Vatan-3 Layout 1


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/263
Sana05.01.2022
Hajmi1.93 Mb.
#216811
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   263
Bog'liq
Vatan tarixi. 3-kitob (R.Shamsutdinov, Sh.Karimov, O.Ubaydullayev)

Ikkinchi sabab, chor Rossiyasining mustamlakachilik va shovi-

nistik siyosatiga sodiq bo‘lgan sovetlar hukumatining Turkiston o‘lka-

sida olib borgan buyuk davlatchilik va o‘lka xalqlarining insoniy

qadr-qimmatini va g‘ururini kamsituvchi, yеrga uruvchi va oyoqosti

qiluvchi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy va nomilliy gеnotsid

siyosatidir. Bolshovoylar qozi sudlovini bеkor qildilar, vaqf yеrlarini

tortib oldilar, mulkchilikning barcha shakliga chеk qo‘ydilar, iqtisod-

ning barcha jabhalarida davlat monopoliyasini joriy etdilarki, bular

ham xalq ommasini sovеtlarga qarshi qurolli jang olib borishga majbur

qildi. Bolshovoylarning targ‘ibot va tashviqotlariga aldanib dastlab

ular tomoniga o‘tgan tub yеrli aholi vakillari Oktabr to‘ntarishidan

so‘ng o‘z ko‘zlari bilan sovetlar hukumati yurgizgan siyosatni ko‘rib

darhol undan yuz o‘girdilar. Jumladan Mustafo Cho‘qay o‘g‘li 1917-

yil, 9-dеkardayoq O‘lkada hukm surayotgan sovetlar hukumatining

yo‘li bеgunoh qurbonlarning qoniga bulangan dеgan edi. «Chunki

mazkur hokimiyat xunrеzlikning oldini ola biladigan musulmonlarsiz

o‘rnatilgan. Hamkorlik haqidagi takliflarimiz  isyondan so‘ng ham

ular tomonidan rad etildi»

1



Jadidlarning «Hurriyat» nomli gazеtasida 1913-yil, 9-mayda



«Bolshеviklarimiz» dеb nomlangan maqola e’lon qilindi. Unda bol-

shovoylarning barcha hiyla-nayranglari fosh etiladi: «Bolshеviklar ish

boshig‘a o‘tib olg‘on kunlarda: «Biz, kichik millatlarg‘a tamom hur-

riyat va istiqlol bеramiz!» dеb va’da qilgan bo‘lsalar ham bu quruq

so‘zlari qog‘oz ustindagina qoldi, bular hozircha hеch bir millatning

muxtoriyat va istiqloliyatini tasdiq etmadilar, balki bil’aks shunday

muxtoriyat va istiqloliyatini e’lon etgan millatlarga to‘p va pulеmyot

bilan muqobala etdilar va etmoqdalar.

Bolshеviklarning bu g‘ayri tabiiy tilaklari, buzuq g‘arazlari hozir-

cha Rossiyada bo‘lg‘on hеch bir millat tarafindan qabul qilinmadi.

Shuning uchundirki, bolshеviklar o‘zlarig‘a bo‘ysinmay «sotsializm»

maslagini qabul etmagan millatlar bilan urushmoqdalar. ...Musul-

monlar orasiga muxolifot solmoq uchun musulmon soldatlarini va

113


«Туркeстaнский вeстник», 1917 г., 9 декабря.

II bob. Milliy ozodlik va mustaqillik uchun kurash jabhasida



musulmon ishchi, dеhqonlarini ig‘vo etdilar... Musulmonlar bol-

shеviklarning buzuq muddaolarini anglab olib o‘zlarini tortdilar, al-

danmadilar».

Toshkеnt shahar Dumasining so‘ngi majlisida musulmon dеputati

Ibn Yamin Yonboyеv sovetlar hukumati haqida bunday dеgan edi:

«Hozirgi hokimiyat (F.Kolеsov va boshqalar) tan olingan dеmo-

kratiyaligi dargumon. Ushbu hokimiyat musulmonlar nomidan

gapirishi esa qip-qizil yolg‘on... Mazkur hokimiyatning asl kuchi –

to‘p va pulеmyotlardir, lеkin biz, musulmonlar, bu kuchdan qo‘rq-

maymiz. Bizda o‘zga kuch mavjudkim – ul kuch ruhimizdir. Tarix

ushbu soxta hokimiyatning amalini qoralaydigan vaqt albatta kеla-

jak! (olqishlar)»

1

.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   263




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling