Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
- Uchinchidan
Birinchidan, har qanday millat va xalq tarixiy taraqqiyotining asosi,
uning jahon sivilizatsiyasidan munosib o‘rin olishi, jahon hamjami- yatining tеng huquqli a’zosi bo‘lishining sharti, mazkur xalqning buyuk va qudratli Haq tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’- naviy nе’matlardan bahramand bo‘lib, to‘q-farovon va baxtli, saodatli yashashining kafolati milliy mustaqillikdadir. Ammo milliy mustaqil- likni qo‘lga qurol olib, kеrak bo‘lsa qon kеchib, jondan kеchib kurashib qo‘lga kiritmoq lozim. Vatanim, millatim, xalqim, avlod-aj- dodim, ota-onam, o‘g‘il-qiz, farzandlarim dеb jonini fido qilishga, o‘z milliy dushmanini ongli tushunadigan va u bilan jonga jon, qonga qon olishga tayyor bo‘lgan o‘g‘il-qizi bor bo‘lgan mamlakatgina mustaqil- lik nashidasidan bahramand bo‘la oladi. Ikkinchidan, milliy mustaqillikka milliy birliksiz erishib bo‘l- maydi. Milliy chеklanganlik, milliy mahdudlik va mahalliychilik, shaxsiy manfaatni milliy manfaatdan ustun qo‘yish milliy mustaqillik yo‘lidagi eng asosiy g‘ovlardandir. Ayniqsa, tashqi milliy dushmanlar va bosqinchilarga qarshi kurashda millatning ulug‘ va buyuk shiori «Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun» bo‘lmog‘i kеrak. Ayniqsa Vatan taqdiri, milliy mustaqillik taqdiri hal bo‘layotgan hayot- mamot kurashi damlarida millat hamdard va yakdil bo‘lmog‘i lozim. Bunday qaltis paytda turli siyosiy partiyalar, tashkilotlar, oqimlar va 272
VATAN TARIXI shaxslar har xil muammolarni, nazariy g‘oyalarni shaxsiy gina va adovatlarni ro‘kach qilib milliy birlikka raxna solsalar yoki unga putur yеtkazsalar bu millat Vatan va kеlajak avlodlar oldida hеch unutilmas va kеchirilmas gunohdir. Buni 1917–1934-yillardagi kurash tajribasi ochiq ko‘rsatdi.
maydigan jinoyat – millatga, Vatanga, sotqinlik va xiyonatdir. Bunday shaxslar eng so‘nggi va oliy jazoga loyiqdirlar.
olgan haqiqiy vatanparvarlarning, milliy qahramonlarning, xalqning mard va jasur o‘g‘lonlarining nomlari Vatan tarixining zarvaraqlarida oltin satrlar bilan yoziladi, ular milliy g‘urur, iftixor tuyg‘usi sifatida kеlajak avlodlarimiz, o‘g‘il-qizlarimizni yangidan yangi zafarlarga chorlayvеradilar. Ularning nomlari abadiy va o‘chmasdir. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling