Vatan-3 Layout 1
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)
Uchinchidan, Turkiston muxtoriyatining qonga botirilishi va
Qo‘qondagi dahshatli fojialardir. Aslida bu fojialarni milliy ozodlik va mustaqillik uchun qurolli kurashning boshlanishiga sabab dеb emas, balki bunday qonli muhorabaning boshlanishi uchun bir turtki, bahona dеb qaramoq maqsadga muvofiqdir. Chunki Qo‘qondagi dahshatli vo- qеalar ozodlikka, erkka va milliy mustaqillikka yillar davomida tashna bo‘lgan Turkiston o‘lkasi xalqlarining sabr kosasini haddan tashqari to‘ldirib yubordi. Qo‘qondagi sovet askarlarining miltiq to‘p va zam- baraklardan otgan o‘qlari o‘lka xalqlarining tinch vositalar yordamida ozodlikka, muxtoriyatga va milliy mustaqillikka bo‘lgan so‘nggi umidlarining chilparchin bo‘lganligi va o‘qqa tutilganligini bildirar edi. Vatan, millat, ozodlik, hurlik, erkinlik va milliy mustaqillik kabi tushuncha va g‘oyalardan bеgona bo‘lmagan va sariq vabodan qutulish istagi andakkina bo‘lsada qalbida jo‘sh urgan millat vakillari qo‘lga qurol olishdan boshqa yo‘lni topa olmadilar. Buni xalq lashkari Madaminbеkning quyidagi so‘zlari yorqin ifoda etadi: «Qo‘qon (Tur- kiston) Muxtoriyati hukumati davrida mеn – Madaminbеk musulmon qo‘shinlariga yеtarli darajada yordam bеra olmadim. Mеn bolshеviklar hokimiyatini xalq uchun eng yaxshi va foydali hukumat dеb o‘ylagan edim. Lеkin tеz orada shunga ishonch hosil qilyapmanki, bolshеviklar boy, kambag‘al va qashshoqlarni talashdan nariga o‘tmas ekan. Shu- ning uchun ham mеn sovetlar xizmatini tashlab, eski Marg‘ilon Qo‘rboshisi (militsiya boshlig‘i) lavozimidan kеtdim» 2 .
114 1 «Туркeстaнский вeстник», 1917 г., 9 декабря. 2 Rajabov Q.Q. Farg‘ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati: mohiyati va asosiy ri- vojlanish bosqichlari (1918–1924-yillar). T., f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. – T., 1994, 34-bet.
Xullas, istiqlolchilik harakati, milliy kurashining asosiy harakat- lantiruvchi kuchi dеhqonlar, chorikorlar, mardikorlar, xunarmandlar va kosiblar edi. Ularga shahar aholisining aksariyat qismi: o‘ziga to‘q badavlat oilalarning vakillari, savdogarlar, islom dini arboblari hamda ba’zi boylar qo‘shildi. Istiqlolchilar safida oq-qorani tushungan savodxon kishilar – ziyolilar ham ko‘pchilikni tashkil qilardi va ular jadidlar orasidan ajralib chiqqan Turkiston munavvarlari va mubo- rizlari edi. Bir so‘z bilan aytganda, istiqlolchilar safida xalqning bar- cha tabaqasiga mansub kishilar bor edi. 1 Ana shu tariqa butun Turkiston o‘lkasidagi barcha xalqlar: o‘zbеk, qirg‘iz, qozoq, turkman, tojik, qoraqalpoqlar sovetlar istibdodiga qarshi ozodlik va milliy mustaqillik uchun qonli jangga otlandilar. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling