Тasdiqlayman” Кasbi tuman 28-maktab direktori Z. Shodmonov “30” “sentyabr ” 2019 yil
Download 14.93 Kb.
|
1-oktabr bayyonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2019 yil ”30”sentyabr Qatag’on MFY Raislik qiluvchi : Z.Shodmonov Qatnashdilar: Qatag’on MFY raisi S.Xusainov
- Maktab o’quvchilari jamoasi 645-nafar KUN TARTIBIDA
- Ustoz-qadri buyuk muallim
- Bayonlashtirdi Sh.Amanov
“ТASDIQLAYMAN” Кasbi tuman 28-maktab direktori ___________ Z.Shodmonov “30” “sentyabr ” 2019 yil 28-Maktabda “1-Oktyabr O’qituvchi va Murabbiylar bayrami tadbiriga bag’ishlab” “Ustoz-qadri buyuk muallim”shiori ostida o’tkazilgan tadbir yig’ilishi Bayonnomasi 2019 yil ”30”sentyabr Qatag’on MFY Raislik qiluvchi : Z.Shodmonov Qatnashdilar: Qatag’on MFY raisi S.Xusainov Qatag’on Uchastka noziri Sh.Qurbonov 28- Maktabda mehnat qilib nafaqaga chiqgan o’qituvchilar jamoasi 8-nafar Maktab pedagogika jamoasi 40-nafar Maktab o’quvchilari jamoasi 645-nafar KUN TARTIBIDA: “1-Oktyabr O’qituvchi va Murabbiylar bayrami tadbiriga bag’ishlab” “Ustoz-qadri buyuk muallim” bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbir yig’ilishi ___________________________________________________________________ ( Z.Shodmonov J.Elmonov N.Xasanov ) 1.Tadbir o’tkaziladigan joy bayramona bezatilgan 1-Oktyabr O’qituvchi va Murabbiylar bayramini aks ettiruvchi shiorlar,plakatlar, “Ustoz-qadri buyuk muallim” shiorlari bilan sahna bezatilgan. Yigilishni 28- sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi maktab direktori Z.Shodmonov ochiq deb e’lon qilib bugun 1-oktyabr O’qituvchi va murabbiylar bayrami bilan barcha Xalq ta’limi tizimida shuningdek 28-maktabda faoliyat olib borayotgan ustozlar va o’qituvchilarni va ushbu maktabda o’z mehnat faoliyatlari evaziga doimo hurmat e’zozimizda turadigan 16-nafar nafaqadagi ustozlarni bayram bilan tabriklab ularning kelgusi ishlarida muvaffaqqiyatlar tilab qolishini o’quvchi yoshlar ustozlarning qadriga yetishi kerakligi haqida aytib o’tib so’zni Qatag’on mahalla fuqarolar yig’ini raisi S.Xusainovga berdi. Shundan so’ng Qatag’on mahalla fuqarolar yig’ini raisi S.Xusainov so’zga chiqib 1-Oktyabr O’qituvchi va Murabbiylar bayrami bilan maktab o’qituvchilarini tabriklab o’tib ustozlar doimo hurmat va e’zozimizda yurishi kerakligi ularning bu mashaqqatli kasblarida doimo zafarlar tilab o’quvchilarga ilm berishda doimo omadlar tilab o’tdi. Shundan so’ng Ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari J.Elmonov, o’z so’zida 1-Oktyabr “O’qituvchi va Murabbiylar” bayrami munosabati bilan barcha o’qituvchilar va ustoz-murabbiylarni tabriklab o’tdi.1-Oktyabr-“O’qituvchi va Murabbiylar’ kuni umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risidagi qonun 1997-yil 27-dekabrda № 367 o’qituvchilarning jamiyatdagi nufuzini oshirishga hizmat qilib kelayotganligini shunigdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-14-avgustdagi PQ 3907 Yoshlarni Ma’naviy axloqiy va Jismoniy barkamol etib tarbiyalash,ularga ta’lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarish chora-tadbirlari to’g’risidagi qaror va 2019-yil 23-avgustda bo’lib o’tgan videoselektor yig’ilishi barcha o’qituvchilarga bo’lgan juda katta e’tibor ekanligini yaqqol namoyon etdi. Biz ustozlar zimmasiga katta ma’sulyat olib o’quvchilarni doimo vatanparvarlik keng dunyoqarash ulkan salohiyat va yetuk kadr bo’lib yetishishlari uchun xizmat qilishda doimo burch va vazifamiz ekanligini unutmasligimiz kerakligini takidlab so’zni maktabning IX-sinf o’quvchilariga berdi. Shundan so’ng maktabning IX- sinf o’quvchilari tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishi,va qo’shiqlar ijro etildi Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan tayyorlangan “Ustoz” “Muallim” she’ri va musiqiy chiqishlar ijro etildi. Bayonlashtirdi Sh.Amanov Download 14.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling