Vatan himoyasi muqaddas burch!


Download 269.64 Kb.
Pdf ko'rish
Sana11.02.2023
Hajmi269.64 Kb.
#1188754
Bog'liq
vatan-himoyasi-muqaddas-burch



1
Vatan himoyasi – muqaddas burch!
OʻzR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining
27 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan “Vatan – muqaddas, uni himoya qilish sharafli
burchdir!” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Uni OʻzR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyining direktori X.T.Fayziyev ochib berdi. Unda muzey xodimlari,
Xalqaro Amir Temur xayriya jamoat fondi rahbariyati va Fondning Toshkent viloyati muassasasi boshliqlari,
shuningdek, Chirchiq Oliy tank qoʻmondon-muhandislik bilim yurti ofitserlari, professor-oʻqituvchilari
hamda kursantlari qatnashdi.
Bayram tadbirida Oʻzbekistonning Qurolli Kuchlarida olib borilayotgan islohotlar, oʻzbek davlatchiligi
tarixida muhim oʻrin tutgan Amir Temur va Temuriylar davrining harbiy salohiyati tarixiga bagʻishlangan
ilmiy maʼruzalar tinglandi.
Tadbir soʻnggida “Kitobxonlik viktorinasi” oʻtkazildi va gʻoliblarga Sohibqiron Amir Temur hamda
Temuriylar hayoti va faoliyatiga tegishli kitob-risolalar taqdim etildi.

Download 269.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling