Alohida olingan so’zlar


Download 20.48 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi20.48 Kb.
#1184718
Bog'liq
Alohida olingan so’zlar

Alohida olingan so’zlar


1. Qaysi gapda kuchaytiruv-takid yuklamasi qatnashgan?
A) Bolalar, hammamiz hoziroq ustoznikiga jo'naymiz.
B)Shunda kimdir xonaga kirdi va darrov chiqib ketdi.
C) Topshiriqlarni bajaramiz hamda sayohat qilib qaytamiz.
D) Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos.
2. Qaysi gapda BALKI so'zi modal so'z bo'lib kelmagan!
A) Inson go'zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi.
B) Yillar o'tib, balki, bizni unutib yuborishar.
C) Tolibjon, balki, ularni ayblab adashayotgandirsiz?
D) Balki, ertalab o'ziga isitib berish uchun shunday degandir.
3. Qaysi javobda modal so'z ham bo'lib kelishi mumkin bo'lgan otlar berilgan?
A) chamasi, qisqasi B) taxminan, afsus
C) aftidan, ehtimol D) darhaqiqat, masalan
4. 1) Shunday harakat qilingki, birovga yuk bo'lmang, balki hamroh bo'ling.
2) Yuz yildan keyin ham bizning ishlarimizni, kelajakka tuhfamizni avlodlarimiz, balki, eslab yurishar!
3) Fazilat nasl-u nasab bilan emas, balki odob bilan topiladi.
4) Kitob, sen bo'lmasang, balki, kun yorishmasmidi.
Yuqoridagi qaysi gaplarda BALKI so'zi modal so'z vazifasida kelgan?
A) 2,4 B) 2,3,4 C) 1,2,3 D) 1,3
5. 1) So'zning lazzati uni gapirishda emas, balki eshitishdadir.
2) Bu bahs, balki, yana ming yilda ham bitmas.
3) Sho'rlik qiz, balki, akasini bir kun ilgariroq ko'rish uchun bunga rozi bo'lgandir.
4) Inson go'zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi.
Qaysi gaplarda BALKI so'zi modal bo'lib kelgan?
A) 2,3 B) 1,4 C) 2,3,4 D) 1,2,3
6. Qaysi javobda yuklamaning ikki turi qatnashgan?
A) Charchadim. Siz ham meni o'ylamaysiz-da
B) Nosir oxun eski bo'lsa-da, ozoda libosda edi
C) Mevani gullata bilishgina emas, undan mo'l va shirin hosil olish ham san'at
D) Na so'ngiga yetoladi ishning,
Na dunyoni anglab ulgurdi.
7. Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini diqqat bilan kuzatsak, hatto Abu Yusuf bilan Zuhrabegi og'a ham uning niyatidan xabardorligini tushunib yetamiz.
Ushbu gapdagi mustaqil so'z turkumlariga mansub bo'lmagan so'zlarning turkumini aniqlang.
1)ko'makchi; 2)bog'lovchi; 3)yuklama; 4)undov so'z; 5)taqlid so'z; 6)modal so'z;
A) 2,3,5 B) 1,4,5,6 C)3,4,6 D) 1,2,36
8. Qaysi javobda yuklamaning bir mano turi qatnashgan?
A) Bu muqaddas dargoh siz bilan bizga qadar ham bo'lgan
B) Bu holat bahorda ham bilinmaydi, faqat yozda bilinadi
C) Menda-ku bu narsalardan bor, siz nima qilasiz, sizda ham bormi?
D) U xuddi otasiga o'xshab gapiradi, hatto yuzi ham o'xshaydi
9. Qaysi javobda qo‘llangan uchun ko‘makchisi o‘zi bog‘langan so‘zga sabab ma’nosini yuklagan?
A)Akalarim bilan birga o‘sha musobaqaga borish uchun astoydil ishlay boshlaganim otamni xursand qilibdi.
B)Kattami, kichikmi ota-ona uchun olingan sovg‘alar boshqa sovg‘alardan ko‘ra azizroqdir.
C)Bu ishimdan keyin mendan yuz o‘girib ketmaganliklari uchun ham ulardan minnatdor edim.
D)Dunyoda to‘g‘ri yashab yurtga xizmat qilib o‘tishdan ortiq baxt bormi inson bolasi uchun?!
10. Qaysi gapda gumon yuklamasi ishtirok etgan?
A)Yaxshi odamlarni ko‘rib, ehtimol, Sayrab yuborgandir Asqad Muxtor ham.
B)Olis sohillard
Ufqdan nari
O‘lim sochmoqdadir
Yov quzg‘unlari.
C)Senikidir bular, seniki bari.
Seniki osmonning zar qandillari.
D)Sen ketarsan, balki, yiroqqa,
Farg‘onada, balki, balqarsan.
11. Qaysi gapda ajratib ko‘rsatilgan -da qo‘shimchasi kuchaytiruv-ta’kid yuklamasi vazifasini bajargan?
A)Inobat pisandaga o‘tib ketganini endi payqadi-da, uyalib yerga qaradi.
B)Yuragidagi butun dardlarini to‘kib tashladi-da, yengil tortgandek bo‘ldi.
C)Rais so‘zini tugatdi-da, odamlarga savol nazari bilan qarab turdi.
D)Siz bilan hazillashib ham bo‘lmaydi-da, darrov xafa bo‘lasiz.
12. Ifodalanayotgan fikrga achinish munosabatini bildirgan modal so‘z qatnashgan gapni toping.
A)Bu kishi hali barcha aybni bizning zimmamizga yuklaydilar, shekilli.
B)Afsuski, yoshlarimizning bu illatga ruju qo‘yishlariga, avvalo, o‘zimiz aybdormiz.
C)Bechoraning boshiga bundan ham og‘ir savdolar tushgan bo‘lsa-ya?!
D)Endi afsus-nadomatning foydasi yo‘q, hamma narsaga tayyor turishimiz kerak.
13. Qaysi gapda yordamchi so‘z xato qo‘llangan?
A)Kechasi yana qor yog‘gan, ammo havo unchalik sovuq emas edi.
B)Bugun biz g‘oyat murakkab, tahlikali, ammo qaltis bir zamonda yashayapmiz.
C)Yo‘l chetidagi g‘alla tovlanardi, ammo ular o‘tgan yillardagi kabi baland emas edi.
D)Vijdonli kishini ta’qib etish mumkin, ammo sharmanda qilish mumkin emas.
14. Qaysi gapda ayiruv bog‘lovchisi voqealarning faqat bittasi sodir bo‘lganligini ifodalash uchun xizmat qilgan?
A)Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa chalinadi, ba’zan itlarning vovullashi eshitiladi.
B)Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo o‘zini bilmaganlikka soladi.
C)Men kuyladim goh dilda kadar, Goh sevinib she’r to‘qiyman men.
D)Dasturxon ustida dam o‘zbek kuylari yangrardi, goh hind qo‘shiqlari ijro qilinardi.
15. Ayiruv bog‘lovchisi yordamida bog‘langan uyushiq vositali to‘ldiruvchilar qatnashgan gapni aniqlang.
A)U siqilgandan goh ayvonga chiqar, goh uyga kirar edi.
B)Berdiboy dam tandir, dam o‘choq quradi; dam daraxt kesadi, dam taxta tiladi.
C)U o‘zining kelgani haqida na Qurbon otaga, na Siddiqjonga xabar qildi.
D)Shodmon aka goh toyga, goh Sheraliga ko‘z tashlab zavqlanar edi.
16. Qaysi gapda qo‘llangan modal so‘z bayon qilinayotgan fikrning tartibini ifodalash uchun xizmat qilgan?
A)Avvalambor, iqtisodiyotimizning asosi bo‘lgan xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish kerak.
B)Yoshlarimiz barkamol o‘ssa, haqiqatan ham, hech kimdan kam bo‘lmaymiz.
C)Xullas, har bir o‘quvchi sinf kutubxonasi uchun bittadan kitob olib kelishi shart.
D)Ayniqsa, kichik biznes sohasida raqobatni kuchaytirish o‘zini to‘liq oqlamoqda.
17. Qaysi gapda taxmin-gumon ifodalash uchun qo‘llangan modal so‘z ishtirok etgan?
A)Olimning barcha bayon etayotgan fikrlari ehtimollar nazariyasiga asoslangan edi.
B)Yashash uchun kurashadiganlarni emas, balki iymon uchun kurashadiganlarni do‘st tut.
C)Endi biroz to‘xtab dam olaylik, chamasi, yana ikki kun yuramiz, suv va oziq-ovqat ham oz qoldi.
D)Haligi kishining sovuq qarashlaridan, norozi aftidan, keskin gapirishidan shubhada ekanligi sezilib turardi.
18. Berilganlardan qaysilari sof ko‘makchi hisoblanadi?
1) uchun; 2) biroq; 3) sari; 4) tufayli; 5) qarshi; 6) kabi; 7) avval.
A) 2, 3, 5, 7 B) 1, 3, 4, 6 C) 1, 4, 5, 7 D) 1, 2, 4, 6
19. Qaysi gapda holatga taqlid asosli fe'l qatnashgan?
A)Pastda esa odamni oqizadigan katta suv xarsanglarga bosh urib shovullab oqyapti.
B) Hamma yoq jim. Faqat pashsha gʻingʻillaydi, bemor inqillaydi.
C) Mahallamizdagi oʻrtoqlarim ham otlarini loʻkillatib kelib qoldilar.
D) Yuragim hayajondan gupullab uradi.
20. Sovuqdan dagʻ-dagʻ qaltirayotgan choʻpon uzoqdan miltiqning ovozini eshitdi.
Ushbu gapda qatnashgan taqlid soʻz tarkibidagi undoshlar haqida berilgan qaysi maʼlumot toʻgʻri emas?
A)Jarangsiz lab undoshi ishtirok etgan B)Til oldi undoshi 2 oʻrinda ishtirok etgan
C)Chuqur til orqa undoshi 2 oʻrinda ishtirok etgan D) Jarangli undoshlar ishtirok etgan
21. Qaysi gapda sof modal soʻz hamda sof bogʻlovchi ishtirok etgan?
A) Shubhasiz, bu sheʼr Vatan hamda uning tarixi haqida bitilgan eng mashhur sherlardan biri boʻlib qoladi.
B) Ehtimol, unga bu ishni topshirib boʻlmas, ammo asta-sekin oʻrgatsa boʻlardi-ku!
C) Xullas, opam va singlimni bu gapga ishontira olmadim.
D) Ollohga eng yomon koʻrinadigan odam gina va adovatni uzoq saqlovchi odamdir.

22. Undashni kuchaytirish uchun undalmadan oldin kelgan undov so‘zdan so‘ng qanday tinish belgisi


qo‘yiladi?
A) undov belgisi B) vergul C) chiziqcha D) hech qanday tinish belgisi qo’yilmaydi
23. Bay-bay-bay, bugungi to‘ydagi hashamatni qarang, Halimaxon, naq saroyning o‘zi-ya.
Berilgan gapda qaysi turkumga mansub so‘z mavjud emas? 
A) modal so‘z B) yuklama C) undov so‘z D) sifat
24. Kirish so’z vazifasida gaplarda qaysi so’z turkumi qatnashadi?
A) Undov so’zlar B) Modal so’zlar C) Taqlid so’zlar D) Yuklamalar
25. Ura, gʻirt, naq, ey, sira, voy, pisht, dik-dik, shov-shuv, bay-bay, beh-beh
Ushbu qatorda necha oʻrinda undov soʻz berilgan?
A) 5. B)6. C)7. D)8
26. Qaysi gapda ayiruv-chegaralov yuklamalari qatnashgan?
A) Nuqtadan bir qush uchar, g o ‘ y o k i behush uchar.
B) Axir, bu muqaddas dargohda ko‘plab buyuk kishilar ishlab ketganlar.
C) Uka, bu gaplar kitobdagina bor, xolos.
D) Bu yer mol o‘tlaydigan, bolalar chillak o‘ynaydigan yer-da!
27. Qaysi javobda modal, undov va taqlid so‘zlarning har biriga misol berilgan?
A) qars-qurs, kisht, dod B) yilt-yilt, shekilli, albatta
C) dag‘-dag‘, g‘a-g‘a, haqiqatan D) oh, g‘iyq, avvalambor
28. Darhaqiqat, agar voqealarning kechishini diqqat bilan kuzatsak, hatto Abu Yusuf bilan Zuhrabegi og‘a ham uning niyatidan xabardorligini tushunib yetamiz.
Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘lmagan so‘zlarning turkumini aniqlang.
1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama; 4) undov so‘z; 5) taqlid so‘z; 6) modal so‘z.
A) 2, 3, 5 B) 3, 4, 6 С) 1, 4, 5, 6 D) 1, 2, 3, 6
29. Balki, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir: tun yarmidan og‘ganda birdan uyg'onib ketasiz.
Ushbu gapdagi mustaqil so‘z turkumlariga mansub bo‘lmagan birliklarning turkumini aniqlang.
1) ko‘makchi; 2) bog‘lovchi; 3) yuklama; 4) undov so‘z; 5) taqlid so‘z; 6) modal so‘z.
A) 2, 3, 5 В) 1, 3, 4 C) 3, 6 D) 2, 6
30. Quyida berilganlardan qaysilari modal so‘z hisoblanadi?
1) xullas; 2) faqat; 3) darhaqiqat; 4) xayriyat; 5) chunki; 6) biroq.
A) 2, 3, 6 B) 3, 4, 5, 6 С) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4, 5
31. Quyida berilganlardan qaysilari vazifadosh modal so‘z bo‘la oladi?
1) shubhasiz; 2) koshki; 3) aftidan; 4) chamasi; 5) shekilli; 6) ehtimol; 7) xullas.
A) 1, 2, 3, 4 В) 1, 3, 4, 6 C) 4, 5, 6, 7 D) 2, 3, 5, 7
32. Undov so’zlar otlashib, qaysi gap bo’lagi vazifasi bo’lib kela oladi?
1)ega 2)kesim 3)to’ldiruvchi 4)aniqlovchi
A)1,2,3 B)1,2,3,4 C)1,3,4 D)2,4


Download 20.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling