Vatan mahalladan boshlanadi
Download 25.51 Kb.
|
MAHALLA — VATAN
Vatan mahalladan boshlanadi Reja:
2. Mahalla kichik bir Vatan. 3. Mahallamiz -faxrimiz Har bir insonning Vatanga bo‘lgan muhabbati ona suti, ona allasi, ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, oddiy tosh ham muqaddas bo‘lib tuyuladi. Vatan uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi. Vatanga muhabbat har bir insonning o‘z ota-onasiga, el-u yurtiga muhabbati bilan bog‘liq. Vatanga muhabbati bo‘lmagan insonni ota-onasiga mehri bor desalar, bunga ishonib bo‘lmaydi. Vatan yagona ekanligi, uni pok saqlash, boyliklarini asrab-avaylash, Vatanga sadoqat, kelajak oldida mas’ullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi. Hammamiz mahallada yashaymiz. Har bir insonga o’zi yashab turgan mahallasi44 azizdir. Yaxshi kunlarimiz, turmush tashvishlarimiz el bilan birga. Mehr-oqibat, ahillik, tinchlik, vatanparvarlik kabi ezgu tushunchalar ongu shuurimizga mahallada singgan. Vatan — mahalladan boshlanadi, deya bejiz aytilmagan. Mahalla — muqaddas maskan. Uning quvonchi ham, tashvishi ham o‘zimizniki. Mahallamiz tinch va obod bo‘lsa, hayotimizga fayzu baraka inadi. Jamiyatimizdagi mehr-oqibat, ahillik va bag‘rikenglik mustahkamlanadi. Mamlakatimiz yanada farovon bo‘ladi. Mahalla – tarbiya maskani. Aynan shu maskanda dunyoga kelgan farzand bobo-buvidan, ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, balki ulardagi xatti-harakat, xloq-odob qoidalarini o’ganadi. Mahalla shunday bir muqaddas makonki, unda insonlar bir-birlari bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib yashaydilar. bola oilada kamol topadi, maktabda ta’lim-tarbiya oladi, mahalla bag‘rida o‘sib-ulg‘ayadi. Bola oilada to‘g‘ri tarbiya olsa, maktabda namunali o‘quvchiga aylanadi, mahallada boshqalarga ibrat bo‘ladi. Go’dakning bolaligidan boshlab tarbiyalovchi, uni ezgu yo’lga boshlovchi, kelajagi haqida qayg’uruvchi maskan bu albatta Vatandir. Uni ko’z qorachig’imizdak asrashimiz lozim. O’z mahallamizni toza, ozoda, fayzli va eng asosiysi ko.’rkam qilib saqlashimiz bu bizning mahallamiz oldidagi burchimizdur. Chetdan kelgan mehmonlar ham mahallaning tozaligiga qarab u yerda kim yashashini bilib olishimiz mumkin. Fayzi mahallamiz bu bizning faxrimizdur. 1111111111 Har insonga o’zi yashab turgan mahalla, shahar, qishloq, yurt azizdir. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlaydigan, yangi avlodni dunyoga keltirib, uni ma’naviy va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi muqaddas maskandir. Sharqda oila tushunchasi oila qurish va uning mustahkamligini, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z millati, avlod-ajdodlari, jamiyati oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi. Ayniqsa, o‘zbek xalqi uchun oila eng muqaddas dargohdir. Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas… O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g‘risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‘lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”. Shuning uchun ham mamlakatimizda oila va uning muqaddasligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Yurtboshimizning tashabbuslari bilan 1998 yil “Oila yili”, 1999 yil esa “Ayollar yili” deb va shuning uzviy davomi sifatida 2000 yil “Sog‘lom avlod yili”, 2015 yil “Keksalarni e’zozlash yili” deb e’lon qilindi. Keksalar ya’ni bobo, buvi bilan bir oilada yashaydigan nevaralar uchun baxt va saodat eshigi ochiqdir. Har bir oilaning o‘z ichki tartib-qoidasi bo‘lib, unga amal qilgan, izzat-ikromini joyiga qo‘ygan farzandlar shu oila a’zolari, shu avlod o‘rtasida hurmat topadi. Bu o‘rinda bobo va buvining o‘giti, tajribasi, ta’lim-tarbiyasi, namunasi nevaralar uchun mayoq hisoblanadi. Xalqimiz o‘rtasida “Qarisi bor uyning parisi bor”, “Qari bilganni pari bilmas” kabi maqollar bejiz paydo bo‘lmagan. Oilaning eng muhim vazifalaridan biri – tarbiya hisoblanadi. Oila – tarbiya maskani. Aynan shu maskanda dunyoga kelgan farzand bobo-buvidan, ota-onadan nafaqat irsiy xususiyatlarni oladi, balki ulardagi xatti-harakat, axloq-odob qoidalarini ham egallab boradi. Ular o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, halollik, poklik, mehnatsevarlik, insonparvarlik kabi oily darajadagi qadriyatlar oila a’zolari mehri va namunasi bilan bola xulqi, xatti-harakati mazmuniga singib boradi. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi” degan purhikmat so‘zlar oila tarbiyasining negizini tashkil etadi. Bolaning aqliy, axloqiy, jismoniy, ma’naviy tarbiyasida oila asosiy omil va vosita hisoblanadi. Oila tarbiyasida oila, maktab, mahalla va jamoatchilik hamkorligini ta’minlash, oila an’analari, qadriyatlar, ota-ona va keksa avlodning mehnat va qahramonlik namunalaridan samarali foydalangan holda tarbiyani tashkil etish komil insonni shakllantirishda muhim omildir. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta’minlovchi shaxs shakllanadi, madaniyat, urf-odatlar, axloqiy-ma’naviy qadriyatlar saqlanadi va rivojlantiriladi. Yurtboshimiz aytganlaridek, xalqimiz qadimdan oilani muqaddas deb bilgan. Axir oila ahil va totuv bo‘lsa, jamiyatda tinchlik va hamjihatlikka erishiladi, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. O‘zbek xalqi tabiatan bolajon xalq. Bolaga nisbatan bag‘ri kenglik, mehri daryolik, o‘ta fidoyilik o‘zbeklargagina, xos xususiyatdir. Shu bois ham, bobo-momolarimiz, ota-onalarimiz farzandlarning baxti va kelajagi uchun qayg‘uradi. Ularning puxta bilim olishlari, qiziqishlari bo‘yicha kasb-hunar egallashlari, axloq-odob qoidalarini mukammal bilishlari va ularga amal qilishlari uchun mavjud imkoniyatlarni yaratadilar. Chunki oilada bolani to‘g‘ri tarbiyalash – mustahkam poydevorli jamiyat barpo etilishining garovidir. Bola tarbiyasida oilaning har bir a’zosi, ya’ni, bobo, buvi, ota-ona, opa, aka, amma, xola, tog‘a, qo‘yingki, qo‘ni-qo‘shni, mahalla, maktab, jamoatchilik birdek mas’uldir. Xalqimizda “Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona”, “Bir tog‘a yetti ota o‘rnida”, “Mahallang – otang-onang” kabi maqollar bejiz aytilmagan. Bobo, buvi, ota-ona, atrofdagi katta yoshdagi kishilarning xatti-harakatlari, yurish-turishlari, muomalasi, o‘zlarini tutishlari, jamiyatga, tabiatga munosabatlari namuna sifatida juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bolaga aqliy, axloqiy, mehnat tarbiyasi asoslari bobo, buvi, ota-ona namunasi asosida singdirib boriladi. Ular farzand oldida o‘z aql-zakovati, muomalasi, kiyinishi, shirinso‘zligi, qat’iyatliligi, mehnatsevarligi, oila yuritishda adolatparvarligi, ilmparvarligi bilan namuna bo‘lmog‘i zarur. Oila va mahalla har tomonlama bir-birlari bilan bog‘liq. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Mahalla shunday bir muqaddas makonki, unda insonlar bir-birlari bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib yashaydilar. Unda insonlarning millati, yoshi, jinsi, dini, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi va birlashtiruvchi katta oila hisoblanadi. Shuning uchun ham mustaqillik sharofati tufayli mahallalarni har tomonlama barkamolligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 12 sentabrdagi farmoniga ko‘ra Respublika “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 17 oktabrdagi 489-sonli “Respublika Mahalla xayriya jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qarori, 1993 yil 2 sentabrda va Oliy Majlisning 1999 yil 14 apreldagi XIV sessiyasida yangi tahrirda qabul qilingan “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish to‘g‘risida”gi qonun asosida mahallaning maqomi mustahkam huquqiy asosga ega bo‘ldi. Mahalla – ma’naviy-axloqiy qadriyatlar, an’analar maskani. Chunki qadimdan bayramlar, hayit kunlari, to‘y-tantanalarda qo‘ni-qo‘shnilar, bemorlar, yolg‘iz keksalarni sovg‘a-salomlar bilan yo‘qlash an’ana tusiga aylanib qolgan. Mahalla – tarbiya o‘chog‘i. Mahallada o‘sayotgan har bir yigit-qizning axloq-odobi uchun butun mahalla ahli mas’uldir.Yoshlarning har bir xatti-harakati barchaning diqqat markazida bo‘ladi. Mahalladoshlarning har bir yosh taqdiriga javobgarligi, ularni nazorat qilishi barkamol insonni tarbiyalab yetishtirishning negizidir. Xulq-odobi yaxshi, har tomonlama namunali farzand mahallaning obro‘sidir. Mahalladan yurtga taniqli insonlar yetishib chiqsa, butun mahalla ahli, ularning avlod-ajdodlari g‘ururlanadilar. Mahallada keksalar doimo hurmat va izzatda. Ular tez-tez mahalla yoshlari bilan uchrashib, qilgan ishlari haqida ularga so‘zlab berib, o‘rnak bo‘lib kelmoqdalar. Shu jumladan mening bobom va buvim ham mahallamiz faxridir. Buvim uy bekasi. Bobom ichki ishlar sohasida 30 yil xizmat qilib hozirgi kunda nevaralar qurshovida qarilik gashtini surmoqdalar, nafaqadagi militsiya podpolkovnigi. Bobom shu yillar mobaynida jamoat tartibini saqlash yo‘lida xizmat qilganlar. Biz nevaralarga bobom va buvim non ustiga narsa qo‘yma, tuzni xor qilma, yoshi ulug‘larning yo‘lini to‘sib o‘tma, ota-onangning gapini qaytarma, g‘arib-notavonlar ustidan kulma, odamlarga orqangni o‘girma, hayvonlarning boshiga urma, bo‘sh beshikni tebratma, qarindoshlaring bilan aloqangni uzma, keraksiz joyda gapirma singari hikmatlarni ko‘p aytadilar. Bobomdan har doim mahalladagilar, shogirdlari maslahat oladilar. Mahallamizda esa bunday el-yurt koriga yaragan insonlarni hurmat qilishadi va mahallamiz faxri deb e’zozlashadi. Ularning hayot yo‘li mahalla yoshlarining axloq-odobini tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Xulosa qilib aytganda, bola oilada kamol topadi, maktabda ta’lim-tarbiya oladi, mahalla bag‘rida o‘sib-ulg‘ayadi. Bola oilada to‘g‘ri tarbiya olsa, maktabda namunali o‘quvchiga aylanadi, mahallada boshqalarga ibrat bo‘ladi. Albatta, unda o‘z-o‘zidan huquqiy ong, huquqiy madaniyat ham shakllanib boradi. Farzandlari barkamol, yoshlari bilimdon va vatanparvar bo‘lib ulg‘ayadigan davlat qudratli, xalq esa kuchlidir. Bozorova Go‘zal Samandar qizi Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9 B sinf o‘quvchisi 222222222 ******** Reja:
2. Keksasi bor xonadon fayzli xonadon. 3. Hurmatga sazovor bobojon va buvijonlarimiz. Jamiyatda mahallaning o’rni katta. U jamiyatning bir bo’lagi. Go’dakning bolaligidan boshlab tarbiyalovchi, uni ezgu yo’lga boshlovchi, kelajagi haqida qayg’uruvchi maskan bu albatta Vatandir. Uni ko’z qorachig’imizdak asrashimiz lozim. O’z mahallamizni toza, ozoda, fayzli va eng asosiysi ko’rkam qilib saqlashimiz bu bizning mahallamiz oldidagi burchimizdur. Chetdan kelgan mehmonlar ham mahallaning tozaligiga qarab u yerda kim yashashini bilib olishimiz mumkin. Fayzi mahallamiz bu bizning faxrimizdur. Har bir mahallaning ko’rki mening nazarimda bu keksa insonlar yani bizning bobojon va buvijonlarimizdur. Ularning bizlarga qiluvchi nasihatlari, ibratli so’zlari biz yoshlarga kelajak hayotimizda katta yordam beradi desam mubolag’a bo’lmaydi. Ularning nasihatlari oltindan ham afzalroqdir. Chunki ularning har bir nasihat-u, gaplarida qanchadan-qancha ma’no yashirin. Mamlakatimizdagi har bir mahallada bo’lganidek bizning ham mahllamizda mahalla faollari saylab olingan. Ular mahallamizdagi barcha ezgu tadbirlarni, hasharlarni, to’y-u marakalarga qo’llaridan kelgancha yordam beradilar va faol qatnashadilar. Mening bobojonim va buvijonim ham mahallamiz faollaridan biridirlar. Bobom va buvimning oldilariga tez-tez mahallamiz a’zolari o’zlarini qiynagan savolva masalar yuzasidan tashrif buyurib turadilar. Bobom va buvim ularga qo’llaridan kelgancha yordam beradilar. Buvijonim bo’sh vaqtlari bo’lganida mahallamizdagi kichkintoy bolalarni yonlariga olib ularga turli hikoyalar, rivoyatlar, ertakalar so’zlab beradilar. Kichkintoy bolajonlar bularni maroq bilan tinglaydilar va ko’p ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Bir kishiga qirq hunar oz deganlaridek, ba’zida bobom mahallamiz o’g’lonlari bilan bu haqida suhbat quradilar va fikr almashadilar. Ular mahallamiz o’g’lonlariga ko’chatlar, gullar ekishni o’rgatadilar. Bu kasblari ularga kelajakda kerak bo’lishini uqtiradilar. Mahallamiz ahli nihoyatda inoq, soddadil va hushchaqchaqlar. Men o’z qo’shnilarimni juda ham yaxshi ko’raman va mahallamni ozoda saqlashga harakat qilaman. Chirchiq shahar 5- maktab To’raboyeva Nilufar 9-“G” !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! Har bir insonning Vatanga bo‘lgan muhabbati ona suti, ona allasi, ota-ona mehri bilan uning vujudiga singib boradi. Vatan tuprog‘idagi oddiy xas ham, oddiy tosh ham muqaddas bo‘lib tuyuladi. Shuning uchun ajdodlarimiz yurt tuprog‘ini ko‘zlariga to‘tiyo etganlar, qaerga borsa ham Vatan yodi bilan nafas olganlar. Hech bir inson Vatandan tashqarida baxt-saodat topa olmaydi. O‘z yurtida obro‘-e’tibori bo‘lmagan inson o‘zga yurtda ham qadrlanmaydi. Har bir insonning Vatani uning uchun dunyodagi eng go‘zal va muqaddas makon hisoblanadi. Vatanga muhabbat har bir insonning o‘z ota-onasiga, el-u yurtiga muhabbati bilan bog‘liq. Vatanga muhabbati bo‘lmagan insonni ota-onasiga mehri bor desalar, bunga ishonib bo‘lmaydi. Vatan yagona ekanligi, uni pok saqlash, boyliklarini asrab-avaylash, Vatanga sadoqat, ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma’naviyatdan bahramandlik, o‘ziga ishonch, umumbashariyatga hurmat, kelajak oldida mas’ullik tuyg‘ularini tarbiyalaydi.1993 yil 29 dekabrdan boshlab “14-yanvar –Vatan himoyachilari kuni” mamlakatimizda bayram sifatida nishonlanadi. Ta’lim muassasalarida “Vatan himoyachilari kuni” tadbirlarini o‘tkazishning mazmun-mohiyati shundan iboratki, o‘quvchilarda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyati va obro‘si, mamlakatimiz mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligi, xalqimizning tinch hayotini va mustaqillikni mustahkamlash yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatini himoya qilish, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatini keng yoritib berish, ularni o‘z Vataniga sodiq va fidoyi insonlar etib tarbiyalash barcha ta’lim muassasalarining pedagogik jamoasining eng dolzarb vazifalaridan biriga aylanishi lozim. Bugungi kunda o‘quvchi yoshlarda Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, komil inson, ijtimoiy hamkorlik, millatlararo totuvlik, dinlararo bag‘rikenglik kabi milliy g‘oyalarning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish, bu ta’lim muassasalaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada takomil-lashtirishni taqozo etmoqda. Yoshlarni harbiy xizmatga kuzatish marosimlarini tantanali o‘tkazish ham vatanparvarlik tarbiyasi tizimiga kiradi. Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishda harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlar bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlardan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Davlat ramzlariga hurmat jahondagi barcha xalqlar e’tiqod qiladigan an’anadir. Davlat ramzlariga hurmat shaxs madaniyati, burch, mas’uliyat tuyg‘usi, vatanparvarlik e’tiqodi darajasining belgisi bo‘ladi. Vatanimiz, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish bugungi kunda har bir yigit-qizning orzusi va burchiga aylanib bormoqda. Mudofaa ishlar bo‘limlari bilan hamkorlikda ishlab, yoshlarimizning armiyadagi xizmatlarini joylarga borib ko‘rish va o‘rganish kerakki, bu o‘quvchi-yoshlarda bevosita harbiy vatanparvarlik borasida o‘z fikrlari va tushunchalari hosil bo‘lishiga ko‘mak beradi, yigitlarning Vatanga muhabbat hissi harbiy xizmatda shakllanadi, namoyon bo‘ladi. Harbiy askarlarning o‘tayotgan xizmatlari, o‘z yurti to‘g‘risidagi suhbatlari o‘quvchilarda katta taasurot qoldirib, taassavurlarini oshiradi. Yosh avlod qalbida o‘zligini anglash, vatanparvarlik his-tuyg‘ularini shakllantirish asosan maktabgacha va maktab davridan boshlanadi. Ushbu davrda bilim berish bilan birgalikda ularni vatanni sevishga, yurtga munosib farzand bo‘lishga, milliy g‘urur tuyg‘ularini his etishga o‘rgatiladi. Xalq ta’limi tizimi muassasalarida “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash o‘quvchilarda vatanparvarlik, burchga sadoqat, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularni Qurolli kuchlar, mamalakat mudofaa salohiyatini kuchaytirish va harbiy xizmatning nufuzini borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun – mohiyatini chuqurroq tanishishga, o‘rganishga imkoniyat yaratadi. Shuni aytish mumkinki, harbiylik kasbi kishidan boshqa kasblarga nisbatan ko‘proq mardlik, matonat va fidoyilikni talab etadi. O‘zida vatanparvarlikni, mardligu jasoratni, ishonchu g‘ururni va chinakam barkamollikni jam etgan bu kasb tobora yoshlarimizning kelajagi va maqsadlariga aylanib bormoqda. Bunday burch va maqsad bilan yashayotgan, harbiy ta’lim yo‘nalishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan vatanparvar yoshlarimizning safi tobora kengayib borishi yurtboshimizning harbiy ta’limni isloh qilish va takomillashtirishdagi e’tiborli sa’y- harakatlari natijasidir. Respublika ta’lim markazi barcha ta’lim muassasalarida «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni»ni o‘tkazish bo‘yicha quyidagilarni tavsiya etadi: Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov 2011 yilni “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” deb nomlash taklifi bilan tadbirlar mazmunini mazkur mavzuga yo‘naltirish maqsadga muvofiq. “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni”ni nishonlash yuzasidan hududiy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish; Tadbirni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazishda joylardagi harbiy qismlar,o‘quvchilar, ota-onalar, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, mahalla faxriylari, harbiylar va tadbirkorlar, kichik biznes xodimlari ishtirokida o‘tkazishda sinf rahbarlari, yetakchilar, fan o‘qituvchilari va kutubxonachilardan alohida mas’uliyat va tayyorgarlik ko‘rishlari talab etadi. Tayyorgarlik ko‘rish jarayonida tadbirlar rejasini puxta, qiziqarli va aniq tarzda tuzish hamda o‘quvchilarning yoshi va fiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, boshlang‘ich sinflar (1– 4 sinflar) va yuqori sinflar (5-9 sinflar) uchun alohida rejalar tuzish maqsadga muvofiq. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bunday tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad, ularda Vatan tuyg‘usini shakllantirish bilan birga murg‘ak qalblarida buyuk Vatanning mard posbonlari, yurtning jasur farzandlariga bo‘lgan havas va ishonchni mustahkamlash, «Men Vatan himoyachisiman» degan tushunchani, g‘urur va iftixor tuyg‘ularini singdirish, yuqori sinf o‘quvchilarida esa, mustaqil Vatanimiz xavfsizligi uchun o‘zlarini shaxsan javobgar sezish, o‘z xohish-irodasi bilan har qanday qiyinchiliklarga bardosh bera olish, harbiy tayyorgarlik, sergaklik, botirlik, yurt sha’nini himoya qilish, yuksak farzandlik burchini anglashdan iborat tadbirlar majmuini tashkil etish maqsadga muvofiq. Shuningdek, sinf rahbarlari tarbiyaviy soatlarda “Vatan posbonlari”, “Munosib izdoshlar bo‘lamiz”, “Harbiylar hayotidan”, “O‘zbekiston o‘g‘lonlari”, “Vatanimiz taqdiriga befarq bo‘lmaymiz”, “Yurtimiz tinchligi yo‘lida” kabi mavzularda ochiq mashg‘ulotlar tashkil etib unda huquq-tartibot organlari, mahalla faollari, ichki ishlar xodimlarini taklif etish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga:-Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quvchi yoshlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida chaqiriqqacha yoshlarni tayyorlash masalalariga alohida e’tiborni qaratish;- O‘zbekistonning kelajagiga ishonch bilan qarash, uning yuksalishiga munosib hissa qo‘shish, o‘quvchi yoshlarda xalqimizning milliy, ma’naviy merosi, urf-odatlaridan keng foydalanish, fidoyi inson bo‘lish g‘oyalarini singdirish maqsadida turli yo‘nalishda tadbirlar tashkil etish;- Mamlakatimizning muqaddas ramzlari bo‘lmish Davlat Gerbi, Davlat Bayrog‘i, Davlat Madhiyasini qadrlash, yuqori darajada tarbiyalanganlik, javobgarlik qobiliyatlarini shakllantirish;- Mustaqillik tafakkurini shakllantirishda ijtimoiy-gumanitar fanlar, ayniqsa, «Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar», «Ma’naviyat asoslari» o‘quv fanlarini o‘qitish jarayonida dunyoqarashi keng, irodasi baquvvat, o‘z qadr-qimmatini anglaydigan, hayotda o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash;-«Vatanparvarlik» oyligi davomida maktablarda o‘tkazilayotgan ertalabki saf-lanishda o‘quvchi-yoshlarga “Vatan himoyachilari” kuni haqida alohida ma’lumotlar berish, safda turish va yurish mashqlarini o‘tkazish, sog‘lom va barkamol avlodni Vatan himoyasiga tayyorlab borish, ular qalbida sodiqlik, vatanparvarlik va fidoiylik tuyg‘ularini shakllantirish, ogoh va ziyrak bo‘lish, favqulodda vaziyatlarga tayyor turish mas’uliyatini anglatish, davlatimiz qurolli kuchlarining salohiyati va bugungi kundagi mavqeyi bilan tanishtirish; Muhtaram prezidentimiz tomonidan “O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi” – deya ishonch bilan aytilgan chaqiriqlarining ma’nosini o‘quvchilarga anglatish maqsadida stendlar tayyorlash, siyosiy sharhlovchilarni taklif etib davra suhbatlarini tashkil etish;-yoshlarimizning ma’naviyatini yuksaltirish, ularni teran tafakkur, ezgu fazilatlar sohiblari etib tarbiyalash, qalbi va ongida ona-Vatanga muhabbat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish uchun turli mavzularda ma’naviy- ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;- oila, maktab, mahalla va jamoatchilik vakillari bilan birgalikda harbiy muassasalarga harbiy qismlarga, xotira maydonlariga, qadimiy yodgorliklarga, ziyoratgohlarga borish, guldastalar qo‘yishni tashkil etish, faxriy harbiylar va jasorat ko‘rsatgan harbiy vatandoshlarimizni ta’lim muassasalariga taklif etib, uchrashuvlar o‘tkazish; – O‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘rtasida sport va chiniqish musobaqalarini o‘tkazish, jumladan:- jismoniy tayyorgarlik – turnikda tortilish, yugurish, granata uloqtirish; -Diyorimizning bebaho madaniy yodgorliklari bilan o‘quvchi yoshlarni tanishtirish maqsadida adabiyot, san’at, tarix hamda uy-muzeylariga sayohatlar uyushtirish; -Barcha ta’lim muassasalarida zobitlar, faxriylar va Qurolli kuchlar xodimlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari – yurt tinchligi va xavfsizligining kafolatidir”, «Vatan tuyg‘usi – oliy e’tiqod», “Oila, Vatan muqaddas, men unga munosib farzand bo‘laman”, «Baxtimiz qomusi – farovonlik garovi» “Yurtimiz harbiylari”, “O‘zbekiston – qudratli davlat” «O‘zbekiston–mening Vatanim», «Ogohlik – davr talabi» «Sen muqaddassan Vatan», »Vatan yagonadir, Vatan bittadir», “Ona yurt o‘g‘lonlari”, »Milliy g‘oya, mafkura va yoshlar», «Seni ardoqlaymiz, aziz Vatanim»,»O‘zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo‘lmaydi», “Vatanim taqdiri-mening taqdirim”, «Vatan oldidagi mening burch va mas’uliyatim», mavzularida bahs-munozara, insho, rasm, badiiy o‘qish, kechalar, davra suhbatlari, ko‘rik-tanlovlar, devoriy gazetalar tanlovi va seminarlar o‘tkazish; -“Hushyorlik va sergaklik – zamon talabi”, ruknida Ikkinchi jahon urushi faxriylari, baynalmilal jangchilar, Mustaqillik davrida harbiy xizmatlar uchun Davlat mukofotlariga sazovor bo‘lganlar bilan maktab o‘quvchilarining uchrashuvini uyushtirish; -Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘quvchilar bilan «Ekologik madaniyatning milliy an’analari» mavzuida suhbatlar, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish. -Umumta’lim maktab o‘quvchilarining Oliy harbiy ta’lim muassasalariga va harbiy qismlarga tashrifini uyushtirish; – Ta’lim muassasalarida faxriylarni taklif etgan holda “Jasorat darslari”ni tashkil etish va uning doirasida O‘zbekiston mudofaa qudratini mustahkamlash, jamiyatda harbiylik kasbining nufuzini yanada oshirishga qaratilgan uchrashuvlar va davra suhbatlarini tashkil etish;- “Shunqorlar” harbiy-sport o‘yinining tuman va shahar bosqichlarini joylardagi harbiy qismlar negizida o‘tkazishni tashkil etish;- O‘quvchilarning o‘zini- o‘zi boshqarish faoliyatlarini nazoratga olish, «Oila, mahalla, maktab hamkorligi» markazlari ishini yo‘lga qo‘yish, sinf rahbarlari bilan ota-onalar va yetakchilarning hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirib borish; – Yurt tinchligi yo‘lida jonini qurbon qilgan askar va zobitlarning oila a’zolari holidan xabar olish;- Vatanparvarlik tarbiyasida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning ongiga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda maktabdan va sinfdan tashqari ishlarni samarali tashkil etish; – O‘qish jarayonida hamda maktabdan va sinfdan tashqari tadbirlarda foydalanish uchun harbiy, sport-sog‘lomlashtirish to‘garaklarini tashkil etish, «Yosh vatanparvar» to‘garagi ishini tashkillashtirish, «Mardlik va matonat» darslarini o‘tkazish, «Fidoiylar» klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Bugungi yoshlar mustaqil O‘zbekistonning kelajagi, ertasi. Zotan, biz navqiron avlod vakillarini barkamol, yetuk kishilar qilib voyaga yetkazsak, ularning har birida or-nomus, milliy g‘ururni izchil shakllantirib borsak, Vatanimiz shunchalik qudratli davlatga aylanadi. Vatanni, xalqimiz tinchligini va osoyishtaligini ishonchli himoya qilish, vatanparvar bo‘lish, sodiqlik, fidoyilik tuyg‘ularini his etib yashayotgan har bir yosh avlod Mustaqil yurtimizning kelajagidir. Ana shu navqiron avlodni barkamol qilib voyaga yetkazish, ularning har birida or- nomus, milliy g‘urur ruhini shakllantirish-Vatanimizning kelajagi porloq, taraqqiyoti esa bundanda yuksak bo‘lishida muhim ahamiyatga ega. Download 25.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling