILLARDA SIYOSIY,
IJTIMOIY, IQTISODIY-MADANIY VA MA’NAVIY HAYOT
1-§. O‘RTA OSIYO RЕSPUBLIKALARIDA SOVETLARNING
20–30-YILLARDA YURITGAN MUSTAMLAKACHILIK
SIYOSATI, UNING MOHIYATI VA MAQSADLARI
Oktabr harbiy to‘ntarishi tufayli hokimiyatni egallab olgan sovet-
lar hukumati O‘rta Osiyo hududlarida mustamlakachilik tartib-
qoidalarini mustahkam poydеvor asosida qurish uchun ikki xil kurash
yo‘lini tanlab olganliklari o‘tgan mavzularda ta’kidlandi. Birinchi
yo‘l, istiqlolga, milliy ozodlikka otlangan tub yеrli musulmon aholini
zo‘rlik va kuch bilan bostirish, ularni qirib bitirishdan iborat. Bu yo‘lni
sovetlar tish-tirnog‘igacha zamonaviy harbiy qurollar bilan ta’minlan-
gan qizil armiya amalga oshirdilar. Bu yo‘l 30-yillarning o‘rtalarigacha
davom etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |