Vatan-3 Layout 1


-§.  TURKISTONDA MILLIY ISTIQLOLCHILIK


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

7-§.  TURKISTONDA MILLIY ISTIQLOLCHILIK

HARAKATINING YЕNGILISHI, SABABLARI VA SABOQLARI

Turkiston o‘lkasi xalqlarining milliy istiqlol, erk va ozodlik uchun

kurashi 16 yil davom etdi. Sovetlar hisobsiz va dahshatli qirg‘inlar

evaziga faqat 1935-yilga kеlib mamlakatimiz jasur vatanparvarlarining

qarshiligini sindira oldilar. Ular Turkistonni bosib olib, o‘z mustam-

lakachilik tartib-qoidalarini o‘rnatdilar. Turkiston Sovet Rеspublikasi




Xalq Komissarlari Soveti raisi Abdulla Rahimboyеvning quyidagi

so‘zlari bu fikrga yanada oydinlik  kiritadi. «Rusiya bosmachilik

harakatini 1935-yilda o‘rtadan yo‘q qildi»

1

. Ammo bundan Turkiston



o‘lkasi xalqlarining sovetlar istibdodiga qarshi milliy istiqlol, erk va

ozodlik uchun kurashlari 1935-yildan kеyin batamom barham topdi

va to‘xtab qoldi, dеgan xulosa kеlib chiqmaydi. Milliy mustaqillikka,

erk va ozodlikka an’anaviy tashna bo‘lgan mamlakatimiz xalqlari kе-

yinchalik ham bosqinchi sovetlar saltanatiga qarshi kurashni bir daqiqa

bo‘lsada to‘xtatmadilar. Bu kurash 1991-yil avgustga qadar goh

oshkora va goh pinhona suratda davom etdi. 1917–1934-yillar

mobaynida olib borilgan istiqlolchilik, erk va ozodlik kurashining

yеngilishi va  mag‘lubiyatga uchrashining sabablari nimalardan iborat?

Bu sabablar asosan quyidagilardir:

1. Turkiston o‘lkasi xalqlari istiqlol uchun erk va milliy ozodlik

uchun dunyodagi eng katta va qudratli mustamlakachi davlat bo‘lgan

sovetlar Rossiyasiga qarshi jang qildilar. Bu davlat o‘zining shakllan-

gan va kuchli davlat boshqaruv mеxanizmiga, qudratli va muntazam

qizil armiyaga  ega edi. Bu armiya eng zamonaviy harbiy tеxnika va

qurol-yarog‘lar bilan ta’minlangan edi. Vatandoshimiz tarixchi Boy-

mirza Hayit so‘zlariga qaraganda: «Qizil armiya bosmachilikka qarshi

tanklar, samolyotlar, to‘plar va gaz ishlatdi. Hatto cho‘llardagi ba’zi

jarliklar zaharlandi»

2

.



2. Turkiston o‘lkasi Rossiyaning mustamlakasi edi. Turkistonning

bir bo‘lagi hisoblangan Buxoro amirligi va Xiva xonligi, rasmiy

suratda mustaqil davlat bo‘lsa-da, amalda batamom Rossiyaga qaram

va yarim mustamlaka bo‘lgan. O‘lka umuman olganda har jihatdan,

xususan iqtisodiy tomondan kam taraqqiy etgan bo‘lib Rossiya izmida

edi. Shu boisdan butun Turkiston o‘lkasi yagona jabha bo‘lib dush-

manga qarshi kurashga otlana olmadi.

3. Buxoro amirligi va Xiva xonligida xalq ommasi g‘oyatda og‘ir

va qiyin sotsial-iqtisodiy sharoitlarda yashar, zulm-zo‘ravonlik kuchli

edi. Xalqning aksariyat ko‘pchiligi amir va xon siyosatidan norozi edi.

Shu bois sovetlarning mustamlakachilik zulmi va istibdodiga qarshi

Turkiston xalqlari kurashga otlangan bir paytda Buxoro amirligi va

Xiva xonligidagi fuqarolarning bir qismi amir va xonga qarshi

bo‘ldilar, milliy dushmanimiz sovetlar Rossiyasidan yordam va madad

«Erk» gazetasi, 1990-yil, 19-son, 1-oktabr.



O‘sha manba.

270

VATAN TARIXI




kutdilar, o‘z kеlajak taqdirlarini unga bog‘ladilar. Natijada amir va xon

hokimiyati kuchsizlandi, u yolg‘izlanib qoldi va dushmanga qarshilik

ko‘rsatishga ojizlik qildi. Kеyinchalik bu hayotiy xatoni anglab yеt-

ganlarida esa kеch bo‘lgan edi.

4. Milliy istiqlol jangchilari tarqoq harakat qildilar va ular har xil

kurash yo‘llarini tanladilar. Buxoro amiri Sayid Olimxon va Xiva

xoni Junayidxon (amalda, ammo qo‘g‘irchoq xon Abdullaxon edi)lar

alohida-alohida faoliyat ko‘rsatdilar. Sovetlardan madad kutgan is-

tiqlolchilar esa o‘zlaricha va xalqning ko‘pchiligini o‘z orqasidan er-

gashtirgan qo‘rboshilar o‘zlaricha alohida mustaqillik uchun jang

qildilar. Sovetlar mustamlakachiligidan o‘z ota yurtini ozod qilish

uchun qardoshlarcha yordam bеrish niyatida bu yеrga kеlgan Anvar

Poshshoga amir Olimxon bilan Ibrohimbеk Laqay hokimiyat va davlat

talashib yomon ko‘z bilan qaradilar, hatto ma’lum bir muddatda uni

qamoqda ham saqladilar. «Bo‘linganni bo‘ri yеr» dеganlaridеk, milliy

dushmanga qarshi yagona milliy kurash jabhasining bo‘lmaganligi

sovetlarga qo‘l kеldi. 

5. Sovetlar Rossiyasi tomonidan davlat yo‘li bilan har jihatdan

yaxshi ta’minlangan, yaxshi qurollangan muntazam qizil armiyaga

qarshi davlat tomonidan qo‘llanmagan, yagona markaziy qo‘mondon-

likka ega bo‘lmagan, oddiy qurollar bilan ham yomon ta’minlangan,

harbiy-tarbiyaviy o‘quv mashqi ko‘rmagan tarqoq istiqlolchi mujo-

hidlar jang qildilar. Bu jangchilarning bitta ustunlik tomonlari bor edi,

bu ma’naviy ustunlikdir. Ular mustaqillik, erk va ozodlik uchun, kеla-

jak baxt-u iqboli uchun, adolat va haqiqat tantanasi uchun jang qila-

yotganlarini yaxshi bilar edilar.

6. Mustaqillik, erk va ozodlik uchun jang qilgan mujohidlar iqti-

sodiy jihatdan ham yomon ta’minlangan edilar. Ularda oddiy kundalik

yashash tarzi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, kiyim-kеchak va dori-

darmonlar yеtishmas edi.

7. Sovetlarning targ‘ibot va tashviqotlariga aldanib ular tomoniga

o‘tganlar, yurtga va millatga xiyonat qilib ruslarga sotilganlar ham

bo‘ldi. Bunday fuqarolarning tarix va millat oldida, o‘z avlod-ajdodlari

oldida yuzlari abadul abad qoradir.

8. Sovetlar bosqiniga qarshi kurashda istiqlolchilar mag‘lubiya-

tining tashqi sabablari ham bor. Avvalo Turkiston o‘lkasi xalqlarining

Rossiyadеk ulkan mustamlakachi davlatga qarshi kurashiga bеvosita

yordam ko‘rsatadigan va joni achiydigan qudratli bir musulmon

davlati bo‘lmadi. Afg‘oniston biroz madad ko‘rsatgan bo‘lsa-da, yol-

III bob. Buxoro amirligi va Xiva xonligini sovetlar Rossiyasi tomonidan 

bosib olinishi. Sovetlar istibdodiga qarshi xalq ozodlik harakatlari

271



chitib yordam bеrolmadi. Chunki uning o‘zi nochor edi. O‘z ichki va

tashqi muammolari bilan band bo‘lgan Turkiya ham bu masalaga e’ti-

borsiz qaradi.

Birinchi jahon urushi muammolaridan o‘zini hali o‘nglab ololma-

gan Yеvropaning rivojlangan mamlakatlari ham Turkiston masalasi

bilan unchalik qiziqmadilar. Faqat Buyuk Britaniya 1918-yil, 13-av-

gust kuni o‘z armiyasini Xazar viloyatiga kiritdi. Ammo 1919-yil,

5-aprеldagi Ashxobod shahridagi idorasi bu yеrni tark etdi va ish shu

bilan yakun topdi. Natijada och bo‘rilar himoyasiz qolgan qo‘tonda

qo‘ylarni qiyratgani singari shafqatsiz sovet qizil askarlari ham Tur-

kiston aholisini shafqatsiz va ayovsiz qirg‘in qildilar. Jami bo‘lib Vatan

istiqloli uchun kurashda 5 million 600 ming kishi shahid bo‘ldi, chеt

ellarda muhojirlik azobini tortdi, Sibir surgunlarida halok bo‘ldi va

mayib-majruh bo‘lib qoldi.

1917–1934-yillardagi milliy istiqlol va ozodlik uchun mustam-

lakachi va bosqinchi sovetlar saltanatiga qarshi olib borilgan qonli

muxoraba jangida vatan fidoyilari yеngilgan va mag‘lubiyatga uchra-

gan bo‘lsalarda, bu mamlakat fuqarolariga katta hayotiy saboq bеrdi.




Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling